06.09.2019 yildagi 741-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada oshirish, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish, aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Advice.uz” (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portali ishga tushirilganligi, mazkur portal orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (keyingi o‘rinlarda fuqarolar deb ataladi) onlayn rejimda bepul huquqiy maslahat olishlari uchun imkoniyat yaratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va “Yuksalish” umummilliy harakatining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Madad” — muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti (keyingi o‘rinlarda Muassasa deb ataladi) hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘linmalarini (keyingi o‘rinlarda hududiy bo‘linmalar deb ataladi), shuningdek, tuman (shahar)larda ularning huquqiy maslahat byurolarini (keyingi o‘rinlarda huquqiy maslahat byurolari deb ataladi) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Quyidagilarni Muassasaning asosiy vazifalari sifatida belgilash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga huquqiy masalalar bo‘yicha shu jumladan, onlayn maslahatlar va tushuntirishlar berish yo‘li bilan birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning huquqiy bilimlarini ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda oshirib borish ishlariga ko‘ngillilarni safarbar etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar tomonidan huquqiy maslahat berishga oid so‘rovlarni tahlil qilib borish, tahlil natijasiga ko‘ra huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda innovatsion usullarni, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalarini tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Advice.uz” (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portalining muntazam ravishda yuritilishi va yangilab borilishini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Muassasa va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat subsidiyasi, shuningdek davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining shartnoma asosida Muassasaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratiladigan budjetdan tashqari mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassislar va tashabbuskorlar tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining moliyaviy mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi Muassasaga har yili o‘zining budjetdan tashqari mablag‘laridan davlat ijtimoiy buyurtmasi uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdorini va ulardan foydalanish tartibini mustaqil belgilaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Muassasaning markaziy apparati Toshkent shahar, Sayilgoh ko‘chasi 5-uyda, hududiy bo‘linmalari va huquqiy maslahat byurolari zaruratga ko‘ra, tegishli hududiy adliya organlari yoki tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari binolariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Muassasaning markaziy apparati, hududiy bo‘linmalari va huquqiy maslahat byurolarini kompyuter texnikasi va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlash, ularni va ular joylashgan binolarni saqlash (kommunal xizmatlar, joriy ta’mirlash va boshqalar) bilan bog‘liq xarajatlar adliya organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Adliya vazirligi bilan birgalikda “Advice.uz” (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portali hamda “Madad” — muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining bepul huquqiy maslahat berish faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Adolat” huquqiy axborot markazi” va “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonalarini davlat muassasalari shaklida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(9-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, “Notarius” avtomatlashtirilgan tizimi, “Advice.uz” (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portali va vazirlik tomonidan yaratilgan boshqa axborot tizimlari faoliyatini kuzatib borish, serverlarga, telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash;
(9-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida “Elektron hukumat” axborot tizimlari doirasidagi loyihalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlari va muassasalarining barcha tuzilmalari faoliyatining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlari va muassasalarida axborotlashtirish sohasida tahlillar o‘tkazish va takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2019-yil 10-sentabrdan boshlab “Adolat” huquqiy axborot markazi” davlat muassasasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to‘plami” (keyingi o‘rinlarda rasmiy nashrlar deb ataladi) autsorsing asosida nashr etiladi;
(10-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” va “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktorlar rahbarlik qiladi;
(10-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Adolat” huquqiy axborot markazi” va “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasalari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarorida belgilangan davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga ustama haqi qo‘llaniladi, shuningdek, avvalgi ish joyida uzoq yillik xizmati uchun berilgan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar, maxsus va darajali unvonlar saqlab qolinadi;
(10-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) quyidagilar “Adolat” huquqiy axborot markazi” va “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamg‘armasi, shuningdek adliya organlari va muassasalarining boshqa budjetdan tashqari mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro institutlar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari va homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(10-band “g” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini modernizatsiya qilsin, jumladan, bunda “aqlli” izlash funksiyasi nazarda tutilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rasmiy nashrlarni chop etish va realizatsiya qilish jarayonida ularning tannarxini arzonlashtirish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda “Adolat” huquqiy axborot markazi” va “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasalarining ustavlarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 6-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
741-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2019-y., 09/19/741/3700-son; 01.04.2020-y., 09/20/195/0391-son; 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)