1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining faoliyatini kuchaytirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni hamda “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli taʼminlash, oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonini takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2019/2020 oʻquv yili qabulidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalarining test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bir xil boʻlgan uchtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tanlovda ishtirok etish huquqi berilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish test sinovlari iyul-avgust oylarida oʻtkazilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2020/2021 oʻquv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki boʻlimga ajratilib, birinchi boʻlimga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan — ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Oʻzbekiston tarixi, ikkinchi boʻlimga abituriyent tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fan kiritilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi xodimlarning umumiy cheklangan soni 186 nafardan iborat boʻlgan yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 9-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
572-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 186 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni davlat boshqaruv organlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normativlar asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi — sakkizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalarining uchtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomalariga ega boʻlganlar alohida ajratilgan kvotalar doirasida, tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, shartnoma boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari ular uchun alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib, yetarli ball toʻplagan taqdirda tanlangan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomalariga ega boʻlganlar va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, shartnoma boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari ular uchun alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib, oʻqishga tavsiya etilmagan taqdirda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtish jarayonida tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida umumiy tartibda toʻplagan ballari bilan tanlovda ishtirok etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 105-bandning uchinchi xatboshisidagi “mazkur taʼlim yoʻnalishida” soʻzlari “tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagi mazmundagi 106 va 107 -bandlar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“106. Terrorizm, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga (ikkinchi taʼlimdan tashqari) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga (ikkinchi taʼlimdan tashqari) oʻqishga kirish uchun davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalariga umumiy belgilangan qabul kvotalarining uch foizi miqdorida davlat granti asosidagi qoʻshimcha qabul kvotalari ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlarini ajratilgan uch foizli kvotalar doirasida oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasiga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi hamda oʻrinlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, abituriyent kirish imtihonlarining eng yuqori balidan kamida oʻttiz foizini toʻplagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajratilgan uch foizli davlat granti asosidagi qoʻshimcha qabul kvotalariga qabul qilinmagan abituriyentlar toʻplagan ballari bilan tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“12. Oliy taʼlim muassasalarida oʻqishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida oliy taʼlim muassasalarida qabul komissiyalari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda qabul komissiyasi raisi, uning oʻrinbosari va qabul komissiyasi kotiblari tayinlanadi. Bunda oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) lavozimi boʻyicha qabul komissiyasiga raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul komissiyalari aʼzolarining vazifalari qabul komissiyasi raisi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun abituriyentlar doimiy (vaqtincha) roʻyxatda turgan joyidan qatʼi nazar, istalgan oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarning asl nusxasini taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik pasporti yoki ichki ishlar boʻlimlari tomonidan berilgan 09-shakl boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, pasport seriyasi va raqami koʻrsatilgan maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport yoshiga yetmaganlar uchun tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovlari tashkil etilayotgan oʻquv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlar (nogironligi boʻlgan yoki toʻliq davlat taʼminotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etish uchun eng kam ish haqining yarim baravari miqdorida toʻlovni amalga oshirganligi toʻgʻrisida toʻlov varaqasi (kvitansiya).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyentdan qoʻshimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi shaxslar ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar toifasiga “Mehribonlik uylari”da yashab taʼlim olgan, 18 yoshga toʻlmagan, otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki sud qaroriga binoan vafot etgan deb eʼlon qilingan bolalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi abituriyent haqidagi zarur maʼlumotlarni Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritib abituriyentga asl hujjatlarni qaytaradi va QR-kod (matritsali shtrix kod) qoʻyilgan abituriyentning qayd varaqasini ikki nusxada chop etib, abituriyentga beradi. Abituriyent maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, qayd varaqasini oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi, bir nusxasini oʻzida olib qoladi va ikkinchi nusxasini oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga qaytarib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyalari tomonidan har yili 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham) boʻlgan muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizalar onlayn tarzda ham qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy qismlar qoʻmondonligi tavsiyanomalari ular berilgan kundan hamda muddatli harbiy xizmatni tugatgan davridan boshlab uch yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi (oliy taʼlim muassasasiga talabalikka qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi rasmiy buyruq boʻlsa, imtiyozdan takroran foydalanish mumkin emas).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlganda oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan muddatlar tugagandan soʻng hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish qatʼiyan man qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyent tomonidan taqdim etilgan (topshirilgan) hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent kirish imtihonlaridan (talabalikka qabul qilingan boʻlsa oliy taʼlim muassasasi talabalari safidan) chetlashtiriladi hamda bu haqda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari 20-iyulgacha boʻlgan muddatda Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga taʼlim yoʻnalishi, oʻquv shakli va tili koʻrsatilgan holda, abituriyentlarning soni haqida belgilangan shakldagi maʼlumotni imtiyozga ega boʻlganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan qoʻshib taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga mazkur bandning toʻrtinchi xatboshidagi hujjatlarni taqdim etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 13-bandning birinchi xatboshisidagi “imtihonlar” soʻzi “imtihonlar abituriyentlar belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtish jarayonida tanlagan birinchi oliy taʼlim muassasasi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“14. Test sinovlari kunduzgi va kechki (smenali) taʼlim shakllari uchun har yili iyul — avgust oylarida, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada oʻtkaziladi. Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlarini oʻtkazishning aniq muddatlari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyentning test sinovidan toʻplagan ballari haqidagi maʼlumot test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi test sinovlarini oʻtkazish jarayoni toʻliq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “abituriyentlar tegishli ravishda bir, ikki yoki uch” soʻzlari “abituriyentlar belgilangan tartibda tasdiqlangan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidagi “Matematika (informatika bilan)” soʻzlari “Matematika” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi birinchi-yettinchi xatboshlar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“25. Tanlov kirish imtihonlarining (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) fanlar majmuasi va undagi fanlar ketma-ketligining mosligi abituriyent belgilagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ketma-ketligi asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovlari natijalari boʻyicha tanlovlarni oʻtkazishning umumiy tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyentning toʻplagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu oliy taʼlim muassasasi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilinadi va unga tanlagan ikkinchi va uchinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyentning toʻplagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlmay, u tanlagan ikkinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu ikkinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilinadi. Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyentning toʻplagan ballari u tanlagan birinchi va ikkinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlmay, u tanlagan uchinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlgan taqdirda, uning test sinovi natijalari faqat uchinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyentning toʻplagan ballari u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishga yetarli boʻlmagan taqdirda, uning test sinovi natijalari birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitta yoki ikkita bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tanlagan abituriyent, oʻzi tanlagan taʼlim yoʻnalishida tanlovda ishtirok etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 20-fevraldagi 130-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 5-bandga “tushumlari (5 foizgacha miqdorda)” soʻzlaridan keyin “, abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan yigʻim” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “4 ta, shu jumladan, 2 ta biriktirilgan,” soʻzlari “5 ta, shu jumladan, 3 ta biriktirilgan,” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“19. Davlat test markazi direktorining ikki nafar oʻrinbosari boʻladi va ular Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat test markazi direktorining ikki nafar oʻrinbosari maqomiga koʻra vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-banddagi “direktor oʻrinbosari” soʻzlari “direktorning oʻrinbosarlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“abituriyent — belgilangan tartibda oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun roʻyxatdan oʻtgan va Davlat test markazining ruxsatnomasiga ega boʻlgan, test sinovi qoidalariga qatʼi amal qilgan holda belgilangan guruhda test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgor”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “, maxsus sirtqi” soʻzlari chiqarib tashlansin, “1-avgustdan 15-avgustgacha boʻlgan muddatda” soʻzlari “iyul — avgust oylarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 7-bandga quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazishning muddati yakunlanganidan soʻng, ikki hafta muddatda abituriyent ruxsatnomasini qabul komissiyasidan yoki Davlat test markazining rasmiy veb-saytidan oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyent ruxsatnomasida koʻrsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyent uchun ushbu sana va vaqt qatʼiy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni hamda test sinovlarini oʻtkazishning aniq muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Abituriyent oʻzi tanlagan hududda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga) har 30 ta test topshirigʻiga 1 soat vaqt belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Abituriyentlarning toʻplagan ballari haqidagi maʼlumot test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga, tanlov asosida talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan test sinovlari natijalari test sinovlari toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi hamda oliy taʼlim muassasalariga yetkaziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tegishli joylar shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya va barmoq izlarini tekshiruvchi vositalar) videokuzatuv, mobil aloqa toʻlqinini toʻsuvchi qurilmalar bilan taʼminlanadi hamda vazirlik oʻtkazilgan test sinovlari jarayoni boʻyicha video yozuvlarni saqlaydi va ularni test sinovlari oʻtkazilgan kunning ertasiga Davlat test markaziga topshiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 18-banddagi “tariqasida,” soʻzidan keyin “bino elektron soat, ovoz kuchaytirish vositalari,” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“har yili 15-iyundan 15-iyulgacha abituriyentlarni oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun roʻyxatdan oʻtkazish va abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida abituriyentning qayd varaqasi hamda eslatmani berish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar haqidagi maʼlumotlarni shu kunning oʻzida Davlat test markazining maxsus dasturi hamda qayd daftarlariga kiritish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“taʼlim yoʻnalishlari, oʻqitish tili va taʼlim shakli boʻyicha oliy taʼlim muassasasiga roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni, shu jumladan, fan olimpiadalari gʻoliblari, harbiy va boshqa imtiyozga ega boʻlgan hamda toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi abituriyentlar haqidagi maʼlumotlarni abitiuriyentlar va ota-onalar eʼtibori uchun har kuni eʼlon qilib borish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“25. Qabul komissiyasi har yili 16-iyul kuni xalqaro va respublika fan olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari hamda shu kabi test sinovlarisiz oʻqishga kirish imtiyoziga ega boʻlgan abituriyentlar haqida qabul komissiyasining raisi va masʼul kotibi tomonidan imzolangan maʼlumotlarni Davlat test markaziga taqdim etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“belgilangan tartibda abituriyentlar haqida tushgan maʼlumotlar asosida guruhlarni shakllantirish va ularning binolar boʻyicha oʻtirish oʻrinlarini belgilash hamda test sinovlari va tanlovni tashkil etish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshidan “taʼlim yoʻnalishlari kesimida” va “mazkur Nizomga 5-ilovada keltirilgan 2-shaklga muvofiq” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) 29-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“test sinovi boʻlib oʻtadigan binolarni zaxira energiya manbai bilan taʼminlash”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“31. Test sinovlari oʻtkaziladigan hududga yoki binoga kirish joylarida tashkil etilgan nazorat xizmati postlarida xizmat olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari tomonidan tekshiruv vaqtida abituriyent va guruh nazoratchilarida mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar mavjudligi, shuningdek, barmoq izlari va fotosurati tekshirilgan vaqtda shaxsi tasdiqlanmaganligi aniqlangan taqdirda, bu haqida Davlat test markazining vakilini xabardor qilinib, ularni test sinovlariga kiritmaslik toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“test sinovlari uchun belgilangan vaqt tugagandan soʻng 20 daqiqa ichida javoblar varaqasi paketi, test topshiriqlari kitobi qutisi guruhlarda muhrlanishini nazorat qilish hamda guruh nazoratchilaridan muhrlangan javoblar varaqasi paketi va test materiallari qutilarini qabul qilib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxati solingan va muhrlangan paketni, test materiallari hamda bino boʻyicha toʻplangan javob varaqalari paketlari solingan va muhrlangan qutilarni Davlat test markazi vakiliga (Davlat feldyegerlik xizmatiga) topshirish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“abituriyentlarga test topshiriqlari kitobi va mazkur Nizomga 11-ilovada namuna sifatida keltirilgan javoblar varaqalarini tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasining nuqsonsizligini tekshirib chiqish hamda ularning tegishli boʻlimlarini rasmiylashtirish boʻyicha abituriyentlarga koʻrsatma berish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“guruhda ortiqcha test topshiriqlari kitobi boʻlmasa, bino rahbaridan zaxiradagi shu taʼlim yoʻnalishi va tiliga mos boʻlgan test topshiriqlari kitobini berishni soʻraydi. Bu jarayonni dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidagi “joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qoʻyish;” soʻzlari “joylarni rasmiylashtirish;” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
t) 52-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“53. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar 21-avgustdan 30-avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq) boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasiga mazkur Nizomga 13-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) 57-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Abituriyent murojaat qilganda unga apellyatsiya shikoyati boʻyicha qabul qilingan qarordan koʻchirma beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) Nizomga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini tashkil etish SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqich
Talablar
Masʼullar
Bajarish muddati
I bosqich
Abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish uchun roʻyxatdan oʻtkazish.
Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari yoki Davlat xizmatlari markazlari
har yili
15-iyundan
15-iyulgacha
II bosqich
Xalqaro va respublika fan olimpiadalari, tanlov va musobaqalar gʻoliblari va shu kabi test sinovlarisiz oʻqishga kirish imtiyoziga ega boʻlgan abituriyentlar haqidagi maʼlumotni qabul komissiyasining raisi va masʼul kotibi tomonidan imzolangan holda Davlat test markaziga taqdim etadi.
Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari
har yili
16-iyulda
III bosqich
Test sinovlari oʻtkaziladigan binolarni test sinovlariga tayyor holatga keltiradi hamda bu haqda Davlat test maʼlumot xabar beradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari
har yili
16-iyulda
IV bosqich
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalarini maxsus dastur orqali bazaga kiritadi, rasmiylashtiradi va Davlat test markaziga taqdim etadi.
Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari
har yili
22-iyulda
V bosqich
Murojaat etgan abituriyentlarga ruxsatnomasini chop etib, taqdim etadi.
Oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari
har yili
24-iyuldan
VI bosqich
1. Test sinovlari oʻtkaziladigan kuni abituriyentlarni belgilangan tartibda binoga kiritilishini taʼminlaydi.
2. Test sinovlarini belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Davlat test markazi, Ichki ishlar vazirligi, oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalari
har yili
iyul-avgust
VII bosqich
Test sinovlari boʻyicha abituriyentlarning toʻplagan umumiy ballarini DTMning rasmiy dtm.uz saytida eʼlon qiladi.
Davlat test markazi
test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga
VIII bosqich
Tanlov natijalarini eʼlon qiladi
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi, Davlat test markazi
test sinovlari toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta ichida
IX bosqich
Abituriyentlarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqadi va uning natijalarini eʼlon qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi, Davlat test markazi
har yili
21-avgust — 30-sentabr
”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ch) Nizomga 11-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Javoblar varaqasi namunasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son; 17.09.2020-y., 09/20/562/1294-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)