Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “TOShKENTUYJOYJAMGʻARMABANK” DAVLAT-AKSIONERLIK UY-JOYJAMGʻARMABANKINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA” 1996-YIL 8-FEVRALDAGI 52-SON QARORIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-maydagi 138-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Toshkentuyjoyjamgʻarmabank” faoliyatini tashkil qilishni yaxshilash, bankning maqsadli uy-joy obligatsiyalarini egalariga imtiyozli kreditlar berishga yoʻnaltiriladigan resurslarni koʻpaytirish, shuningdek fuqarolarning boʻsh pul mablagʻlarini uy-joy qurilishi uchun jalb etishni qoʻshimcha ravishda ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligi va “Oʻzsanoatqurilishbank” aksionerlar Kengashining “Oʻzsanoatqurilishbank” Mehnat boʻlimini “Toshkentuyjoyjamgʻarmabank” davlat-aksionerlik uy-joy jamgʻarma banki tarkibiga uning boʻlimi huquqi bilan kiritish toʻgʻrisidagi taklif qabul qilinsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 19-fevral,
90-son