Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror va unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 16-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2758-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-iyun,
14/12-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 22-iyundagi 14/12-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 16-yanvardagi 1/10-son “Tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2758, 2016-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-yil 8-fevral, 5-son, 43-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/10-son “Tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2758-1, 2017-yil 28-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil 4-dekabr, 48-son, 1185-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 27-yanvardagi 3/9-son “Tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2758-2, 2018-yil 8-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-yil 12-fevral, 6-son, 114-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 10/19/2758-3/3436-son)