Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
“Aholi bandligini taʼminlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 16-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2975-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 21-fevraldagi 6/1-son “Aholi bandligini taʼminlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2975, 2018-yil 22-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-yil 26-fevral, 8-son, 150-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-iyun,
14/14-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 10/19/2975-1/3438-son)