Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2024 11.09.2019 yildagi 932-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2024
Hujjat 16.06.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-iyundagi 1339-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish boʻyicha yoʻriqnoma 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais M. ABDUSALOMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 11-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
932-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 932-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 21, 23 va 25-moddalariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, saylov komissiyalari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlar uchun okrug va uchastka saylov komissiyalarini shakllantirishda tavsiyaviy xaraktyerga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais oʻrinbosari, kotibidan va komissiyaning 8 — 18 nafar boshqa aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais oʻrinbosari, kotibidan va 6 — 8 nafar komissiya aʼzosidan iborat tarkibda tuziladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qaroriga asosan birinchi va ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi tegishli viloyat, Toshkent shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais oʻrinbosari, kotibidan va 6 — 8 nafar komissiya aʼzosidan iborat tarkibda tuziladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining aʼzolari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari tuman, shahar (bundan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi mustasno) Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari tuzilmaydi. Bunda, tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasi mazkur Yoʻriqnomada nazarda tutilgan okrug saylov komissiyasining vakolatlarini ham amalga oshiradi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida 5 — 19 nafar aʼzodan, shu jumladan rais, rais oʻrinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya yetti nafargacha aʼzodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi. Zarur boʻlgan hollarda uchastka saylov komissiyasining son tarkibi okrug saylov komissiyasi tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar Xalq deputatlari tuman, shahar kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Okrug va uchastka saylov komissiyalari aʼzolariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yigirma bir yoshga toʻlgan, oʻrta yoki oliy maʼlumotga, qoida tariqasida, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega boʻlgan, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan fuqarolar okrug va uchastka saylov komissiyasining aʼzolari boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa saylov komissiyalarining aʼzolari, siyosiy partiyalarning aʼzolari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari, nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari, shuningdek nomzodlarga bevosita boʻysunuvchi shaxslar saylov komissiyasining aʼzolari boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining yarmidan koʻpi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas, bundan Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari mustasno. Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining qolgan yarmini shakllantirishda quyidagi zaxiralardan foydalanish tavsiya etiladi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan fuqarolar;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy bilim va malakaga ega shaxslar (yuriskonsultlar, advokatlar, h.k.);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi va Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati kompyuter dasturlari bilan ishlash uchun har bir okrug va uchastka saylov komissiyasi tarkibida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida bilim va amaliy koʻnikmaga ega kamida ikki nafar shaxs (asosiy va zaxira) boʻlishi tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Saylov komissiyalari tarkibida, shu jumladan rahbarlik lavozimlarida, ayol va erkaklarning teng vakilligini taʼminlashga eʼtibor qaratilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar saylov okruglari tuzilganidan soʻng uch kun ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining reglamentlarida belgilangan tartibda ularning majlislarida muhokama etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining okrug saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarorlari Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining tarkibi Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Okrug saylov komissiyalarining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Markaziy saylov komissiyasining qarori komissiyaning rasmiy veb-saytida oʻsha kunning oʻzida eʼlon qilinadi. Qaror boshqa manbalarda ham eʼlon qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya qilish
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar saylov okruglari tuzilganidan soʻng 3 kun ichida Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari reglamentlarida belgilangan tartibda ularning majlislarida muhokama etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Muhokama natijalariga koʻra xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodni tavsiya etish toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman va shahar Kengashi qarori qabul qilinadi va tegishli viloyat va Toshkent shahar saylov komissiyasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasining tarkibi tegishli viloyat va Toshkent shahar saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
(13-14-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Okrug saylov komissiyalarining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi viloyat va Toshkent shahar saylov komissiyasining qarori komissiyaning rasmiy veb-saytida, shuningdek mahalliy matbuotda eʼlon qilinadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Uchastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Saylov kampaniyasi eʼlon qilinganidan keyin fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻz tashabbusiga koʻra yoki Xalq deputatlari tuman, shahar kengashlarining yoxud tuman, shahar saylov komissiyalarining takliflariga asosan uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Saylov uchastkalari tuzilganidan keyin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan — fuqarolar yigʻinida yoki fuqarolar vakillarining yigʻilishida yoxud fuqarolar yigʻini majlisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan — mehnat jamoalari yigʻilishida uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar zaxirasi muhokama qilinadi hamda yigʻilish (majlis) natijasi bayon bilan rasmiylashtirilib, saylovga kamida 50 kun qolganida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlariga koʻrib chiqish uchun taklif qilinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xalq deputatlari tuman, shahar kengashlari 5 kunlik muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bildirilgan takliflarni oʻz majlislarida reglamentda belgilangan tartiba muhokama etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhokama natijalariga koʻra uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib va oʻsha kunning oʻzida tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bir vaqtda oʻtkazilayotgan boʻlsa, uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisidagi qaror Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Harbiy qismlarda, shuningdek olis va borish qiyin boʻlgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalari saylovga kamida 7 kun qolganda tuzilsa, okrug saylov komissiyalariga saylov uchastkalarini tuzish toʻgʻrisida taqdimnoma bilan birga uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisidagi qaror ham taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tavsiya etilgan uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining soni mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan saylovchilar soniga nisbatan belgilangan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Uchastka saylov komissiyasining tarkibi tegishli okrug saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Uchastka saylov komissiyasining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi okrug saylov komissiyasining qarori mahalliy matbuotda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida uchastka saylov komissiyasini shakllantirish tartibi Markaziy saylov komissiyasining alohida nizomi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Okrug va uchastka saylov komissiyasi tarkibidan chiqarish yoki tarkibini oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Quyidagi hollarda okrug va uchastka saylov komissiyasi aʼzosi oʻz arizasiga yoki uni komissiya aʼzosi etib tasdiqlagan organning qaroriga koʻra komissiya tarkibidan chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa saylov komissiyasi tarkibiga saylanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
siyosiy partiyaga aʼzo boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat, tuman, shahar hokimi etib tayinlanganda (tasdiqlanganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prokuratura yoki sudga masʼul lavozimga tayinlanganda (saylanganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya aʼzosining yaqin qarindoshlari (farzand, ota-ona, aka-uka, opa-singil, bobo, buvi) yoki komissiya aʼzosi bevosita buysunuvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, deputatlikka nomzod yoxud nomzodning ishonchli vakili etib roʻyxatga olinganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov komissiyasi aʼzosi oʻz xohishiga binoan bergan arizasiga koʻra boshqa hollarda ham uni komissiya aʼzosi etib tasdiqlagan organning qarori bilan komissiya tarkibidan chiqarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, deputatlikka nomzod yoxud nomzodning ishonchli vakili etib roʻyxatga olingan saylov komissiyasi aʼzosi komissiya tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Komissiya aʼzosi Saylov kodeksi talablarini buzgan yoki zimmasidagi majburiyatlariga muntazam ravishda eʼtiborsizlik qilgan taqdirda, u komissiya aʼzosi etib tasdiqlagan organning qarori bilan vakolatlaridan mahrum etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda komissiya aʼzosining Saylov kodeksi talablarini buzganligi yoki zimmasidagi majburiyatlarga muntazam ravishda eʼtiborsizlik qilganligiga oid holat u aʼzo boʻlgan saylov komissiyasining dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Komissiya aʼzosi saylov komissiyasi tarkibidan chiqarilgan yoki saylov komissiyasi aʼzolarining soni koʻpaytirilgan hollarda komissiyaning yangi aʼzosi mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini va Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug hamda uchastka saylov komissiyalari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari chiqarilganidan, tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari, shuningdek uchastka saylov komissiyalari tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatadi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish boʻyicha yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchastka saylov komissiyasi aʼzolari sonini saylovchilar soniga nisbatan belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEʼYORLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Saylovchilar soni

Aʼzolar soni

1.

200 nafargacha

5 — 7 nafar

2.

201 — 500

7 — 9 nafar

3.

501 — 1000

9 — 11 nafar

4.

1001 — 1500

11 — 13 nafar

5.

1501 — 2000

13 — 15 nafar

6.

2001 — 2500

15 — 17 nafar

7.

2501 va undan yuqori

17 — 19 nafar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda, uchastka saylov komissiyasi aʼzolari soni hududda saylovchilar joylashuvi masofasi va boshqa asosli sabablarga koʻra yuqori turuvchi saylov komissiyalari bilan kelishilgan holda tegishli komissiya qarorlari asosida koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin (5 — 19 nafar aʼzo doirasida.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 932-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 15-sentabrdagi 852-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibini shakllantirish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 27-maydagi 915-son qarori.