Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.07.2020 13.06.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2804-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 13.06.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2804-2
Kuchga kirish sanasi
13.06.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.07.2020
Hujjat 13.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 13-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2804-2]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 16-iyundagi 199-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqidagi buyrugʻi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2804-3, 17.07.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2016-yil 16-may 79-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2804, 2016-yil 28-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 26-son, 321-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir P. BOBOJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 4-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
№ 121-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
2019-yil 4-maydagi 121-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Fuqaroni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida hisobga olish fuqaroni doimiy yashash joyidan propiskadan chiqarmasdan besh kundan bir yil muddatga amalga oshiriladi hamda bu Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy sotib olish uchun asos hisoblanmaydi. Doimiy propiskadan oʻtmaganlik turgan joyi boʻyicha hisobga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan fuqarolar kelgan kunidan boshlab besh kun muddatda oʻzi vaqtincha turgan joydagi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (boʻlimining) (bundan buyon matnda TShIIB deb yuritiladi) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (boʻlinmasiga) (bundan buyon matnda MvaFRB deb yuritiladi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining shaxsiy guvohnomasi (kazarmalar, korabllar va kemalardan tashqarida yashaydigan harbiy xizmatchilar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va 35x45 mm oʻlchamdagi ikki dona rasm — 16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) turar joy maydoni berishi toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy hujjatlarining asl nusxasi (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olinganlik uchun davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya (qariyalar va nogironlarning internat-uylarida yashovchi qariyalar va nogironlar, shuningdek maktab-internatlar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan va yotoqxonalarda yashovchi oʻquvchilaridan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan mavsumiy ish bilan shugʻullanishga (qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar uchun mavsumiy ish haqida shartnoma yoki mavsumiy ish beruvchining arizasi boʻlsa ushbu bandning oltinchi va yettinchi xatboshidagi hujjatlar talab etilmaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida koʻrsatilgan tegishli hujjatlar toʻliq taqdim etilgandan keyin TShIIB MvaFRB inspektori fuqaroning arizasini mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Fuqarolarning turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobida roʻyxatdan oʻtkazadi, ularni oʻrganib chiqadi hamda oʻsha kunning oʻzida ariza beruvchiga Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8 va 9-ilovalariga muvofiq Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyida hisobga olish toʻgʻrisida fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatga qayd varagʻi (bundan buyon matnda qayd varagʻi deb yuritiladi) yoki BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varagʻini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd varagʻi qatʼiy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi. Qayd varagʻi hamda BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varagʻi fuqaroning turgan joyida hisobga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda unda koʻrsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir).”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 9-banddagi “turar joy maydoni bergan uy-joy mulkdori (mulkdorlari)” degan soʻzlar “ijaraga olingan uy-joyda birgalikda yashaydigan voyaga yetgan shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 13-banddagi “oʻqish davriga (taʼlim davomiyligini nazarda tutuvchi muddatga)” degan soʻzlar “turar joyi (uy-joy maydoni) boʻyicha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 16-bandning birinchi xatboshisidan “va qayd varagʻi olib qoʻyilishini taʼminlaydi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 23 va 24-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“23. Hisobga olishni qayta rasmiylashtirish mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olish joyi boʻyicha turgan vaqtida muntazam ravishda huquqbuzarliklar sodir etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bundan buyon boʻlishi jamoat tartibi buzilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Yoʻriqnomaning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi hisobga olishni rasmiylashtirishni rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Fuqarolarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobda turishi rad etilgan taqdirda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi inspektori tomonidan xulosa tuziladi, ushbu xulosa migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi, unda rad etishning aniq asoslari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobda turishi rad etilgan taqdirda, ularga rad etishning aniq asoslarini keltirgan holda bir sutka mobaynida xabar qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobda turishni rasmiylashtirishning rad etilishi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilish mumkin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 26 va 27-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“26. MvaFRB inspektori ariza beruvchiga qayd varagʻi bergandan keyin hisobga qoʻyilgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni MvaFRBBning kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MvaFRB inspektori fuqaroning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hisobga olinganligi toʻgʻrisidagi kelish varaqasini mazkur Yoʻriqnomaning 10-ilovasiga muvofiq shaklda toʻldiradi va bir sutka mobaynida ularni Toshkent shahar IIBB va Toshkent viloyati IIBning manzil — maʼlumotnomalar byurosiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shunga oʻxshash boshqa tashkilotlarning masʼul shaxslari 12 soat mobaynida ushbu tashkilotlarga kelgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni Internet tarmogʻi orqali ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dasturga kiritib qoʻyadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MvaFRB fuqarolarni hisobga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kompyuter maʼlumotlar bazasiga kiritilgandan keyin ularni real vaqt rejimida maʼlumotlarni uzatishning idoraviy tarmogʻi boʻyicha Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining (MvaFRBB) markaziy maʼlumotlar bazasiga yuboradi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 28-band hamda 7 va 8-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“35. Mazkur Yoʻriqnoma talablariga rioya etilishini nazorat qilish ichki ishlar organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noturar joy binolarga fuqarolarni doimiy propiska qilish va hisobga olishni rasmiylashtirish taqiqlanadi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan mavsumiy ish bilan shugʻullanishga (qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqalar) kelgan fuqarolar istisno tariqasida noturar joy binolarga hisobga olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida hisobga olinmagan fuqarolarning yashashi uchun turar joy maydoni taqdim etadigan uy-joy mulkdori (mulkdorlari) turar joy maydoni berilgan kundan boshlab besh kun mobaynida ushbu shaxslar toʻgʻrisida ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagi mazmundagi 351 va 352-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“351. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida turgan joyi boʻyicha hisobda turish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
352. Fuqaroni hisobga olish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 1-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida
turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi
toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida
turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi
toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
_____________________________________

(boshliqning rezolyutsiyasi, imzosi va sanasi)‎‎

____________________________

TShIIB MvaFRB boshligʻiga

Turgan joyi boʻyicha hisobga olish toʻgʻrisida

ARIZA

Familiyasi__________________________ Ismi __________________________
Otasining ismi _____________________
Tugʻilgan sanasi _____________________ Tugʻilgan joyi _______________________
Qayerdan keldi _____________________________________________________________

(mintaqa nomi)

Kelish maqsadi ____________________________________________________________

(ishga, oʻqishga yoki boshqa sabab koʻrsatiladi)

Quyidagi manzil boʻyicha hisobga olishingizni soʻrayman: ‎‎
___________ tuman (shahar) _________ koʻcha ___ (kvartal) __ uy __ korpus ___ kvartira.
Turar joy_______________________________________________________________

uy-joy mulkdori yoki ijaraga beruvchining F.I.O. (qarindoshlik darajasi)

________________________________________________________tomonidan berildi.

va uy-joy bergan tashkilot nomi)

Bir vaqtning oʻzida men bilan quyidagi qarindoshlarimni hisobga olishingizni soʻrayman:

Qarindoshlik darajasi

F.I.O.

Tugʻilgan yili va joyi

Qayerdan keldi

Menga turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi va muddati tushuntirildi.
________ seriyali ________________ -son qayd varagʻini oldim.
Ariza beruvchi yoki ishonchli shaxsning F.I.O.
_________________________________________________________
Imzo _______________ 20__ yil “___” _______________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Voyaga yetmagan ariza beruvchilar uchun ota-onalar, vasiy (homiy)lar ishonchli shaxslar hisoblanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuror O. MURODOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 2-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 2-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MAJIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 2-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vaziri Sh. ShERMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 2-may
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2019-y., 10/18/2804-2/3286-son)