30.07.2019 yildagi 633-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.07.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoqilgʻi-energetika resurslarining narxlari va tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy intizomni mustahkamlash va yoqilgʻi-energetika kompleksi korxonalarining muvozanatli rivojlanishini taʼminlash, shuningdek, energiya resurslari va neft mahsulotlari uchun oʻzaro hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2019-yil 15-avgustdan boshlab yoqilgʻi-energetika resurslarining narxlari va tariflari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2019-yil 15-avgustdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) avtomobil benzini va dizel yoqilgʻisini pirovard isteʼmolchiga sotishda toʻlanadigan aksiz soligʻi hisobga olingan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ai-80 markali avtomobil benzinining chakana narxi — bir litri uchun 4 500 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dizel yoqilgʻisining chakana narxi — bir litri uchun 5 400 soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EKO dizel yoqilgʻisining chakana narxi — bir litri uchun 5 700 soʻm etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Ai-91 markali avtomobil benzini birja savdolari orqali sotiladigan tartib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qonunchilikda belgilangan ayrim toifadagi shaxslarga avtomobil benzini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun har oylik pul kompensatsiyasi 75 000 (yetmish besh ming) soʻm miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorga muvofiq yoqilgʻi-energetika resurslarining joriy etilayotgan yangi narxlari va tariflari preyskurantlarini barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa shaxslarga yetkazsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va ularning hududiy korxonalari, filiallari, shuningdek, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida avtomobil benzini, avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalarida tabiiy (siqilgan) gazni sotuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalaridagi avtomobil benzini, avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalaridagi tabiiy gaz va gaz toʻldirish punktlari va shoxobchalaridagi suyultirilgan gaz qoldiqlarini 2019-yil 15-avgustdagi holatiga koʻra qayta baholasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahrining Yunusobod tumanida bir nafar abonentga aholining elektr energiyasi isteʼmoli bazaviy normalari joriy etilishining ijobiy natijalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tabiiy gaz va elektr energiyasi isteʼmolining bazaviy normalarini qoʻllash mexanizmlari va miqdorlari toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar, shu jumladan, bir oyda 250 kVt/soatdan ortiq elektr energiyasini isteʼmol qiladigan maishiy abonentlar uchun belgilangan tarifga 1,5 baravardan ortiq boʻlmagan oshiriluvchi koeffitsiyent qoʻllanilishini nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, ushbu qaror kuchga kirgunga qadar elektr energiyasi (shu jumladan, aktiv, reaktiv energiya uchun) va tabiiy gaz hajmlari uchun toʻlov avans bilan toʻlangan taqdirda, maishiy isteʼmolchilar (aholi) toʻlov toʻlangan kundan boshlab keyingi 6 oydan ortiq boʻlmagan muddatda tarif oʻzgarganda qoʻshimcha toʻlovlar toʻlashdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har bir tumanda elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish priborlarini, energiyani tejaydigan texnologiyalarni sotadigan va ularga texnik xizmat koʻrsatadigan ixtisoslashtirilgan doʻkonlar tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilda koʻmir ishlab chiqarish va taqsimlash balansi soʻzsiz bajarilishini, shuningdek, koʻmir mahsulotlari isteʼmolchilarga oʻz vaqtida va barqaror yetkazib berilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda 2020-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2020/2021-yillar kuz-qish davridan boshlab koʻmir mahsulotlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari aholini, ayniqsa, borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida yashaydigan aholini, shuningdek, budjet tashkilotlarini koʻmir mahsulotlari bilan, shu jumladan, uni import qilish hisobiga taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi 2019-yil 15-avgustdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft-gaz tarmogʻining qazib oluvchi va qayta ishlovchi korxonalari tomonidan mahsulotlarga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha (tabiiy gaz, neft, gaz kondensati, suyultirilgan gaz) yangi ichki tarmoq narxlari, vositachilik shartnomasiga muvofiq respublika isteʼmolchilariga tabiiy gaz va neft mahsulotlari yetkazib berish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlarning vositachilik taqdirlash puli, shuningdek, ishlab chiqarishning rentabelligiga erishish uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotishga tariflar hamda issiqlik energiyasi ishlab chiqarish tariflari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr va issiqlik energiyasi, shuningdek, tabiiy gaz isteʼmolchilaridan va ulgurji qayta sotuvchilardan tushadigan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda — “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan va isteʼmolchilarga sotiladigan koʻmirning aholi va budjet tashkilotlari uchun amaldagi chakana narxlar 10 foizga koʻpaytirilgan holda yangi narxlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda — koʻrsatilayotgan xizmatlar rentabelligi taʼminlanishi hisobga olingan holda issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlariga tariflar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda — shahar yoʻlovchilar tashish transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilar bundan mustasno) yoʻlovchilar tashish xizmatlariga yangi tariflar belgilanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 30-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
633-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 633-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoqilgʻi-energetika resurslarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narxlari va tariflari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nomi

Oʻlchov birligi

1 oʻlchov birligi uchun narxlar va tariflar
(QQS hisobga olingan holda soʻm)

1.

Isteʼmolchilarning I — IV guruhlari uchun elektr energiyasi

1.1.

Isteʼmolchilarning I va II guruhlari uchun

kVt/soat

450

1.2.

Isteʼmolchilarning III guruhi, shu jumladan, aholi uchun

kVt/soat

295

1.3.

Isteʼmolchilarning IV guruhi uchun

kVt/soat

450

1.4.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qarori bilan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va ayrim xizmatlar koʻrsatuvchi isteʼmolchilar uchun

kVt/soat

450

2.

Quyidagilarga beriladigan tabiiy gaz:

2.1.

kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga, idoraviy va munitsipal turar joy fondiga, yuridik shaxslarning yotoqxonalariga va aholining gaz taʼminoti uchun tabiiy gazdan foydalaniladigan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga va issiq suv taʼminoti va turar joy binolarini isitish uchun — mahalliy qozonxonalarga, gazni hisobga olish priborlari mavjud boʻlganda

kub m

380

2.2.

tabiiy gazni hisobga olish priborlari mavjud boʻlmaganda kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga:

ovqat tayyorlash va issiq suv taʼminoti uchun

kub m

660

isitish uchun

kub m

380

2.3.

avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalariga (shu jumladan, balansida avtomobil gaz toʻldirish kompressor stansiyalari boʻlgan yuridik shaxslarga)

kub m

1 000

2.4.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi PQ-3379-son qarori bilan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va ayrim xizmatlar koʻrsatuvchi isteʼmolchilarga

kub m

1 000

2.5.

boshqa ulgurji isteʼmolchilarga

kub m

660

3.

Maishiy ehtiyojlar uchun aholiga sotiladigan tabiiy gaz

kg

1 120

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 633-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlari bilan taʼminlash tizimini va ularni sotishda hisob-kitob qilish mexanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-maydagi 225-son qarori 1-bandining toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“xoʻjalik shartnomalari, shu jumladan, neft mahsulotlari sotishga vositachilik shartnomalari tuzadilar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 21-oktabrdagi 460-son qarorining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilova 83-bandining uchinchi xatboshidagi va 116-banddagi “6 oydan” soʻzlari “2 oydan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-ilovaning 102-bandidagi “olti oydan” soʻzlari “ikki oydan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2018-yil 1-noyabrdagi 897-son qarorining 1, 2 va 5-bandlari, shuningdek, qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 24-martdagi 243-son qaroriga ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2018-yil 1-noyabrdagi 897-son qarorining 1 va 2-bandlari va qarorga 1 va 2-ilovalar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 24-martdagi 243-son qaroriga ilovaning 2-bandi 2019-yil 15-avgustdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2019-y., 09/19/633/3494-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2022-y., 09/22/348/0583-son; 16.09.2023-y., 09/23/475/0708-son; 10.06.2024-y., 09/24/319/0406-son)