29.08.2019 yildagi O‘RQ-559-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 2-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 24-avgustda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi 425-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 153-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 97-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda) 20-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“20-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish oʻtkazilishi ustidan nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari ustidan davlat nazoratini, shu jumladan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chogʻida foydalaniladigan pul mablagʻlarining kelib chiqishi ustidan nazoratni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi 483-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil № 1, 3-modda) 8-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini taʼminlashga doir normalar va qoidalar bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 543-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-409-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 274-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda) 24-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi jamoatchilik nazorati Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 545-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-408-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 273-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda) 22-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi jamoatchilik nazorati Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi 770-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 16-aprelda qabul qilingan OʻRQ-475-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 423-modda) 22-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi jamoatchilik nazorati Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi 120-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 212-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda; 2011-yil, № 4, 98-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 8-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi jamoatchilik nazorati Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi 123-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 215-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 363-modda) 41-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Psixiatriya muassasalari, shuningdek psixiatriya yordami koʻrsatuvchi shaxslar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar; № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 17-moddaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat budjetini va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarini koʻrib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini, shuningdek budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirok etishi mumkinligini”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 28-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan vakolatlar bilan bir qatorda mahalliy budjetlarning parametrlarini hamda ularning ijrosi haqidagi hisobotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan koʻrib chiqish hamda tasdiqlash jarayonining ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ham taʼminlaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 29-moddaning birinchi qismi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yigirma sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalari hamda kelgusi ikki yilga oid budjet moʻljallari, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin ularning jamoatchilik muhokamasini taʼminlaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigirma sakkizinchi va yigirma toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha yigirma toʻqqizinchi va oʻttizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga xulosa taqdim etishi uchun — joriy yilning 20-sentabriga qadar kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalari hamda kelgusi ikki yilga oid budjet moʻljallari boʻyicha xulosani ikki haftalik muddatda taqdim etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalari hamda kelgusi ikki yilga oid budjet moʻljallari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosalari majburiy ravishda eʼlon qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 163-modda quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirliklar, idoralar, davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqa budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar budjetdan ajratiladigan mablagʻlardan, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanilishi, oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va olingan tovarlarning yetkazib berilishi toʻgʻrisidagi tegishli axborotni oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 167-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarning tashqi auditi va ularni baholash natijalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosalari majburiy ravishda eʼlon qilinadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 5-mayda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-369-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 127-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 5-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“budjetdan ajratiladigan mablagʻlardan, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanilishi, oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va olingan tovarlarning yetkazib berilishi toʻgʻrisida, vazirliklar, idoralar, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda boshqa budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladigan tegishli axborot”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 29-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-559-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son; 12.05.2021-y., 03/21/690/0452-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son)