09.08.2019 yildagi 654-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida “Xalqaro matematika maktabi”ni tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda istiqbolli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ulgʻayib kelayotgan yosh avlodni ilmga keng jalb qilish va intellektual salohiyatini oshirish, matematika fani uchun boʻlgʻusi kadrlar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, xalqaro maydonda mamlakatimizning nufuzini yanada yuksaltirish uchun iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Buxoro viloyati hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani, Ulugʻbek koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatiga “xalqaro matematika maktabi” (keyingi oʻrinlarda xalqaro maktab deb ataladi) maqomini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani, Ulugʻbek koʻchasi, 5-uy manzilida joylashgan Qorakoʻl sanoat va transport kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda xalqaro maktabga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Qorakoʻl sanoat va transport kasb-hunar kollejining oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar xalqaro maktab binolarida oʻquv jarayonini davom ettiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar xalqaro maktabning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari asosida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar, shuningdek, chet tillarining chuqur oʻqitilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir oʻquvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan mahalliy va xorijiy mamlakatlardan tajribali oʻqituvchilarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidor va isteʼdodni aniqlash hamda kamol toptirish boʻyicha oʻquvchilarni respublika va xalqaro fan olimpiadalari, tanlovlar va boshqa tadbirlarda qatnashishga tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-2020 oʻquv yilidan boshlab xalqaro maktabning 7-sinfiga 90 nafar oʻquvchi qabul qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga xalqaro maktabning moddiy-texnika bazasidan, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda oʻquvchilarni qabul qilish kvotalariga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro maktabda xorijiy mamlakatlar fuqarolari hisoblangan, matematika faniga qiziquvchi iqtidorli oʻquvchilar shartnoma asosida taʼlim olishiga imkoniyat yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro maktabda oʻquvchilarga yanada chuqurroq bilim berish, xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasi va oʻqitish metodikasini tatbiq etish uchun xorijiy mamlakatlardan oʻqituvchilarni ishga qabul qilishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-2020 oʻquv yilidan boshlab xalqaro maktab direktori, oʻrinbosarlari va oʻqituvchilariga budjet mablagʻlari hisobiga 100 foiz qoʻshimcha ustama haq toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qarori bilan ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari uchun belgilangan ustamalar xalqaro maktab xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda xalqaro maktabga oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan iqtidorli pedagog kadrlarni jalb etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab xalqaro maktabning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida uni yotoqxona, oshxona, kutubxona, faollar zali va oʻquv-laboratoriya jihozlari hamda kompyuter texnikasi, oʻquv-metodik majmualar, oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab maktab-internatga iqtidorli oʻquvchilarni ijodiy tanlov asosida saralab olish maqsadida matematika va chet tili fanlaridan test sinovi hamda psixologik-pedagogik diagnostika oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda xalqaro maktabning ustavi tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Buxoro viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Qorakoʻl sanoat va transport kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida moddiy-texnik vositalari, oʻquv jihozlari va boshqa mol-mulkidan foydalanish uchun belgilangan tartibda topshirilishi va qabul qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturiga xalqaro maktab binosini kapital taʼmirlash, 200 oʻrinli yotoqxona va 50 oʻrinli mehmonxona binosini qurish hamda jihozlash ishlari kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xalqaro maktabning bino va inshootlarini qurish va taʼmirlash boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlar belgilangan tartibda tender (tanlov) savdolari natijasida aniqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Buxoro viloyati hokimligi 2020-yil 1-fevralga qadar buyurtmachi, bosh loyihachi tashkilot bilan birgalikda obyektning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini va vakolatli ekspertiza organlaridan belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari olinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi obyektda olib boriladigan qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan belgilangan tartibda davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Taʼlim” sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida xalqaro maktabning taʼminoti uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga mazkur qarorning maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng koʻlamda yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov va Buxoro viloyati hokimi Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 9-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
654-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2019-y., 09/19/654/3536-son)