Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Bojxona organlari tomonidan maxsus vositalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 835-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 6-avgustda tasdiqlangan Bojxona organlari tomonidan maxsus vositalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 835, 1999-yil 9-noyabr) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-sentabr,
01-02/20-57-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2019-y., 10/19/835-1/3817-son)