05.07.2019 yildagi 561-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyatida joylashgan ishlab chiqarish obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish obyektlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni jalb qilgan holda ular negizida yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishni tashkil etish, hududning ishlab chiqarish eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Namangan sharbati” MChJ QK tomonidan aralash toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish maqsadida umumiy maydoni 30,4 ga boʻlgan yer maydoni (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi TIF Milliybank (keyingi oʻrinlarda Oʻzmilliybank deb ataladi) bilan 2018-yil 5-iyulda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan 7 yilga boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlarida bir qancha yirik loyihalar amalga oshirilayotganligi sababli yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar tufayli “Namangan sharbati” MChJ QK taʼsischilari ushbu loyihani amalga oshirishni toʻxtatganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gabon Textile” MChJ tomonidan ushbu obyekt negizida yillik quvvati 84,0 mln.p.m. boʻyalgan mato, 1,8 ming tonna tayyor boʻyalgan trikotaj mato va 2,2 ming tonna boʻyalgan momiq mato ishlab chiqarish loyihasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) 2023-yilgacha bosqichma-bosqich amalga oshirishga qiziqish bildirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Namangan viloyati hokimligi, Oʻzmilliybank va “Namangan sharbati” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korxonasining obyektni “Gabon Textile” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga “Namangan sharbati” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korxonasiga berilgan huquq va majburiyatlar asosida berish boʻyicha takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, obyekt “Gabon Textile” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga yuqoridagi shartnomaga koʻra sotib olish shartlarini saqlab qolgan holda 30 mln.dollar ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda investitsiya majburiyatlari evaziga hamda investitsiya majburiyatlarini yangi muddatini belgilagan holda 4 yildan koʻp boʻlmagan muddatga berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Gabon Textile” masʼuliyati cheklangan jamiyati “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi hamda Oʻzmilliybank bilan birgalikda uch oy muddatda oʻrnatilgan tartibda loyiha texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqsin, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Ilmiy-texnik kengashi tomonidan ekspertizadan oʻtkazilishi va tasdiqlanishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Quchqorov, Oʻzmilliybank boshqaruv raisi A.K. Mirsoatov va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Xaydarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 5-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
561-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 09/19/561/3386-son)