Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish), yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) va xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalari berish (amal qilish muddatini uzaytirish) uchun tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 1-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1398-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2019-yil 25-martdagi 244-son “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2004-yil 4-avgustdagi 81-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish), yuridik shaxslarga xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnomalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) va xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalari berish (amal qilish muddatini uzaytirish) uchun tariflarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1398, 2004-yil 16-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004y., 33-son, 377-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-iyun,
27-2019-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
2019-yil 24-iyun
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2019-y., 10/19/1398-1/3351-son)