22.07.2019 yildagi 615-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini yaxshilash hamda sogʻlomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Namangan viloyati hokimligining Namangan viloyati, Chortoq tumanidagi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi “Chortoq sanatoriysi” masʼuliyati cheklangan jamiyati hududida joylashgan Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasiga begʻaraz muddatsiz foydalanish huquqi asosida berilgan sport oʻyinlari boʻyicha olimpiya tayyorgarligi markazi (sobiq serjantlarni tayyorlash maktabi) davlat mulki obyektlari hisoblangan bino va inshootlarini (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga tekin foydalanish huquqi asosida berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga obyektni keyinchalik “Chortoq sanatoriysi” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga maqsadli foydalanish va xoʻjalik faoliyati yuritish uchun, istisno tariqasida, tekin foydalanish huquqi asosida berishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi obyektni bir oy muddatda belgilangan tartibda topshirsin, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi qabul qilib olsin hamda undan samarali foydalanishni tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Obyektni rekonstruksiya qilish, yotoqxona va davolash binolari qurish, zamonaviy jihozlash hamda uning hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini bajarish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining Kapital qurilish boshqarmasi — buyurtmachi etib belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyiha va bosh pudratchi tashkilot belgilangan tartibda tender (tanlov) savdolari natijasida aniqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga 2022-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son qaroriga asosan yagona soliq toʻlovlaridan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajratilayotgan mablagʻlar hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan obyektda qurilish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish hamda obyektni foydalanishga topshirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyatining oʻz mablagʻlari hisobidan loyiha quvvatlariga muvofiq obyektda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini belgilangan tartibda oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi oʻz mablagʻlari hisobidan Namangan viloyati, Chortoq tumani markazidan obyektgacha boʻlgan masofadagi yoʻlni taʼmirlash ishlarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 22-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
615-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2019-y., 09/19/615/3464-son)