OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Qarori
“Tijorat banklari tomonidan yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror va unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 16-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2883-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 22-iyun,
14/13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 22-iyundagi 14/13-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 8-apreldagi 7/3-son “Tijorat banklari tomonidan yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2883, 2017-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil 15-may, 19-son, 351-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 11-noyabrdagi 31/11-son “Tijorat banklari tomonidan yangi roʻyxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2883-1, 2017-yil 28-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil 4-dekabr, 48-son, 1186-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 10/19/2883-2/3437-son)