Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
“Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish boʻyicha” koʻrsatmani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 13-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 929-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-fevraldagi F-5445-son “2019-yilda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari toʻgʻrisida”gi farmoyishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2000-yil 29-maydagi 01-526, 24/8-855-son “Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish boʻyicha” koʻrsatmasi (roʻyxat raqami 929, 2000-yil 31-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 10-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-iyul,
4-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-iyul,
63QQ-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/929-1/3542-son)