Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
qarori
“Elektron hisobvaraq-fakturalarni elektron rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritishning vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 18-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3136-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 522-son “Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 29-dekabrdagi 2018-79-son “Elektron hisobvaraq-fakturalarni elektron rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritishning vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3136, 2019-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 6-son, 112-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-sentabr,
2019-53-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2019-y., 10/19/3136-1/3759-son)