Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalariga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 15-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2856-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 22-maydagi 125-sonli “Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3525, 04.07.2024-y.) asosan 2024-yil 6-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 16-yanvardagi 01-02/8-1-son qarori (roʻyxat raqami 2856, 2017-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 5-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalarining 2-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-iyul,
01-02/8-43-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2019-y., 10/19/2856-2/3427-son)