Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 14-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2635-1]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 12-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
1. “Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar uchun Bolalar shaharchasining namunaviy ustavini tasdiqlash haqida”gi buyruqni (roʻyxat raqami 2635, 2014-yil 15-dekabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2019-yil 31-iyuldagi 02-01/7-1786-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2014-yil 20-noyabrdagi 325-son “Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar uchun Bolalar shaharchasining namunaviy ustavini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2635, 2014-yil 15-dekabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-avgust,
338-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 10/19/2635-1/3558-son)