Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.11.1995 yildagi 427-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 07.08.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON BANK TIZIMINI RIVOJLANTIRIShNING KOMPLEKS DASTURINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini qabul qilingan xalqaro normalarga muvofiq yanada takomillashtirish va jadal rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Banklari uyushmasining birinchi Taʼsis syezdida qabul qilingan Oʻzbekiston bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar* maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Dasturni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Moliya vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Aloqa vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi Banklar uyushmasi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, konsernlar va uyushmalar bilan birgalikda Dasturning har bir boʻlimini bajarish boʻyicha aniq tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Moliya vazirligining Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-iyuldagi 362-son qarori amalda boʻlishi muddatini 1997-yil 31-dekabrgacha uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. Belgilab qoʻyilsinki, banklarning soliq olishdan ozod qilingan mablagʻlari Oʻzbekiston Banklari uyushmasi orqali Dasturni amalga oshirishni mablagʻ bilan maqsadli taʼminlashga hamda tijorat banklarini rivojlantirishga teng ulushlarda yoʻnaltiriladi. Mazkur qoida xususiy tijorat banklarini daromad soligʻi toʻlashdan ozod qilish qismida ularga joriy qilinmaydi (koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar ularning moddiy-texnika bazalarini mustaxkamlash va infratuzilmalarni rivojlantirishga yoʻnaltiriladi).
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Markaziy banki bilan birgalikda ajratilayotgan mablagʻlarning Banklar uyushmasi va tijorat banklari tomonidan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturiga muvofiq Banklar uyushmasi ishtirokida tashkil etiladigan tuzilmalar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga, shu jumladan, tegishli binolarning birinchi navbatda ajratilishiga koʻmaklashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi Uyushma Kengashini va Bosh direksiyasini Toshkent shahar, Yakub Kolas koʻchasi, 24-uyga joylashtirsin, ushbu binoni qoldiq balans qiymati boʻyicha Banklar uyushmasiga bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 9-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
427-son