09.09.2019 yildagi PQ-4444-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5815-son Farmoniga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 57 nafardan iborat markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori uning taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan 3 nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport taʼminoti shartlariga koʻra vazirga, uning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, oʻrinbosarlari — tegishli ravishda vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning shtatlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hududiy organlaridagi 57 ta ishlab chiqarish xodimlari shtat birligini optimallashtirish hisobidan jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agentlik direktoriga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, Agentlik tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy shtatlari soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Agentlik xodimlarining qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istisno tariqasida, idoraviy boʻysunuvdagi tashkilotlarni tashkil etish va ularni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, xorijiy ekspertlarni shartnoma asosida ishga jalb qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning, shuningdek, ular yotoqxonalarining shtat jadvalini tasdiqlash huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori bir oy muddatda Agentlikka yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali taʼminlash uchun uni zarur bilim va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida 2019-yilda Agentlik taʼminoti uchun mablagʻlarni ajratsin, 2020-yildan boshlab esa har yili zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4 ta xizmat avtotransport vositasini saqlash uchun limit belgilasin, shuningdek, Agentlikka ularni xarid qilish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka asoslantirilgan hisob-kitoblarga koʻra aniq xarajatlardan kelib chiqqan holda moddiy-texnik bazani shakllantirish uchun zarur uskunalarni xarid qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va maʼmuriy binolarni taʼmirlashga 2019-yilda 3 milliard soʻm, 2020-yilda esa 7 milliard soʻmgacha mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning joylashtirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, eng yangi oʻquv-laboratoriya, ilmiy, ishlab chiqarish va sport uskunalari, anjomlar, inventar va boshqa zarur vositalar bilan jihozlash dasturini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2025-yillarda ijod maktablari faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini koʻrib chiqish uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Agentlik bilan birgalikda har yili:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilarining turli fanlardan xalqaro olimpiadalarda ishtirok etishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilarining xorijiy madaniy-maʼrifiy safarlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning pedagog xodimlarining ilgʻor xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarda malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtishini tashkillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xalq taʼlimi vazirligi ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 9-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4444-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi PQ-4444-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi PQ-4444-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi markaziy apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 57 nafar.
Keyingi tahrirga qarang.