Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
1. 2018-yil 2-noyabr kuni Ostona shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining hukumat rahbarlari Kengashi yigʻilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining chegaralari hududida oʻrmon kasalliklari va zararkunandalarini profilaktika qilish va bartaraf etish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi ushbu xalqaro shartnoma bajarilishiga masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi va ushbu xalqaro shartnomaning bajarilishiga masʼul boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-may,
PQ-4338-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2019-y., 07/19/4338/3300-son)