Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.10.1995 yildagi 401-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 13.10.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QUROLLI KUChLAR UChUN TEXNIK MUTAXASSISLAR VA HARBIY-AMALIY AHAMIYATGA EGA BOʻLGAN OMMAVIY TEXNIK KADRLARI TAYYORLASh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Qurolli Kuchlarni texnik ixtisosliklarni egallagan harbiy xizmat yoshidagilar bilan butlash va harbiy-amaliy ahamiyatga ega boʻlgan ommaviy texnik kasblar kadrlari tayyorlash zarurligini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 1995/96 oʻquv yilida Qurolli Kuchlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi mudofaaga yordam beruvchi “Vatanparvar” tashkiloti maktablari va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining hunar-texnika oʻquv yurtlarida umumiy soni ilovaga* muvofiq 9610 kishi boʻlgan texnik mutaxassislarni tayyorlash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, sportning texnik va harbiy-amaliy turlari boʻyicha sportchilar tayyorlash Qurolli Kuchlar uchun texnik mutaxassislar tayyorlashning tarkibiy qismi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Harbiy-amaliy ahamiyatga ega boʻlgan ommaviy texnik kasblar kadrlari (avtomobil haydovchilari, traktorchilar, buldozerchilar va boshqalar) tayyorlash “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi mudofaaga yordam beruvchi “Vatanparvar” tashkiloti maktablari va klublarida oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash shartlarida amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaaga yordam beruvchi “Vatanparvar” tashkilotlarini ularning fuqarolarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Qurolli Kuchlar uchun texnik mutaxassislar, harbiy-amaliy ahamiyatga ega boʻlgan ommaviy texnik kasblar kadrlari tayyorlash sportning texnik va harbiy-amaliy turlarini rivojlantirish ishida doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlasinlar hamda ularning oʻquv-moddiy bazasi zarur darajada rivojlantirilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi texnik mutaxassislar tayyorlash va sportning harbiy-amaliy turlarini rivojlantirish rejalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi mudofaaga yordam beruvchi “Vatanparvar” tashkiloti va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining buyurtmalarini taʼminlash uchun hukumatlararo bitimlarga binoan, Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berilayotgan mahsulotlarga kvota ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi ajratilgan kvotalarga muvofiq moddiy-texnika resurslari yetkazib berilishini taʼminlasin va mahsulotlar toʻgʻridan toʻgʻri tijorat shartnomalari boʻyicha kontrakt asosida olinishiga koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi va respublikaning boshqa taʼminot tashkilotlari texnik mutaxassislar tayyorlash hamda sportning harbiy-amaliy turlarini rivojlantirish rejalariga muvofiq Mudofaaga yordam beruvchi “Vatanparvar” tashkiloti va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining buyurtmalari bajarilishini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi, Mudofaaga yordam beruvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Qurolli Kuchlar uchun mutaxassislar tayyorlashni mablagʻ bilan taʼminlashni va moddiy-texnika taʼminotini bundan keyin Mudofaa vaziri bilan kelishilgan va uning tomonidan tasdiqlangan reja asosida amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 13-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
401-son