24.06.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 783-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 24.06.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 783-1
Kuchga kirish sanasi
24.06.2019
Hujjat 24.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 24-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 783-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 21-iyundagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasiga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan beriladigan qarz mablagʻlarini berish, foydalanish va qaytarish tartibini (roʻyxat raqami 783, 1999-yil 30-iyul) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 28-maydagi RG-1-7/6-2248-3-son, Markaziy bankining 2019-yil 31-maydagi 17-20/278-son, Moliya vazirligining 2019-yil 21-maydagi OI/13-05-485-son va “Asaka” aksiyadorlik tijorat bankining 2019-yil 1-iyundagi 19-12/3477-son xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki va Ixtisoslashgan “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan 1999-yil 6-maydagi 12-02-1/210-son, 16-iyuldagi 55-son, 9-iyundagi 308/1961-son va 14-maydagi 21-04/2248-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasiga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan beriladigan qarz mablagʻlarini berish, foydalanish va qaytarish tartibi (roʻyxat raqami 783, 1999-yil 30-iyul) davlat reyestridan chiqarilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. DAVLETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 24-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
269-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-y., 10/19/783-1/3324-son)