09.07.2019 yildagi 573-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.07.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filialini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatida kimyo sanoati va qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya qilish, mahsulot yetishtirish salohiyatini yanada oshirish va iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzkimyosanoat” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Sirdaryo viloyati hokimligining Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filialini (keyingi oʻrinlarda Filial deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Filial Toshkent kimyo-texnologiya institutining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda kimyo sanoati va qishloq xoʻjaligi sohasining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika hamda texnologik tendensiyalarni hisobga olgan holda ehtiyoj yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha amaliy koʻnikmalarni egallagan malakali kadrlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyoviy texnologiyalar sohasining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, korxonalarning muammolarini hal etishga qaratilgan innovatsion tadqiqotlarni faol rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalarida respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish va ilgʻor xalqaro tajribani tatbiq qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vebinar taʼlim usullarini joriy etish va rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019/2020 oʻquv yilida Filialga davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining qaroriga asosan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Filialga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialining Vasiylik kengashi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha Filial faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashuvchi jamoatchilik organi etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialni texnik rivojlantirish va uning samarali faoliyatini taʼminlash uchun moliyaviy yordamni tashkil etish, budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar soha tashkilotlari obyektlarida talabalarning amaliyotini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalari va tashkilotlardan tayinlangan malakaviy amaliyot rahbarlarini Filialning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish hamda iqtidorli talabalarning rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi taʼlim muassasalarida amaliyotini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyo, kimyoviy texnologiyalar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohalarida Filialni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi yangi usullar, dasturlar va istiqbolli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga ilmiy ishlanmalar natijalarini samarali joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial professor-oʻqituvchilari va yosh olimlarining Scopus va Web of science kabi maʼlumotlar bazasiga kirgan xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish borasidagi sarf-xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, oʻquv-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilishidan kelib chiqqan holda moddiy ragʻbatlantirib borishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialda oʻquv jarayonini tashkil etish uchun malakali professor-oʻqituvchilarni, jumladan, xorijdan oʻqituvchilar, olimlar va mutaxassislarni jalb etish hamda yosh olimlar, tayanch doktorantlarning xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlarga stajirovkaga yuborilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial pedagog va boshqa xodimlarining mehnat sharoitlarini hamda ularning ijtimoiy taʼminotini yaxshilash va qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial binolarining qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy mablagʻlar yoʻnaltirilishini, zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, kutubxona fondi bilan jihozlanishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialning tuzilmasini oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialni tanlov asosida yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialda oʻquv-metodik jarayon tashkil etilishini taʼminlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni oʻquv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial axborot-resurs markazini tayanch oliy taʼlim muassasasi tomonidan qoʻshimcha oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialni malakali pedagog kadrlar va xodimlar bilan taʼminlashda Guliston davlat universiteti hamda Jizzax politexnika instituti zaxira kadrlarini nazarda tutish hamda ushbu oliy taʼlim muassasalari bilan Filialning har tomonlama manfaatli oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Filialni saqlash xarajatlari 2019-yilda “Maorif” sohasi boʻyicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2020-yildan boshlab esa mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Filialning boshlangʻich faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilgan kundan boshlab zarur saqlash xarajatlari, shu jumladan, maʼmuriy boshqaruv, texnik va oʻquv yordamchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
unga ajratilgan bino va inshootlarni joriy taʼmirlash va jihozlash (mebel, kompyuter texnikasi, oʻquv adabiyotlari va boshqa moddiy-texnika vositalarini xarid qilish) ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sirdaryo viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Yangiyer shahri, Tinchlik koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan Yangiyer qurilish va kommunal xoʻjalik kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini Filialga operativ boshqarish huquqi asosida berish toʻgʻrisidagi taklifi maqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Yangiyer qurilish va kommunal xoʻjalik kasb-hunar kollejining oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar Filial binolarida oʻquv jarayonini davom ettiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Filialga 2 ta, shu jumladan, 1 ta xizmat va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlashga limit ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sirdaryo viloyati hokimligi respublika oliy taʼlim muassasalaridan Filialga faoliyat yuritish uchun taklif etilgan professor-oʻqituvchilarni uy-joy bilan, shu jumladan, 2 ta ikki xonali xizmat uyi bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sirdaryo viloyati hokimligi va “Oʻzkimyosanoat” AJ 2019/2020 oʻquv yili boshlanguniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialda manfaatli, sohaning innovatsion rivojlanishdagi istiqbollarini hisobga olgan holda oʻquv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish, uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish, zamonaviy oʻquv adabiyotlari, laboratoriya va ishlab chiqarish trenajyorlari bilan taʼminlash choralarini koʻrsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialning moddiy-texnika va ilmiy-laboratoriya bazasini mustahkamlash, ilmiy ishlanmalarni joriy etish, ilmiy-pedagog xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va malakasini oshirishda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-yanvardagi 24-son qarorining 3-bandiga, “Xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalaridagi innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 12-martdagi 195-son qaroriga binoan innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Filialni yuqori malakali, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Filial uchun ilmiy-tadqiqot institutlari va respublikaning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida tayanch doktoranturaga 2020-yildan maqsadli kvotalar ajratilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Filialni yuqori malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash maqsadida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Filial uchun respublikaning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida tegishli magistratura mutaxassisliklari boʻyicha maqsadli qabul parametrlariga takliflarni 2019-yil 1-noyabrga qadar shakllantirsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Oʻzkimyosanoat” AJ, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarning amaliy koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida soha mutaxassislarini dars jarayonlariga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalar tanishuv va malakaviy amaliyotlarni respublikadagi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzqurilishmateriallari” assotsiatsiyasi va oziq-ovqat sanoati korxonalarida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-oʻqituvchilar va talabalarning ilmiy-tadqiqot institutlari va yetakchi tashkilotlarning laboratoriyalaridan foydalanishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga binoan 2022 va kelgusi yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Filialning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlash loyihalari ushbu dasturlarga belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov hamda Sirdaryo viloyati hokimi G.G. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 9-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
573-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 573-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialining Vasiylik kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

G. Mirzayev

Sirdaryo viloyati hokimi, Vasiylik kengashi raisi

2.

U. Begimkulov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari

3.

Sh. Mutalov

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori

4.

O. Temirov

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi

5.

Zelvio Kzompero

“Margraf” xolding kompaniyasi rahbari

6.

L. Raimov

“Xovosdonmahsulotlari” AJ raisi

7.

Sh. Xoʻjabekov

“Oqoltindonmahsulotlari” AJ raisi

8.

B. Zuparov

“Guliston ekstrakt yog'” AJ bosh direktori

9.

lavozimi boʻyicha

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali direktori, Vasiylik kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/573/3407-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)