03.10.2019 yildagi 840-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri va Toshkent viloyati, shuningdek, Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlarida veterinariya xizmati va chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish hamda naslchilik-seleksiya ishlarini amalga oshirish uchun malakali mutaxassislar bilan ta’minlash vazifalarini kechiktirmay hal etish borasida qator dolzarb masalalar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Farg‘ona (148 nafar), Namangan (99 nafar), Andijon (35 nafar) va Toshkent (136 nafar) viloyatlari hamda Toshkent shahri (25 nafar) veterinariya xizmatlarida jami 450 nafardan ziyod oliy ma’lumotli mutaxassis yetishmasligi sababli ularning o‘rniga o‘rta maxsus ma’lumotli yoki nafaqa yoshidagi mutaxassislar faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish hamda idoraviy va ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etishda ham oliy ma’lumotli malakali kadrlarga ehtiyoj yuqoriligi sezilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qarori ijrosini ta’minlash hamda hududlardagi malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qanoatlantirish, veterinariya uchastkalarini malakali kadrlar bilan ta’minlash, sohani ilm-fan yutuqlari asosida tashkil etish, ilmiy asoslangan innovatsion uslublarni joriy etish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etishni yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qarorida belgilangan vazifalarga muvofiq Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali (keyingi o‘rinlarda Filial deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojiga muvofiq veterinariya va chorvachilik sohasi uchun yangi va zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veterinariya va chorvachilik ta’limi mazmunida soha bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar, yuqori unumli va resurs tejamkor texnologiyalar asosida bilim berish, o‘quv-laboratoriya bazasini rivojlantirish, ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, olim va mutaxassislarini jalb etgan holda, veterinariya va chorvachilik sohalari bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish, o‘quv jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini va masofadan o‘qitish usullarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati, kasbiy bilim darajasi, shuningdek, amaliy tajribasini uzluksiz rivojlantirib borish mexanizmlarini joriy etish, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirishda xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasidan keng foydalanish, xorijiy ilmiy va oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, ilmiy va pedagog kadrlarning malakasini oshirish va tajriba orttirishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veterinariya va chorvachilik sohasidagi dolzarb muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlarni tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda sohaning ilmiy muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, dastlabki qayta ishlash, sotishga ixtisoslashgan hamda naslchilik-seleksiya faoliyati bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar bazasida talabalarning amaliyotlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialida kadrlar tayyorlash bo‘yicha bakalavriat ta’limining asosiy yo‘nalishlari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial Samarqand veterinariya meditsinasi institutining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida zarur shaxsiy hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialda o‘qitish moslashtirilgan o‘quv rejalar va dasturlar asosida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialda o‘quv jarayoni 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Samarqand, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi faoliyati maqbullashtirilayotgan qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi kollejlarning veterinariya va chorvachilik sohasiga oid o‘quv laboratoriyalari, tegishli o‘quv jihozlarini Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va uning filiallariga berish bo‘yicha belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialni tanlov asosida yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialda o‘quv-metodik jarayonning tashkil etilishini ta’minlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialda axborot-resurs markazini tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan qo‘shimcha o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent viloyati, Zangiota tumani, O‘rtaovul QFY, Amir Temur ko‘chasida joylashgan Zangiota tumani agroservis kasb-hunar kollejining bino va inshootlarinitegishli hududi (asosiy vositalari) bilan birgalikda Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-dekabrdagi 1044-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2019-y., 09/19/1044/4240-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Filialni saqlash xarajatlarini 2019-yilda “Maorif” sohasi bo‘yicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2020-yildan boshlab esa mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshirilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Filialga 2 ta yengil xizmat, shu jumladan 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga binoan 2022-yil va kelgusi yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlarini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Filialning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash loyihalari ushbu dasturlarga belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 3-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
840-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 840-son qaroriga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialida kadrlar tayyorlash bo‘yicha bakalavriat ta’limining asosiy yo‘nalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Shifr

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi nomi

5410600

Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha)

5440100

Veterinariya meditsinasi (turlari bo‘yicha)

5440400

Veterinariya — sanitariya ekspertizasi

5440300

Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 09/19/840/3856-son; 28.12.2019-y., 09/19/1044/4240-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)