Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 24-iyunda roʻyxatidan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1389-1]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 21-iyundagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
1. “2004-yilda ammiakli selitradan tashqari, mineral oʻgʻitlarni birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (roʻyxat raqami 1389, 2004-yil 21-iyul) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 28-maydagi RG-1-7/6-2248-2-son, Moliya vazirligining 2019-yil 13-iyundagi TI/19-02-32-24/994-son, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil 4-iyundagi 1744/03-19-son, Oʻzbekiston Respublika tovar xom ashyo birjasining 2019-yil 31-maydagi 03-10/1589-son, “Oʻzkimyosanoat” AJning 2019-yil 1-iyundagi 11-3224-son, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2019-yil 30-maydagi 141/04-22-son xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” DAK, Oʻzbekiston Respublika tovar xom ashyo birjasining 2004-yil 30-iyundagi 37-son, 01/24-36-son, 91-son, 01-2003-son, 42-01/393-son “2004-yilda ammiakli selitradan tashqari, mineral oʻgʻitlarni birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1389, 2004-yil 21-iyul) davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-iyun,
271-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-y., 10/19/1389-1/3322-son)