30.06.2019 yildagi 545-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Sirdaryo viloyatida Biznes-akselerator oʻquv-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarda muhandislik koʻnikmalarini shakllantirish va innovatsion faoliyatga boʻlgan qiziqishni uygʻotish, ularni ish bilan taʼminlash, shuningdek, hududning ijtimoiy holatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Sirdaryo viloyati hokimligining Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi muassisligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “Biznes-akselerator oʻquv-amaliy markazi”ni (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish hamda taʼlim jarayoniga zamonaviy axborot va innovatsion-pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish orqali zamonaviy axborot va innovatsion texnologiyalar boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ularda mustaqil tadqiqotchilik va tadbirkorlik faoliyati koʻnikmalarini shakllantirish va uni rivojlantirish, shuningdek, innovatsion ishlanmalarni ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarda biznes gʻoyalarini shakllantirish, uni amalga oshirish va yuritish qoidalarini oʻrgatish, samarali biznes rejalarni ishlab chiqish koʻnikmalarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlarini tashkil etishga koʻmaklashish, ularga marketing bilimlarini oʻrgatish hamda kichik tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda venchur fondlarini jalb qilishda amaliy yordam berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh tadbirkorlarga oʻz biznesini samarali yoʻlga qoʻyish orqali qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv kurslarini tamomlagan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun investorlarni jalb qilishga koʻmaklashish, ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarida ixtirochilik va novatorlik gʻoyalarini shakllantirish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish uzluksizligini taʼminlash maqsadida ilmiy, ilmiy-tadqiqot, taʼlim va ishlab chiqarish tashkilotlarini oʻzaro integratsiyasiga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Markazni joylashtirish va faoliyatini tashkil etish uchun Sirdaryo viloyati, Sirdaryo shahri, Oʻzbekiston koʻchasi, 86-uy manzilida joylashgan Sirdaryo pedagogika kollejiga qarashli boʻlgan 1 va 2-son talabalar yotoqxonasi binolarini Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markaziga operativ boshqaruv huquqi asosida bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya va boshqa institutlar kreditlari, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning xoʻjalik faoliyatidan tushadigan daromadlarini hisobga olgan holda Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining budjetdan tashqari mablagʻlari.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ikki hafta muddatda Markazning bino va inshootlarini qurilish va qayta taʼmirlash boʻyicha asoslangan hisob-kitoblarni Sirdaryo viloyati hokimligiga tegishli ishlarni tashkil qilish uchun taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markazning bino va inshootlarini qurilish va qayta taʼmirlashda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyati hokimligining qurilish boʻyicha Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi — buyurtmachi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mubina SA Nargiza” MChJ — pudratchi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, Markaz bino va inshootlarini qurilish, qayta taʼmirlash va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazining budjetdan tashqari mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni zarur moddiy-texnika bazasi bilan, shuningdek, maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun bolalar innovatsion texnoparkini zarur jihozlar va robototexnika toʻplamlari bilan taʼminlash xarajatlari Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markaziga bitta yengil xizmat avtomashinasi uchun limit ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Markaz ustavini bir oy muddatda belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 30-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
545-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/545/3361-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)