23.08.2019 yildagi 714-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika iqtisodiyoti va sanoat tarmoqlari uchun malakali kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar asosida talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda oliy maʼlumotli malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi hamda “Korea International University in Fergana” masʼuliyati cheklangan jamiyatining (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) Fargʻona shahrida Koreya xalqaro universitetini (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Universitet faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning iqtisodiyoti va sanoat tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha muhim vazifalarni hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro taʼlim standartlari darajasida tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini taʼlim va ilm-fanning uzviyligi hamda uzluksizligi, shuningdek, jahon taʼlim hamjamiyatiga majburiy integratsiya hisobiga rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan yangi taʼlim dasturlari hamda oʻqitish shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalarni va oʻqitish uslublarini faol takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va ilm-fan sohalarida xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda biznes-hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet alohida mulk va mustaqil balansiga ega boʻlgan yuridik shaxs maqomidagi nodavlat oliy taʼlim tashkiloti sifatida tashkil etilib, tasarrufidagi pul mablagʻlari va mulklari boʻyicha oʻzining majburiyatlari yuzasidan javobgar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet kadrlarga boʻlgan ehtiyojni inobatga olgan holda, Muassis bilan kelishilgan asosiy bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini hisobga olgan holda Universitet tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha koreys, ingliz va oʻzbek tillarida kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalikka qabul qilish va Universitet bitiruvchilarining attestatsiyasi Universitet tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universitetida birinchi oʻquv yilida kadrlar tayyorlanadigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universitetida 2021/2022 oʻquv yili va undan keyingi oʻquv yillarida kadrlar tayyorlanadigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) roʻyxati 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Muassis:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik hamda axborot texnologiyalarini, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet mutaxassislarining malakasini oshirish va professor-oʻqituvchilari tarkibini qayta tayyorlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kutubxona fondini zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik hamda ilmiy-texnik adabiyotlar bilan toʻldirishga koʻmaklashishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Universitet Fargʻona shahar, Nurafshon koʻchasi, 7-uy manzilida joylashgan Fargʻona viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasining bino va inshootlarida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Fargʻona viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi respublika oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yuqori malakali oʻqituvchilari va mutaxassislari tarkibidan Universitetni tanlov asosida malakali professor-oʻqituvchilar bilan toʻldirishga koʻmaklashsin xamda keyinchalikda ularning stajirovkasini tashkil etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universitetining Vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda Vasiylik kengashi deb ataladi) tarkibi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet faoliyatining tashkil etilishini taʼminlash, uning toʻlaqonli faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq tashkiliy, moliyaviy, huquqiy, iqtisodiy, oʻquv-metodik, moddiy-texnik va boshqa masalalarni hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur loyiha, qurilish-montaj va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, Universitetni jihozlash, uning infratuzilmasini yaratish, moddiy-texnik taʼminlashga doir grafiklarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet faoliyatini tashkil etish boʻyicha tasdiqlangan grafiklarda belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan muntazam nazorat va monitoring olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayonini, talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish va takomillashtirish, bakalavr tayyorlash sifatini tizimli ravishda oshirish, Universitet bitiruvchilarini ishga joylashtirish, mehnat bozorining keyingi rivojini hisobga olgan holda mutaxassislar va ilmiy-texnik kadrlar tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilashda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-iqtisodiy sohaning yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, 2020/2021 oʻquv yilida va keyingi yillarda Universitetga qabul qilish parametrlarini va oʻqish uchun kontrakt summasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlash uchun homiylik xayriyalarini, texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarni) va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning moddiy-texnik, oʻquv-metodik bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan jihozlash, Universitet infratuzilmasini yaxshilashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalar ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash, iqtidorli talabalarni oʻqitish uchun stipendiyalar ajratish yoki ragʻbatlantirish choralarini koʻrish, talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash va ularning yashash joylarida boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuningdek, talabalarning dam olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim dasturi asosida Koreya Respublikasidagi yetakchi universitetlarda talabalarning oʻqishini davom ettirishini, shuningdek maxsus stipendiyalar berish orqali xorijdagi boshqa yetakchi taʼlim muassasalariga malakaviy amaliyot oʻtashga yuborish uchun iqtidorli talabalarni tanlov asosida tanlab olishni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vasiylik kengashi uch oy muddatda Koreyaning hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan kadrlarni tayyorlash boʻyicha kelishuv (shartnoma) imzolasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Muassis Fargʻona viloyati hokimligiga akademik hamkor hisoblanadi hamda Universitet bitiruvchilariga belgilangan namunadagi diplomni topshirish majburiyatini oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Universitetga qabul parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tayyorlangan asoslantirilgan takliflar boʻyicha Muassis tomonidan tasdiqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Universitetning faoliyatini moliyalashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning oʻz mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalaridan Vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Universitetni tashkil qilish, uning moddiy-texnik va oʻquv bazasini shakllantirish boʻyicha tashkiliy tadbirlarni, shu jumladan taʼmirlash-tiklash ishlarini olib borish, anjomlar, zamonaviy oʻquv hamda laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, kompyuter va boshqa orgtexnika, kutubxona fondi bilan taʼminlash, shuningdek, Universitetdagi mahalliy pedagog kadrlarning stajirovkasi va malakasini oshirish xarajatlarini moliyalashtirish Universitet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Universitetga jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilarning xizmat safari xarajatlarini toʻlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7 kungacha boʻlgan qisqa muddatli xizmat safarlari boʻyicha — Koreya Respublikasining qonun hujjatlari bilan oliy taʼlim muassasalari xodimlari uchun belgilangan normalarga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzoq muddatli xizmat safarlari boʻyicha — oʻquv jarayoni ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Universitetga oʻqituvchilik va ilmiy ishlar uchun taklif qilinadigan xorijiy pedagog kadrlarning yashash hamda transport xarajatlarini tuziladigan shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha toʻlashga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vasiylik kengashi Muassis bilan kelishgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet Ustavini tasdiqlasin, shuningdek, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uch oy muddatda Universitetni Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatuvchi oliy taʼlim muassasalarida foydalaniladigan zarur oʻquv-metodik majmualar bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Universitetga bino va inshootlarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilinishini, shuningdek, Universitet talabalari va oʻqituvchilari yashashi uchun yotoqxona tayyorlanishini 2020/2021 oʻquv yili boshlanishiga qadar taʼminlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Universitet buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar tarkibi va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Universitet buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar tarkibi va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun davlat boji undirilmasdan, belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash manzillari boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Universitet buyurtmanomalariga koʻra, Universitet faoliyatini tashkil qilishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berish (uzaytirish), shuningdek xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berishni (uzaytirishni) taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Universitetni jihozlash va uning faoliyatini taʼminlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan zamonaviy oʻquv jihozlari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-uslubiy adabiyot, anjomlar va moddiy-texnika resurslari, shuningdek, avtotransport vositalari 2022-yil 1-avgustga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Fargʻona viloyati hokimi Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 23-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
714-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 714-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universitetida birinchi oʻquv yilida kadrlar tayyorlanadigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi nomi

1.

Maktabgacha taʼlim

2.

Turizm menejmenti

3.

Koreys tili

4.

Goʻzallik menejmenti

5.

Kompyuter hisob-kitobi menejmenti

6.

Internet va axborot-kommunikatsiya

7.

Avtomobilsozlik

8.

Arxitektura muhandisligi

9.

Elektrotexnika-gaz muhandisligi

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 714-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universitetida 2021/2022 oʻquv yili va undan keyingi oʻquv yillarida kadrlar tayyorlanadigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi nomi

1.

Maktabgacha taʼlim

2.

Turizm menejmenti

3.

Koreys tili

4.

Goʻzallik menejmenti

5.

Kompyuter hisob-kitobi menejmenti

6.

Internet va axborot-kommunikatsiya

7.

Avtomobilsozlik

8.

Arxitektura muhandisligi

9.

Elektrotexnika-gaz muhandisligi

10.

Ogʻiz boʻshligi gigiyenasi

11.

Hamshiralik

12.

Fizioterapiya

13.

Ijtimoiy farovonlik

14.

Kompyuter grafikasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 714-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universitetining Vasiylik kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Sh.M. Ganiyev

Fargʻona viloyati hokimi, Vasiylik kengashi raisi

2.

K.A. Sharipov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

Edvard Kim

Koreya Respublikasidagi Koreya-Oʻzbekiston biznes markazi raisi, Fargʻona viloyatining faxriy fuqarosi

4.

S.X. Bekenov

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

I.T. Neʼmatov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

Koreya Respublikasi oliy taʼlim muassasalari konsorsiumidan

6.

Lavozimi boʻyicha

Koreya Respublikasi “Seojeong universiteti prezidenti (kelishuv asosida)

7.

Lavozimi boʻyicha

Koreya Respublikasi “JEI” universiteti prezidenti (kelishuv asosida)

8.

Lavozimi boʻyicha

Koreya Respublikasi “Shinhan” universiteti prezidenti (kelishuv asosida)

9.

Lavozimi boʻyicha

Koreya Respublikasi “Seokyeong universiteti prezidenti (kelishuv asosida)

10.

Lavozimi boʻyicha

Koreya Respublikasi “Kookmin universiteti prezidenti (kelishuv asosida)

11.

Lavozimi boʻyicha

Koreya Respublikasi “Sunmoon universiteti prezidenti (kelishuv asosida)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 09/19/714/3635-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.04.2026-y., 09/26/159/0337-son)