1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.04 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasida lizing (shuningdek, 03.11.06.04 ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi texnikasi parkini yangilash va modernizatsiya qilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni sifatli va arzon texnika bilan taʼminlash, ularga oʻz vaqtida servis xizmati koʻrsatish hamda raqobatbardosh qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarishni moliyalashtirishga bozor mexanizmini keng tatbiq etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq xoʻjaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berishni oʻz vaqtida moliyalashtirishni taʼminlasin.
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 12-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
578-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligi korxonalari samaradorligini oshirish hamda ularni zamonaviy yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi texnikasi — qishloq xoʻjaligi ishlarini bajaradigan va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mashina va uskuna, oʻziyurar mashina, traktor, traktor tirkamasi, yarim tirkamasi va osma texnikalar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2022-y., 09/22/78/0151-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchi — qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va klasterlari hamda mexanizatsiya xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlar;
(2-bandning uchinchi xatboshsi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — qarz oluvchi tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikasi lizing yoki kredit shartlarida xarid qilinganda ularning foiz xarajatlarini tijorat banklari yoki lizing tashkilotlari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punktidan yuqori qismini qoplab berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) pul mablagʻlari;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshsi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olish uchun ajratilgan kredit va lizing boʻyicha hisoblangan foizini qisman qoplab berish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarni Jamgʻarmaga ajratadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xarajatlarni qoplashning ushbu miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy foiz stavkasining oʻzgarishiga qarab Moliya vazirligi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2020-y., 09/20/25/0054-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarida resurslar taqchilligi yuzaga kelganda qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olishga kreditlar ajratish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga belgilangan tartibda joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizom talablari Nizom kuchga kirgunga qadar qishloq xoʻjalik texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish boʻyicha rasmiylashtirilgan shartnomalarga hamda boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lizing tashkiloti yoki tijorat banki tomonidan qarz oluvchiga qishloq xoʻjalik texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ajratilgan lizing yoki kredit foizini qoplash uchun subsidiya ajratish mazkur Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qarz oluvchiga lizing hamda kredit shartlarida xarid qilingan qishloq xoʻjaligi texnikasining foiz toʻlovini qisman qoplab berish uchun subsidiya ushbu Nizom talablari asosida lizing tashkiloti, tijorat banki va Jamgʻarma oʻrtasida tuziladigan Bosh bitimga muvofiq ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya miqdori qarz oluvchi va lizing tashkiloti yoki tijorat banki oʻrtasida tuziladigan shartnoma shartlarida aks ettirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya lizing hamda kredit shartlarida xarid qilingan qishloq xoʻjaligi texnikasining kamida 1 yillik kafolat muddati, shuningdek, ushbu texnika uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida servis xizmati koʻrsatuvchi markazlar boʻlganda lizing tashkiloti yoki tijorat bankining foiz toʻlovlarini qisman qoplab berish uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qarz oluvchining lizing yoki kredit foizini qoplash uchun subsidiya tijorat banki va lizing tashkiloti tomonidan belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punktidan yuqori qismi miqdorida ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, qarz oluvchining lizing yoki kredit shartnomasi barcha turdagi kombaynlar va dvigatel quvvati 100 ot kuchidan koʻp boʻlgan traktorlar uchun 10 yil muddatga, qolgan traktorlar, osma va tirkama texnikalar uchun 7 yil muddatga rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyuldagi PQ-335-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2022-y., 07/22/335/0685-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit yoki lizing oluvchilarning soʻroviga asosan ushbu bandda koʻrsatilgan muddatlar qisqartirilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Subsidiya Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatuvchi lizing tashkiloti va tijorat banklariga ajratiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Subsidiya yangi qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun ajratiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2022-y., 09/22/78/0151-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) lizing yoki kredit oluvchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikasini shartnomada koʻrsatilgan qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda avans toʻlanganda;
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) lizing yoki kredit shartnomasida belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punktdan yuqori qismini qoplash uchun ajratiladi.
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qarz oluvchi tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilishda lizing tashkiloti yoki tijorat bankiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yangi qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sugʻurta polisi, kafillik yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa taʼminot turlari.
(11-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu Nizomning 11-bandiga muvofiq barcha zarur hujjatlar taqdim etilganidan soʻng lizing tashkiloti yoki tijorat banki arizani 3 bank ish kunida koʻrib chiqishi, ijobiy xulosa qabul qilinganda qarz oluvchi bilan shartnoma tuzishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lizing tashkiloti yoki tijorat bankining kredit qoʻmitasi tomonidan kredit ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda qarz oluvchiga rad etish sabablari bayon etilgan yozma maʼlumot taqdim etilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Lizing tashkiloti yoki tijorat banki qarz oluvchi tomonidan oʻziga tegishli foiz toʻlovini toʻlanganligi toʻgʻrisida maʼlumot va subsidiya olish uchun buyurtmani Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, lizing tashkiloti yoki tijorat banki tomonidan taqdim etilgan buyurtmalarga oʻzgartirish kiritilmaydi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi, lizing yoki kredit ajratish va ular boʻyicha subsidiya olishning barcha jarayoni ushbu Nizom talablariga muvofiqligi yuzasidan masʼuliyat lizing tashkiloti va tijorat banklarining rahbarlariga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jamgʻarma kelgan hujjatlarni oʻrganish natijalari asosida lizing yoki kredit boʻyicha foizli xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma 1 (bir) ish kuni mobaynida lizing tashkiloti yoki tijorat bankini subsidiya ajratish toʻgʻrisida (rad etilgan taqdirda — asosli sabablar koʻrsatilgan holda) qaror qabul qilingani haqida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Jamgʻarma Bosh bitimga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga buyurtmanoma taqdim etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi buyurtmanomada qayd etilgan mablagʻlarni 2 bank ish kunidan kechiktirmasdan Jamgʻarma hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan mablagʻ oʻtkazib berilgandan soʻng Jamgʻarma Bosh bitimga muvofiq 2 bank ish kunida lizing tashkiloti yoki tijorat bankiga subsidiya ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Subsidiyani hisoblash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Subsidiya ushbu Nizom talablari asosida rasmiylashtirilgan lizing va kredit muddatidan kelib chiqib haqiqatda qoldiq qarz summasiga hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, toʻlov jadvali boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikka qayta subsidiya hisoblanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarz oluvchi lizing yoki kreditni uni muddati oʻtgandan soʻng qaytarganda ajratiladigan subsidiya tasdiqlangan toʻlov jadvalida qayd etilgan summadan oshmasligi lozim.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Qarz oluvchi shartnomaning toʻlov jadvaliga muvofiq oʻziga tegishli boʻlgan lizing yoki kredit foiz toʻlovlarini (subsidiya qilib beriladigan foizdan tashqari) toʻliq toʻlagan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Subsidiya lizing tashkiloti uchun har chorakda, tijorat banki uchun har oyda keyingi oyning 20-kunigacha taqdim etilgan buyurtmanomalar boʻyicha hisoblangan joriy foizlar miqdorida hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Jamgʻarma tomonidan lizing tashkiloti yoki tijorat banki hisobvaragʻiga qarz oluvchi uchun hisoblangan foiz toʻlovini qisman qoplash uchun oʻtkazib berilgan subsidiya ushbu qarz oluvchining hisoblangan foiz toʻlovlari uchun hisob-kitob qilinadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ajratilgan subsidiya qarz oluvchiga hisoblangan subsidiya miqdoridan koʻp boʻlgan taqdirda ortiqcha mablagʻlar 2 bank ish kunidan kechiktirmasdan Jamgʻarma hisobvaragʻiga qaytarib oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Lizing yoki kredit shartnomasining shartlari oʻzgargan taqdirda ilgari tasdiqlangan va hisoblangan subsidiya miqdori oshirilmaydi, subsidiya muddati uzaytirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Jamgʻarma tomonidan ajratilgan subsidiyadan maqsadli foydalanishni, toʻlovlarning va hisob-kitoblarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) lizing yoki kredit shartnomasi boʻyicha subsidiya maqsadsiz sarflanganligi aniqlanganda, qarz oluvchi tomonidan lizing yoki kredit asosiy qarzining tegishli qismi toʻlov jadvalida belgilangan sanadan boshlab 90 kun davomida toʻliq toʻlanmasa;
(25-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qarz oluvchi tomonidan lizing yoki kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qarz oluvchining subsidiya olishdan bosh tortganligi toʻgʻrisidagi murojaati mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) lizing yoki kredit shartnomasi toʻliq bekor qilinganda hamda qarz majburiyatlari boshqa shaxsga oʻtkazilganda;
(25-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) lizing yoki kredit shartnomasi boʻyicha subsidiya va shartnoma shartlari toʻliq bajarilganligi toʻgʻrisida lizing tashkiloti yoki tijorat banki murojaati asosida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Taraflar oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lizing yoki tijorat banki tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonasiga qishloq xoʻjalik texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ajratilgan lizing yoki kredit foizini qoplash uchun subsidiya ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Amalga oshiriladigan tadbirlar
Muddati
Masʼullar
I-bosqich
Qishloq xoʻjaligi korxonasi lizing tashkiloti yoki tijorat bankiga qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ariza taqdim etadi.
doimiy
Qishloq xoʻjaligi korxonasi
II-bosqich
Lizing tashkiloti yoki tijorat banki qishloq xoʻjaligi korxonasi tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun taqdim etilgan arizani koʻrib chiqadi.
3 bank ish kuni
Lizing tashkiloti yoki tijorat banki
III-bosqich
Lizing tashkiloti yoki tijorat banki tomonidan ijobiy xulosa qabul qilinganda qishloq xoʻjaligi korxonasiga qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun lizing yoki kredit ajratadi.
xulosa qabul qilingandan keyin 1 bank ish kuni
Liznng tashkiloti yoki tijorat banki
IV-bosqich
Lizing tashkiloti yoki tijorat banki qishloq xoʻjaligi korxonasiga qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ajratgan lizing yoki kredit foizini tegishli miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish yuzasidan Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga buyurtmanoma taqdim etadi.
Hisobot davridan keyingi oyning 20 sanasiga kadar
Lizing tashkiloti yoki tijorat banki
V-bosqich
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi lizing tashkiloti yoki tijorat bankining qishloq xoʻjaligi korxonasiga qishloq xoʻjaligi texnikasini liznng yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ajratgan lizing yoki kredit foizini tegishli miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratadi.
Bosh bitimda belgilangan muddatda
Jamgʻarma
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Belgilansinki, yangi zamonaviy gʻalla oʻrish kombayni va paxta terish mashinasini va ular bilan agregatlashtirilib ishlatiladigan traktorni (keyingi oʻrinlarda qishloq xoʻjalik texnikasi deb ataladi) qishloq xoʻjaligi korxonalari va ularga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda lizing oluvchilar deb ataladi) quyidagi lizing shartlarida yetkazib beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 20 foizi avans sifatida lizing oluvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 80 foizi lizing tashkilotlari tomonidan ularga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tomonidan qaytariladigan qarz asosida ajratiladigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Lizing tashkilotlariga quyidagi vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing oluvchilarning qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish yuzasidan berilgan buyurtmalarini umumlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylashtirilgan buyurtmalarga muvofiq yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun oʻz vaqtida avans toʻlash va uzil-kesil hisob-kitob qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing shartnomalarini tuzish, yangi qishloq xoʻjaligi texnikasini lizingga berish, lizing toʻlovlarini oʻz vaqtida undirilishini va Jamgʻarmaga toʻlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma bilan tuzilgan har bir qarz shartnomasi boʻyicha ajratilgan mablagʻlarning hisobini oʻz vaqtida yuritish va ularni hisoblangan foizlari bilan toʻlash.”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaga har yili, 1-oktabrdan boshlab va uning kelgusi yilga tushumlar va xarajatlari balansi tasdiqlangungacha boʻlgan davrda, zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarilishini taʼminlash uchun ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy dileriga avans berish uchun lizing tashkilotlari buyurtmanomalari boʻyicha mablagʻlar ajratishga ruxsat etilsin. Avans berish har oylik ulushlar bilan, oldi-sotdi shartnomasida koʻrsatilgan yetkazib berish muddatidan kechikmay, ushbu shartnomada kelgusi yilda yetkazib berish nazarda tutilgan hajmlar va yetkazib berish muddatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar va lizing tashkilotlari texnika qiymatining 80 foizi miqdorida avans toʻlovlarini olganidan soʻng lizing oluvchilarga qishloq xoʻjaligi texnikasining avans toʻlangan kundan boshlab 120 kun muddatda yetkazib berilishini taʼminlaydilar.”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“lizing muddatini fermer, dehqon xoʻjaliklari uchun 10 yil, qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlar uchun 7 yil etib belgilanishini nazarda tutadi.”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “Agrobank” ATB” va “Oʻzagrolizing” AJ” soʻzlari tegishlicha “tijorat banklari” va “lizing tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidagi “Nazorat-taftish bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat moliyaviy nazorati departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan yangi zamonaviy gʻalla oʻrish kombayni va paxta terish mashinasi va ular bilan agregatlashtirilib ishlatiladigan traktorni (keyingi oʻrinlarda qishloq xoʻjaligi texnikasi deb ataladi) lizing shartlarida yetkazib berishni tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligi uchun zarur qishloq xoʻjaligi texnikasini turlari boʻyicha shakllantirilgan maʼlumotni hisobot yilining 1-sentabriga qadar Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Taqdim etilgan maʼlumot asosida Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish uchun mablagʻlar manbalarini shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamgʻarma oʻzining veb-sahifasida kelgusi yil uchun qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga qarz mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisidagi maʼlumotni joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamgʻarmaning veb-sahifasiga joylashtirilgan maʼlumotlar asosida respublikada faoliyat yurituvchi barcha lizing tashkilotlari qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish boʻyicha dastlabki buyurtmanomalarni Jamgʻarmaning veb-sahifasiga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamgʻarma veb-sahifaga joylashtirilgan dastlabki buyurtmanomalar tahlili asosida lizing tashkilotlari bilan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishga qarz mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisida Bosh bitim tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lizing tashkilotlari qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilar yoki ularning rasmiy dilerlari bilan qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish, toʻlov tartibi va muddati koʻrsatilgan oldi-sotdi shartnomalari tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Lizing tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma bilan moliyaviy resurslar jalb etish uchun shartnoma tuzadi. Bunda lizing boʻyicha daromad foizi miqdori, shuningdek, lizing oluvchilar tomonidan toʻlanadigan lizing toʻlovlaridan ushlab qolinadigan lizing tashkiloti va bank xizmatlari uchun toʻlovlar miqdori kelishib olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari bilan moliyaviy agent funksiyalarini bajarish yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta tashkilotlari bilan sugʻurta qonunchiligiga muvofiq shartnomalar tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Lizing tashkilotlari lizing oluvchilar bilan qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berish shartnomalarini tuzadi. Har bir shartnomaga lizing toʻlovi jadvali ilova qilinadi. Bunda shartnomalar 3 nusxada tuziladi va bir nusxasi tijorat bankiga joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Lizing oluvchilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizingga olinadigan qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 20 foizini lizing tashkilotlariga toʻlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizingga olinadigan qishloq xoʻjaligi texnikasini oʻz mablagʻlari hisobiga sugʻurta tashkilotlarida sugʻurta qiladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing shartlarida rasmiylashtirilgan qishloq xoʻjaligi texnikasining qoplanmagan qiymatini hamda hisoblangan lizing foizini fermer, dehqon xoʻjaliklari 10 yil muddatgacha, qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilot va korxonalar 7 yil muddatgacha lizing tashkilotlariga toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Lizing tashkilotlari lizing oluvchilar toʻlagan avans mablagʻlaridan kelib chiqib qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 60 foizigacha avans toʻlovini toʻlashga pul mablagʻlarini ajratish uchun buyurtmanomalarni Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu buyurtmanomalar asosida Jamgʻarma pul mablagʻlarini kelgusi davr uchun lizing tashkilotining tijorat bankidagi Jamgʻarma bilan hisob-kitoblar (23216) hisobvaragʻiga (keyingi oʻrinlarda amaliyot hisobvaragʻi deb ataladi) oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Lizing tashkiloti shartnomada belgilangan muddatda yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining 80 foizi miqdorida ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularning rasmiy dilerlariga amaliyot hisobvaragʻidan avans mablagʻini toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Lizing tashkiloti tomonidan qishloq xoʻjaligi texnikasi lizingga rasmiylashtirilgandan keyin shartnoma shartlariga muvofiq lizing oluvchiga yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lizing tashkiloti qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing oluvchiga yetkazib berganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgandan keyin qishloq xoʻjaligi texnikasi qiymatining qolgan yakuniy 20 foizi miqdoridagi pul mablagʻlari Jamgʻarma tomonidan lizing tashkilotining amaliyot hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Har oyda, kechi bilan oyning 5-kuni, lizing tashkiloti hizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga oldingi oyda tuzilgan shartnomalar boʻyicha lizing toʻlovi jadvali nusxalarini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Lizing oluvchilar lizing shartnomalarida belgilangan muddatlarda va miqdorlarda lizing tashkilotlariga lizing toʻlovlari (asosiy qarz va foiz)ni toʻlaydilar. Toʻlangan mablagʻlar toʻliq miqdorda amaliyot hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Lizing tashkilotlari tuzilgan qarz shartnomalariga muvofiq jalb etilgan qarz mablagʻlar boʻyicha asosiy qarz va foizlarni shartnomada belgilangan muddatlarda Jamgʻarmaga toʻlanishini taʼminlaydi. Lizing boʻyicha foizlar Jamgʻarma, lizing tashkiloti va tijorat banki oʻrtasida tuziladigan Bosh bitimga muvofiq taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Lizing tashkiloti va tijorat banki Jamgʻarma mablagʻlarining harakati, mablagʻlardan foydalanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyning 5-kuniga, shuningdek, choraklik, yillik buxgalteriya hisobotlarini chorak tugagandan keyingi oyning 20-kuniga qadar Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Lizing oluvchilar tomonidan majburiyatlar bajarilmaganda lizing tashkiloti, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralarini koʻradi. Undirilgan pul mablagʻlari lizing tashkilotining amaliyot hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Lizing tashkiloti va unga hizmat koʻrsatuvchi tijorat banki va ularning hududiy filiallari rahbarlari, shuningdek, lizing oluvchilarning rahbarlari va bosh buxgalterlari Jamgʻarma mablagʻlarini maqsadga muvofiq ishlatilmaganligi, hisob-kitob qilish tartibi buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/578/3419-son; 16.01.2020-y., 09/20/25/0054-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 07/21/7/1058-son; 21.02.2022-y., 09/22/78/0151-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.07.2022-y., 07/22/335/0685-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)