Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1027-2]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 30-sentabrdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
1. “Iqtisodiyotdagi noishlab chiqarish tarmogʻidagi universal kasb mutaxassislari va xizmatchilari mehnatiga haq toʻlashga doir razryadlar toʻgʻrisida”gi qarorni (roʻyxat raqami 1027, 2001-yil 14-aprel) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 25-sentabrdagi 01/00-04/09-7387-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2001-yil 5-apreldagi 1, 34-son “Iqtisodiyotdagi noishlab chiqarish tarmogʻidagi universal kasb mutaxassislari va xizmatchilari mehnatiga haq toʻlashga doir razryadlar toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1027, 2001-yil 14-aprel) hamda 2013-yil 26-martdagi 19-P, 31-son “Iqtisodiyotdagi noishlab chiqarish tarmogʻidagi universal kasb mutaxassislari va xizmatchilari mehnatiga haq toʻlashga doir razryadlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1027-1, 2013-yil 4-aprel) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
437-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 10/19/1027-2/3837-son)