20.06.2019 yildagi 518-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 30-noyabrdagi PQ-4041-son qaroriga muvofiq Toshkent shahrida Adju universitetining faoliyatini samarali tashkil etish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Adju universiteti (Koreya Respublikasi) o‘rtasida Adju universiteti ta’lim dasturlarini joriy etish to‘g‘risida Kelishuv imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etishda Adju universitetiga (Koreya Respublikasi) dastlabki maslahat ishlarini bajarish uchun to‘lovni amalga oshirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga 2,1 mln AQSh dollariga teng miqdorda konvertatsiya xarajatlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha mablag‘ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Adju universitetiga (Koreya Respublikasi) o‘tkazib beriladigan 2,1 mln AQSh dollariga teng miqdordagi mablag‘ soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Adju universiteti (Koreya Respublikasi) bilan imzolangan ta’lim dasturlarini joriy etish to‘g‘risidagi Kelishuvga muvofiq Adju universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan taqdim etiladigan xarajatlar rejasiga asosan to‘lovni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Asalobod ko‘chasi, 113-uyda joylashgan Yashnobod temir yo‘l kasb-hunar kolleji hamda Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Asalobod ko‘chasi, 113 A-uyda joylashgan Yashnobod qurilish kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tegishli hududlari bilan birgalikda (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga operativ boshqarish huquqi asosida berilsin, keyinchalik ushbu joyda Toshkent shahridagi Adju universiteti belgilangan tartibda tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, Yashnobod temir yo‘l kasb-hunar kolleji hamda Yashnobod qurilish kasb-hunar kollejining o‘quvchilari o‘qishini bitirishlariga kadar tegishlicha yuqorida ko‘rsatilgan obyektda o‘quv jarayonini davom ettiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Obyektni rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash ishlari bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istisno tariqasida, tender savdolarini o‘tkazmasdan, eng maqbul takliflar tanlovi asosida tanlab olinadigan tashkilotlar bosh loyihachi hamda bosh pudratchi (yetarlicha mashina va mexanizmlar bilan ta’minlangan, soha bo‘yicha zarur ko‘ruvchi-muhandislarga va obyektlar qurilishida katta tajribaga ega bo‘lgan, moliyaviy barqaror tashkilotlar orasidan) etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini boshlash uchun mablag‘larni 2019-yil Investitsiya dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qo‘yilma mablag‘larini qayta taqsimlash hisobidan yo‘naltirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq obyektni rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash loyihalari ushbu dasturlarga belgilangan tartibda kiritilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Yashnobod temir yo‘l kasb-hunar kolleji hamda Yashnobod qurilish kasb-hunar kollejining ishdan bo‘shayotgan xodimlarini ishga joylashtirish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 20-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
518-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2019-y., 09/19/518/3319-son)