11.07.2019 yildagi PF-5763-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, ilm-fanni rivojlantirish, o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘tgan davr mobaynida iqtisodiyotning real sektori va ijtimoiy soha ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hududlarda yangi, shu jumladan yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari tashkil etildi, zamonaviy o‘quv bosqichlari joriy etilib, talab yuqori bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mamlakatimizda jadal sur’atlar bilan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi islohotlar Vatanimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, yurt ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shuvchi malakali kadrlar tayyorlashni ustuvor vazifalardan biri etib belgilamoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish, sohada davlat boshqaruvi samaradorligini yanada oshirish, tizimdagi muassasalarning sifatli faoliyat yuritishini ta’minlash orqali yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida zamonaviy va mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, bilimli hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalarida kasbiy faoliyat yo‘nalishida zamonaviy bilim va malakaga ega, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda chet tillarini o‘zlashtirgan kadrlar tayyorlash sifatini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini o‘quv-pedagogik va ilmiy-uslubiy, shuningdek ularda mutaxassislar tayyorlash sifati, ta’lim mazmuni va darajasini davlat ta’lim standartlari hamda malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o‘qitish uslublaridan keng foydalanish asosida o‘quv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish hamda o‘qitishning ilg‘or shakllari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’limda ma’naviy-axloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro mustahkam integratsiyasini ta’minlash, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni jalb qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali va yuqori professional darajada bajarishga qodir rahbar va pedagog kadrlarni tanlash hamda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini bunday mutaxassislar bilan ta’minlash, tizimli rag‘batlantirish ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rahbar va pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimini tashkil etish, takomillashtirib borish, ularning kasbiy mahorati sifati va darajasini oshirish uchun sharoitlar yaratish, jumladan xorijiy davlatlarda malaka oshirish va stajirovka o‘tashni tashkil etish, o‘quv jarayonlariga xorijlik olimlar, o‘qituvchilar va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalar, o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning jahon ta’lim resurslari, ilmiy adabiyotlar elektron katalogi va ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ta’lim tizimini takomillashtirish, xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, hamkorlikdagi qo‘shma oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlarini amalga oshirish, ta’lim sohasida erishilgan yutuqlarni xalqaro miqyosda keng yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflaridan hamda xorijiy tajribadan kelib chiqib, shuningdek iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlarida mehnat bozorida talab etiladigan mutaxassislarni tayyorlash uchun o‘quv rejalari va dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tugatilsin hamda Markazning bo‘shayotgan shtat birliklari ushbu vazirlikka o‘tkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Markazning barcha huquq va majburiyatlari hamda shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining idoraviy bo‘ysunuviga o‘tkazilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi Metrologik nazorat xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari va ular tizimidagi kasb-hunar ta’lim muassasalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim hamda fan va innovatsiyalar bo‘yicha yagona davlat siyosatini, shuningdek, oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida bo‘ysunuviga ko‘ra vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘quv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlikni amalga oshirish yuzasidan vakolatli davlat organi etib belgilansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 1-avgustdan boshlab quyidagilarni amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra vazirlik boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlarini bir yarim baravar miqdorida qo‘llash hamda bu bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash;
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Vazirlik markaziy apparatining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik ish haqiga — 30 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik ish haqiga — 35 foiz ustamalar belgilash.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vazirlikning markaziy apparati xodimlari oylik lavozim maoshiga oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimida xizmat qilgan umumiy ish staji uchun 3 yildan 5 yilgacha — 10 foiz, 5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz, 10 yildan 20 yilgacha — 30 foiz, 20 yildan ortiq — 40 foiz oylik ustamalar to‘lash.
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Respublika oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qish uchun xorijiy fuqarolarni keng jalb qilish maqsadida shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari rektorlari (filiallar direktorlari), kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlariga bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy fuqarolarni o‘qitish uchun oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalarida alohida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari, kasblar va mutaxassisliklar ochish, ularni o‘qitish tili hamda akademik guruh shakllantirish uchun zarur talabalar (o‘quvchilar) sonini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunar ta’limi muassasalarida kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olish istagida bo‘lgan xorijiy fuqarolarni o‘qitish muddati, davomiyligi va ularni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Vazirlik bilan birgalikda ikki oy muddatda tugatilayotgan Markaz xodimlarini ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlik ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 11-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5763-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.07.2019-y., 06/19/5763/3410-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)