Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2012 31.05.1996 yildagi 203-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2012
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI MA’MURIY-HUDUDIY BIRLIKLAR, AHOLI PUNKTLARI, TAShKILOTLAR VA BOShQA TOPONIMIK OBYEKTLARNING NOMLARINI TARTIBGA SOLISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-sonli ““Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz mustaqilligiga besh yil to‘layotganligiga qaramay hamon joylarda toponimik obyektlarning eski tuzum va kommunistik mafkuraga xizmat qiladigan, xalqimiz tarixi va milliy an’analariga bog‘liq bo‘lmagan nomlari saqlanib qolmoqda. Bular istiqlol mazmun-mohiyatini tushunmaslikdan, milliy mafkura va milliy g‘urur sustligidan, ba’zan esa mas’uliyatsizlik va loqaydlikdan kelib chiqmoqda. Natijada bu yangicha fikrlash va yashashni o‘rganish sharoitlarida xalqimizni mustaqillik g‘oyalaridan chalg‘itmoqda. Hokimliklar, ular huzuridagi toponimik komissiyalarning yetarli darajada faoliyat ko‘rsatmayotganligini hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining toponimik obyektlar nomlarini tartibga solish borasidagi ishlari talab darajasida emas deb hisoblansin. Bu boradagi kamchiliklar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga ko‘rsatib o‘tilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-avgustdagi 383-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlar, korxonalar, ko‘chalar, maydonlar, xiyobonlar va boshqa obyektlarga nom berish, ularning nomlarini o‘zgartirish va tartibga solish mas’uliyati shaxsan yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 kun muddat ichida hokimliklar huzurida tashkil etilgan toponimik komissiyalar faoliyati va tarkibini ko‘rib chiqish, ular olib borayotgan ishlarni faollashtirish maqsadida komissiyalar tarkibiga tarixchilar, tilshunoslar, huquqshunoslarni, jamoatchilik va mahalliy boshqaruv idoralari vakillarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 1-sentabrgacha o‘zgartiriladigan toponimik obyektlar nomlarini qayta ko‘rib chiqish, obyektlarning eski tuzum davridan saqlanib qolgan, xalqimiz tarixi va an’analari bilan bog‘liq bo‘lmagan nomlarini o‘zgartirish va ularga nom berishda tarixiy, milliy, tabiiy va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olish, kishilar sharafiga qo‘yilgan barcha nomlarning belgilangan qoidalar va maqsadga muvofiqligini qayta ko‘rib chiqish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-avgustdagi 383-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida shaxslarning nomini hayot chog‘ida biror joyga qo‘yishga hamda abadiylashtirishga ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 123-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 31-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
203-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi)