Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining
buyrugʻi
“Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2144-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-iyuldagi PQ-4382-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) yoki halok boʻlgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila aʼzolariga bir martalik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2010-yil 5-avgustdagi 430-son “Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2144, 2010-yil 7-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 353-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2019-yil 13-martdagi 213-son “Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (harbiy xizmatga majburlar) halok boʻlgan yoki tan jarohati olgan holda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani toʻlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2144-1, 2019-yil 8-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 15-son, 286-modda).
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-sentabr,
902-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2019-y., 10/19/2144-2/3785-son)