14.06.2019 yildagi 499-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida kinoturizmni jadal rivojlantirish va mamlakat kino jozibadorligini keng targʻib qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-iyuldagi PQ-3880-son qarori ijrosini taʼminlash, kinoturizmni jadal rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kinoturizmni rivojlantirish, xorijiy kinokompaniyalarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida kino mahsulotlarini tasvirga olish ishlarida tashkiliy, ishlab chiqarish, texnik va texnologik xizmatlar koʻrsatish, mamlakatimiz kinoindustriyasini xorijda targʻib qilishda “Oʻzbekkino” Milliy agentligining masʼuliyati kuchaytirilsin va bu boradagi ishlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan yaqindan hamkorlik qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston kinematografiyasini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro kinofestivallarda mamlakat kinolokatsiyasini keng targʻib qilish hamda mamlakatimizda bunday kinofestivallarni tashkil etish, xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro kino kunlarini muntazam oʻtkazib borish yuzasidan zarur choralar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy tajribani atroflicha oʻrgangan holda, xorijiy kinokompaniyalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida kino mahsulotlarini tasvirga olishi uchun ularga imtiyozlar va preferensiyalar, davlat tomonidan ragʻbatlantirishning samarali mexanizmlarini joriy etish boʻyicha bir oy muddatda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbek kinosi kunlarini xorijda tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy kinokompaniyalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida kino mahsulotlarini tasvirga olishda davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarida toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va videotasvirga olish ishlarini amalga oshirish alohida kelishishni talab etgan hollarda “Oʻzbekkino” Milliy agentligining murojaati kelib tushgan kundan boshlab uch kun muddatdan kechiktirmasdan hal etilishida amaliy yordam koʻrsatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy kinokompaniyalarni mamlakat hududida filmlarni kino va videotasvirga olish ishlariga keng jalb etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan targʻibot ishlari yuritilishini tashkil etsin, shuningdek, mamlakatimiz kinolokatsiyasini ommalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasini xalqaro kinofestivallar va kinokoʻrgazmalarda ishtirok etishini taʼminlash choralarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi xorijiy kinokompaniyalarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va videotasvirga olish ishlarida tashkiliy, ishlab chiqarish hamda yuqori professional texnik va texnologik xizmatlar koʻrsatuvchi mahalliy tashkilotlar va kinoijodkorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, filmlarni kino va videotasvirga olish uchun zarur boʻladigan kinotexnika uskunalari, rekvizitlar va boshqa materiallar va jihozlar hamda ularning ijara toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi xorijiy kinofestivallar va kinokoʻrgazmalarda oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarda ishtiroki doirasida respublikaning turizm salohiyatini namoyish etadigan zarur reklama-axborot materiallari bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro kinofestivallar va kinokoʻrgazmalarda Oʻzbekiston Respublikasi kino turizmi jozibadorligini targʻib qilishga bagʻishlangan tadbirlarni tashkil etishda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bilan hamkorlik qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi xorijiy kinokompaniyalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va videotasvirga olish ishlari uchun vaqtincha olib kiriladigan kinotexnika uskunalari, rekvizitlar va jihozlarni belgilangan tartibda tezkorlik bilan bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Ipak yoʻli” aksiyadorlik innovatsion tijorat banki tomonidan “Oʻzbekkino” Milliy agentligining har bir kinoloyiha boʻyicha xorijiy kinokompaniyalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va videotasvirga olish ishlari uchun kiritadigan valyuta mablagʻlari uchun alohida bank hisobvaraqlarini ochish, shuningdek, ushbu mablagʻlarni milliy valyutaga ayirboshlash boʻyicha imtiyozli xizmatlar koʻrsatishi inobatga olinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori F.Sh. Zokirov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 14-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
499-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2019-y., 09/19/499/3301-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)