O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QIShLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGINING RESPUBLIKA DAVLAT URUFChILIK INSPEKSIYASINI TUGATISh TO‘FRISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Urug‘lar sifatini nazorat qilish vazifalari Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatlashtirish va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi zimmasiga yuklatilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq xo‘jaligi vazirligining respublika davlat urug‘chilik inspeksiyasi belgilangan tartibda tugatilsin.
2. Sertifikatlashtirish va urug‘lar sifatini nazorat qilish davlat markazi o‘n kun muddatda asbob-uskunalarni, binolar va inshootlarni, transport vositalarini, shuningdek xodimlarni belgilangan tartibda balansga qabul qilsin.
3. Moliya vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan inspeksiya uchun ajratilgan mablag‘larning butun hajmini Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatlashtirish va ularning sifatini nazorat qilish davlat markaziga o‘tkazsin.
4. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan Markazning yangi tuzilmasi va shtat jadvalini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. Giniyatullin zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 6-iyun,
212-son