05.06.2019 yildagi 461-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3895-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3895-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida joylashtirish uchun investorlarning eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash va ularga yer uchastkalarini berish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida investorlarni tanlash va joylashtirish boʻyicha tanlov komissiyasining namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tegishli tumanlar va shaharlarda tashkil etiladigan “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyalari tashkil qilinishini va ularning samarali faoliyat yuritishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 5-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
461-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyundagi 461-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida joylashtirish uchun investorlarning eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash va ularga yer uchastkalarini berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom respublika hududlarida tashkil etiladigan “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari (keyingi oʻrinlarda “Business city” markazlari deb ataladi) hududida joylashtirish uchun investorlarning eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash va ularga yer uchastkalarini berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazi — tuman va shahar markazlarining meʼmoriy qiyofasini yanada yaxshilash va obodonlashtirish, ularning xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish, asosiy turizm yoʻnalishlarida zamonaviy obyektlar qurish, shuningdek, koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining tegishli qarori asosida chegaralari aniq belgilangan holda tashkil etiladigan hudud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazi konsepsiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan “Business city” markazining batafsil qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi bosh rejasi va asosiy koʻrsatkichlari aniq yoritilgan maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direksiya — buyurtmachi funksiyalarini bajarish, “Business city” markazlari hududida obyektlar qurilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida tashkil etiladigan davlat unitar korxonasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazlari hududida investorlarni tanlash va joylashtirish boʻyicha tanlov komissiyasi (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadigan naʼmunaviy tarkibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori asosida tashkil etiladigan kollegial organ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskori — taklif etilgan shartlarda tanlovda qatnashish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti boʻlgan yuridik va jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli vakil — tanlovda ishtirok etish uchun loyiha tashabbuskori tomonidan ishonchnomaga asosan vakolat berilgan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazi investori — “Business city” markazi hududida qurilish va (yoki) boshqa faoliyatni amalga oshiradigan, belgilangan tartibda tanlovdan oʻtgan holda “Business city” markazi investori maqomini olgan tadbirkorlik subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazi hududida investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim (keyingi oʻrinlarda investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim deb ataladi) — direksiya bilan investor (investorlar) oʻrtasida tuziladigan, tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan bitim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazi lotlari — “Business city” markazi hududidagi yer uchastkalarining ishlab chiqilgan konsepsiyaga muvofiq tegishli boʻlaklarga ajratilgan qismlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov — belgilangan mezonlar va shartlar asosida “Business city” markazlari hududida investorlarni tanlash va joylashtirish boʻyicha qatnashchilar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya majburiyatlari — “Business city” markazlari hududida obyektlar qurilishi boʻyicha investitsiya loyihasida nazarda tutilgan muayyan maqsadlarga erishish uchun investorning oʻzi qabul qiladigan majburiyatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli tumanlari va shaharlarida tashkil etiladigan “Business city” markazlari hududida joylashtirish uchun investorlarning eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash va ularga yer uchastkalarini berish ushbu Nizomga 1-ilovaga binoan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Business city” markazlari hududida investorlarning eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash boʻyicha tanlovlarni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni hal etish direksiyaga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Business city” markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tegishli tumanlar va shaharlarda “Business city” markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli shaharni (tumanni) rivojlantirish konsepsiyasi va tasdiqlangan bosh rejasiga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud turar-joy, noturar bino va inshootlarni buzish, ichki muhandislik va transport kommunikatsiyalarining tarmoqlarini barpo etish, umumiy foydalaniladigan joylarni obodonlashtirish uchun eng kam sarf-xarajatlarni amalga oshirish imkoniyatidan kelib chiqib, mazkur hududlarning chegaralarini aniq koʻrsatgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun belgilangan tartibda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati tomonidan oʻn kun muddatda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Davergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli xulosalarini olgan holda, “Business city” markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarni amalga oshirish istiqbollari oʻrganib chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijobiy koʻrsatmasi asosida uch kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining tegishli tumanlar va shaharlarda “Business city” markazlarini hamda ushbu markazlar hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorlari qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan ikki oy muddatda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli xulosalari asosida mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan “Business city” markazining batafsil qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi va asosiy koʻrsatkichlari aniq yoritilgan konsepsiyasi ishlab chiqilishi hamda kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati tomonidan uch kun muddatda “Business city” markazinining yakuniy konsepsiyasi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot beriladi hamda kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Investorlarning eng yaxshi investitsiya takliflarini “Business city”markazi hududida joylashtirish uchun tanlov tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Investorlarning eng yaxshi investitsiya takliflarini “Business city” markazlari hududiga joylashtirish boʻyicha tanlov shartlarini belgilash maqsadida direksiya bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari va boshqa mol-mulk olib qoʻyilishi, uy-joylar, noturar joy bino va inshootlar buzilishi sababli mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash, hududlarni tozalash, yer ishlarini bajarish, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining maydondagi ichki tarmoqlarini qurish, umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish, reklama kompaniyalari va taqdimot tadbirlarini oʻtkazish, shuningdek, mahalliy, xorijiy konsalting va arxitektura kompaniyalari xizmatlari uchun zarur boʻladigan xarajatlar miqdoriga aniqlik kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jalb etilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan “Business city” markazining yakuniy konsepsiyasiga muvofiq tanlangan hududni tegishli lotlarga ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Business city” markazi qurilishi uchun tanlangan hududning ishlab chiqilgan konsepsiyaga muvofiq ajratilgan lotlari soni va investorlarga beriladigan yer uchastkalari oʻlchamlariga mutanosib ulushlarda toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar miqdori belgilangan tartibda direksiya tomonidan aniqlashtiriladi hamda bir hafta muddatda komissiya muhokamasida koʻrib chiqib, tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tanlovoldi barcha jarayonlar amalga oshirilgandan soʻng besh kun muddatda direksiyaning oʻz rasmiy veb-saytida “Business city” markazining konsepsiyasi joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida “Business city” markazi qurilishi boʻyicha tanlov toʻgʻrisida eʼlonlar joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari orqali “Business city” markazi qurilishi boʻyicha tanlov toʻgʻrisida xorijiy davlatlarda targʻibot ishlari amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tanlov toʻgʻrisidagi eʼlonda quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovga qoʻyilgan “Business city” markazi lotlari soni va nomlanishi, yer uchastkasi joylashgan joyi va tashqi-muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovni oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov uchun investitsiya takliflarini qabul qilish muddati (sanasi va vaqtini koʻrsatgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov hujjatlari namunalarini va tanlov toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot olish mumkin boʻlgan manzil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya buyurtmanomasini taqdim etish tartibi va shakli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya tomonidan investitsiya buyurtmanomalarini tanlash ochiq tanlov tarzida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya tanlov oʻtkazishni tashkil etadi hamda investitsiya takliflari koʻrib chiqilishini muvofiqlashtirib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Direksiyaga hujjatlarni taqdim etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Loyiha tashabbuskori oʻz investitsiya taklifini “Business city” hududiga joylashtirish uchun mazkur Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq toʻldirilgan buyurtmanomani direksiyaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Investitsiya buyurtmanomasiga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazi hududida qurilishi rejalashtirilayotgan bino va inshootlar (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) taqdimoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organi tomonidan berilgan yuridik shaxs (investor)ning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki investor faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi hisobot davri uchun tegishli davlat soliq organiga taqdim etilgan buxgalteriya balansi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar loyihani amalga oshirish uchun yangi yuridik shaxs tashkil etilsa, tashkil etiladigan yuridik shaxs, shu jumladan uning ustav jamgʻarmasi miqdori va taʼsischilari toʻgʻrisida maʼlumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaga taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning ishonchliligi uchun javobgarlik loyiha tashabbuskori zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Investorning xohishiga koʻra hujjatlar direksiyaga xorijiy tilda, shuningdek, majburiy tartibda ingliz, oʻzbek yoki rus tillariga tarjimasi bilan birga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya buyurtmanomasi unga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga elektron pochta orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda direksiyaga yuborilishi ham mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Investitsiya loyihasining taqdimotida quyidagi asosiy maʼlumotlar aks ettirilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qurilishi rejalashtirilayotgan obyektda energiyani tejaydigan hamda yuqori texnologik materiallar va mahsulotlardan foydalanish hamda binolarning zamonaviy arxitektura qiyofasini hisobga olgan holdagi tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) obyekt qurilishi loyihasining dastlabki qiymati va yoʻnalishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kelgusida obyektning barqaror faoliyat yuritishi uchun zarur boʻladigan infratuzilma va muhandislik tarmoqlari toʻgʻrisida maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) obyektni samarali joylashtirish va qurilishni yakuniga yetkazish uchun zarur boʻladigan yer maydoni va amalga oshirish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) loyihaning xususiyatidan kelib chiqib, boshqa muhim maʼlumotlar ham aks ettirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Direksiya loyiha tashabbuskorining buyurtmanomasi kelib tushgan kundan boshlab ikki kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni mazkur Nizomning 18 va 20-bandlariga muvofiqligini koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha eʼtirozlar mavjud boʻlmagan, taqdirda direksiya taklif etilayotgan investitsiya taklifini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya raisiga axborot kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrib chiqish natijasiga koʻra taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 18 va 20-bandlarida belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlgan, shuningdek, investitsiya loyihasi toʻgʻrisida toʻliq axborot taqdim etilmagan va (yoki) loyiha “Business city” markazi konsepsiyasiga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, hujjatlar direksiya tomonidan bir ish kuni muddatda qayta kiritish uchun kamchiliklarni koʻrsatgan holda loyiha tashabbuskoriga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha tashabbuskori koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonda belgilangan muddatga qadar tegishli hujjatlarni direksiyaga qayta kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Komissiyaning navbatdagi yigʻilishida koʻrib chiqish uchun loyiha toʻgʻrisidagi axborot varaqasiga investitsiya buyurtmanomasi hamda boshqa tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Loyiha tashabbuskori investitsiya takliflari boʻyicha tanlov yigʻilishi oʻtkazilgunga qadar har qanday bosqichda buyurtmanomani qaytarib olish toʻgʻrisida murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar direksiya buyurtmanomani qaytarib olish toʻgʻrisidagi murojaatga ikki kun muddatda javob yoʻllamasa buyurtmanoma qaytarib olingan hisoblanadi. Qaytarib olingan buyurtmanomalar boʻyicha yuridik harakatlar toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Investitsiya buyurtmanomalarini komissiya tomonidan koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. “Business city” markazi hududida investitsiya takliflarini joylashtirish boʻyicha taqdim etilgan buyurtmanomalarni koʻrib chiqish yuzasidan komissiya yigʻilishi eʼlonda belgilangan vaqtda, zaruratga koʻra, direksiya taklifi asosida komissiya raisi tomonidan belgilanadigan vaqtda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Direksiya komissiya yigʻilishidan bir kun oldin yigʻilishni oʻtkazish vaqti, joyi va koʻrib chiqiladigan masalalar toʻgʻrisida komissiyaning barcha aʼzolarini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. “Business city” markazi hududiga joylashtirish uchun eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning “Business city” markazi konsepsiyasiga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan investitsiya miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt qurilishi uchun yuqori texnologik materiallar va buyumlardan foydalanish darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishda yangi zamonaviy energiyani tejaydigan texnologiyalardan foydalangan holda, shuningdek, muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qoʻllash orqali yaxlit ekotizim yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Komissiya tomonidan xalqaro biznes rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari hisobga olingan holda, istisno tariqasida, salohiyatli investorlarning “Business city” markazi konsepsiyasidan farq qiladigan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ruxsat berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Komissiyaning eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash toʻgʻrisidagi qarori komissiya aʼzolari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan oddiy koʻpchilik ovoz asosida qabul qilinadi hamda yigʻilish oʻtkazilgandan soʻng besh kun muddatda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qaror direksiya va investor oʻrtasida “Business city” markazi hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitim tuzish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Agar tanlov oʻtkazish muddatida faqat bir nafar investordan buyurtmanoma kelib tushgan boʻlsa, tanlov boʻlib oʻtmagan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Komissiya tomonidan yagona loyiha tashabbuskorining investitsiya taklifini “Business city” markazi konsepsiyasiga muvofiq yoki muvofiq emasligi koʻrib chiqiladi hamda komissiyaning ijobiy qarori mazkur investitsiya taklifini “Business city” markazi hududiga joylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Direksiya komissiya bayoni tasdiqlangandan soʻng besh kun muddatda ingliz, oʻzbek va rus tillarida investitsiyalash toʻgʻrisida bitim loyihasini tayyorlaydi hamda koʻrib chiqish va kelishish (imzolash) uchun investitsiya taklifi maʼqullangan investorga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Investitsiya taklifi maʼqullangan investor va direksiya oʻrtasida investitsiyalash toʻgʻrisida bitim rasmiylashtiriladi hamda ushbu investor “Business city” markazi investorlari roʻyxatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar loyihani amalga oshirish uchun yangi korxona tashkil etish nazarda tutilgan boʻlsa, bu toʻgʻrisida qisqa muddatda direksiyaga mazkur yuridik shaxsni “Business city” markazi investorlari roʻyxatiga kiritish haqida xabar berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi hamda “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq boʻlishi hamda quyidagi asosiy qismlardan iborat boʻlishi lozim:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning tavsifi va arxitektura qiyofasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya majburiyatlarining miqdori va bajarish muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorning huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direksiyaning huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring va texnik nazorat oʻrnatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya majburiyatlarining bajarilishi boʻyicha hisobot topshirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari va boshqa mol-mulklarning olib qoʻyilishi, uy-joylar, noturar joy bino va inshootlarning buzilishi sababli mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash, hududlarni tozalash, yer ishlarini bajarish, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining maydondagi ichki tarmoqlarini qurish, umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish, reklama kompaniyalari va taqdimot tadbirlarini oʻtkazish, shuningdek, mahalliy, xorijiy konsalting va arxitektura kompaniyalari xizmatlari uchun zarur boʻladigan xarajatlar uchun toʻlov miqdori va ularni toʻlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim qoidalari buzilganligi uchun taraflarning javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilishini toʻxtatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizolarni hal etish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim loyihalarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, bitimda alohida shartlar koʻzda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimning rasmiylashtirilishi investor zimmasiga ajratilayotgan yer uchastkasiga mutanosib ravishda tegishli mablagʻlarni direksiya hisobraqamiga oʻtkazish boʻyicha majburiyat yuklaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Zaruratga koʻra, investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimning alohida shartlarini kelishish maqsadida direksiya va investor oʻrtasida muzokaralar oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Loyiha tashabbuskori va direksiya oʻrtasida “Business city” markazi hududida investitsiyalash toʻgʻrisida rasmiylashtirilgan bitim belgilangan tartibda tegishli direksiyada roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim roʻyxatga olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Investorlarga obyektlar qurilishi uchun yer uchastkalari berish va ularni “Business city” markazlari hududida joylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirgan kundan eʼtiboran besh kun muddatda, agar bitimda boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, direksiya tomonidan “Business city” markazi hududidan qurilish uchun investorga yer uchastkasi berish toʻgʻrisida tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga iltimosnomalar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari direksiyaning tegishli iltimosnomalari kelib tushgandan soʻng bir hafta muddatda investorga rejalashtirilgan loyiha doirasida qurilishni amalga oshirish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan investitsiya majburiyatlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalari va boshqa mulklarning olib qoʻyilishi, yer ishlari bajarilishi, ichki muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi, umumiy foydalanishdagi hududlarni obodonlashtirish munosabati bilan mulkdorlarga yetkazilgan zararni toʻliq qoplab berish sharti bilan iltimosnomada koʻrsatilgan muddatdan kam boʻlmagan muddatga yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi asosida berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Bunda investitsiya loyihasi tashabbuskori boʻlgan investor quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda davlat ekspertizasining ijobiy xulosasini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt qurilishi boʻyicha pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish uchastkasi hududini maxsus toʻsiqlar bilan oʻrab olish hamda hududda qurilish ishlari olib borilayotganligi toʻgʻrisida ogohlantirish belgilari oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quruvchilarning qurilish hududida ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya shartnomasida koʻrsatilgan, bajarilishi zarur boʻlgan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Investorning shartnoma asosida olgan huquq va majburiyatlarini uchinchi shaxslarga berishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish va tanlov natijalarini rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Komissiya oʻz faoliyatida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan, tanlov jarayonini buzgan til biriktirish va oldindan koʻrib boʻlmaydigan boshqa holatlar aniqlangan taqdirda, tanlov oʻtkazishni toʻxtatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov natijasida investitsiya loyihalari maʼqullangan loyiha tashabbuskorlariga “Business city” markazi investori maqomini berish hamda ularni joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazi faoliyatini tashkil etish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direksiyaning moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha yillik hisobotini eshitish hamda mavjud muammolar yechimi yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazi hududidagi yer uchastkalari oʻlchamlariga mutanosib ulushlarda investorlar tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar miqdorini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” markazi hududida qurilishi tugallangan bino va inshootlarni investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim talablariga muvofiq foydalanishga qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Komissiya faoliyatiga komissiya raisi rahbarlik qiladi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiyaning navbatdagi yigʻilishini chaqirish va yigʻilishning kun tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya aʼzolari zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya faoliyatini samarali tashkil etish uchun qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa vazifalarni bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Direksiya komissiya faoliyatini tashkil etish maqsadida quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya aʼzolari, loyiha tashabbuskorlari, investorlar, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning takliflari asosida komissiya majlisi kun tartibini shakllantirish va kelishish uchun komissiya raisiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻilish kun tartibidagi masalalar boʻyicha zarur hujjatlar va maʼlumotlarni tayyorlash hamda komissiya aʼzolariga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya majlisi bayonlarini yuritish va bayon loyihalarini komissiya aʼzolari bilan kelishilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya qarorlari ijrosini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya qarorlarining ijro etilishi yuzasidan doimiy ravishda komissiya raisiga axborot berib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Komissiya majlislari, zaruratga koʻra, shu jumladan har oyda kamida bir marotaba oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Komissiya yigʻilishlari komissiya raisi, uning yoʻqligida esa — komissiya raisi oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yigʻilishi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Komissiyaning “Business city” markazi hududiga joylashtirish uchun investitsiya takliflarini tanlash toʻgʻrisidagi qarori tanlovda ishtirok etgan barcha qatnashchilar, ularning takliflari mazmuni koʻrsatilgan holda yigʻilish bayoni shaklida rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Komissiya yigʻilishining bayoni tanlov oʻtkazilgandan soʻng uch kun muddatda barcha komissiya aʼzolari va direksiya tomonidan imzolanadi hamda komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlangan yigʻilish bayonining koʻchirmasi direksiya tomonidan ikki kun muddatda barcha komissiya aʼzolariga, “Business city” markazi investorlariga, ular tomonidan vakil qilingan shaxslarga hamda manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yigʻilishi bayonining asl nusxasi va tanlov bilan bogʻliq barcha hujjatlar komissiya direksiyada saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Komissiya yigʻilishining “Business city” markazi hududiga joylashtirish uchun investitsiya takliflarini tanlash toʻgʻrisidagi qarori yigʻilishda ishtirok etgan komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi orqali qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi alohida masalalarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida uning aʼzolaridan soʻrov orqali olingan munosabatlari asosida qarorlar qabul qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Loyiha tashabbuskorini “Business city” markazi investori maqomini bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ixtiyoriy yoki sud tartibida amalga oshiriladi, shuningdek investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimning bekor boʻlishiga asos boʻlib xizmat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Direksiya loyiha tashabbuskori “Business city” markazi investori sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki roʻyxatdan chiqarilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida, bu haqda davlat soliq organlarini va boshqa manfaatdor tashkilotlarni, shuningdek roʻyxatdan chiqarilgan kunda darhol davlat bojxona organlarini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida joylashtirish uchun investorlarning eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash va ularga yer uchastkalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli tumanlari va shaharlarida tashkil etiladigan “Business city” markazlari hududida joylashtirish uchun investorlarning eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash va ularga yer uchastkalarini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Tegishli tumanlar va shaharlarda “Business city” markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflar, mazkur hududlarning chegaralarini aniq koʻrsatgan holda, kelishish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

zaruratga koʻra belgilangan muddatda

2-bosqich

Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan “Business city” markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarni amalga oshirish istiqbollari, manfaatdor vazirlik va idoralarning tegishli xulosalarini olgan holda, oʻrganib chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot kiritiladi.

oʻn kun muddatda

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijobiy koʻrsatmasi asosida tegishli tumanlar va shaharlarda “Business city” markazlarini hamda ushbu markazlar hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinadi.

uch kun muddatda

2. Manfaatdor vazirlik va idoralarning tegishli xulosalari olingan holda mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan “Business city” markazining batafsil qiyofasini oʻzida aks ettiruvchi va asosiy koʻrsatkichlari aniq yoritilgan konsepsiyasi ishlab chiqilishi hamda kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi taʼminlanadi.

ikki oy muddatda

4-bosqich

Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan kiritilgan “Business city” markazining yakuniy konsepsiyasi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot beriladi hamda kelishiladi.

uch kun muddatda

5-bosqich

“Business city” markazi hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi

1. “Business city” markazi qurilishi uchun tanlangan hududda yer uchastkalari va boshqa mol-mulk olib qoʻyilishi, uy-joylar, noturar joy bino va inshootlar buzilishi sababli mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash, hududlarni tozalash, yer ishlarini bajarish, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining maydondagi ichki tarmoqlarini qurish, umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish, reklama kompaniyalari va taqdimot tadbirlarini oʻtkazish, shuningdek, mahalliy, xorijiy konsalting va arxitektura kompaniyalari xizmatlari uchun zarur boʻladigan xarajatlar miqdoriga aniqlik kiritiladi.

2. Jalb etilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan “Business city” markazining yakuniy konsepsiyasiga muvofiq tanlangan hududni tegishli lotlarga ajratiladi.

bir oy muddatda

6-bosqich

“Business city” markazlari hududida investorlarni tanlash va joylashtirish boʻyicha tanlov komissiyasi

“Business city” markazi qurilishi uchun tanlangan hududning ishlab chiqilgan konsepsiyaga muvofiq ajratilgan lotlari soni va investorlarga beriladigan yer uchastkalari oʻlchamlariga mutanosib ulushlarda toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar miqdori belgilangan tartibda direksiya tomonidan aniqlashtiriladi hamda komissiya muhokamasida koʻrib chiqib tasdiqlanadi.

bir hafta muddatda

7-bosqich

“Business city” markazi hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi

1. Tanlovoldi barcha jarayonlar amalga oshirilgandan soʻng direksiyaning oʻz rasmiy veb-saytida “Business city” markazining konsepsiyasi joylashtiriladi.

besh kun muddatda

2. Tanlov oʻtkazilishidan oldin mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida “Business city” markazi qurilishi boʻyicha tanlov toʻgʻrisida eʼlonlar joylashtiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari orqali “Business city” markazi qurilishi boʻyicha tanlov toʻgʻrisida xorijiy davlatlarda targʻibot ishlari amalga oshiriladi.

tanlov kunidan kamida oʻttiz kun oldin

8-bosqich

Loyiha tashabbuskorlari

Loyiha tashabbuskorlari tomonidan investitsiya taklifini “Business city” hududiga joylashtirish uchun belgilangan shaklga muvofiq toʻldirilgan buyurtmanoma hamda unga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar direksiyaga taqdim etiladi.

belgilangan muddatlarga qadar

9-bosqich

“Business city” markazi hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi

Taqdim etilgan buyurtmanoma hamda unga ilova qilingan hujjatlarni Nizom talablariga muvofiqligi koʻrib chiqiladi hamda taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha eʼtirozlar mavjud boʻlmagan taqdirda, taklif etilayotgan investitsiya taklifini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya raisiga axborot kiritiladi.

buyurtmanoma taqdim etilgan kundan soʻng ikki kun muddatda

10-bosqich

“Business city” markazlari hududida investorlarni tanlash va joylashtirish boʻyicha tanlov komissiyasi

1. “Business city” markazi hududiga joylashtirish uchun eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash tegishli mezonlar asosida belgilangan muddatlarda komissiya yigʻilishlarida koʻrib chiqiladi.

belgilangan muddatlarda

2. Komissiyaning eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash toʻgʻrisidagi qarori komissiya aʼzolari tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan oddiy koʻpchilik ovoz asosida qabul qilinadi hamda yigʻilish oʻtkazilgandan soʻng bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

tanlov oʻtkazilgandan soʻng besh kun muddatda

11-bosqich

“Business city” markazi hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi, Loyiha tashabbuskori

1. Investitsiya taklifi maʼqullangan investor va direksiya oʻrtasida investitsiyalash toʻgʻrisida bitim rasmiylashtiriladi.

2. Loyiha tashabbuskori va direksiya oʻrtasida “Business city” markazi hududida investitsiyalash toʻgʻrisida rasmiylashtirilgan bitim belgilangan tartibda tegishli direksiyada roʻyxatga olinadi hamda roʻyxatga olingan kundan boshlab kuchga kiradi.

bayon tasdiqlangandan soʻng besh kun muddatda

12-bosqich

Loyiha tashabbuskorlari

Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq loyiha tashabbuskori tomonidan “Business city” markazi hududidan ajratilayotgan yer uchastkasi oʻlchamlariga mutanosib ravishda tegishli mablagʻlar direksiya hisob raqamiga oʻtkaziladi.

bitimda belgilangan muddatlarda

13-bosqich

“Business city” markazi hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi

Investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirgan kundan eʼtiboran, agar bitimda boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, direksiya tomonidan “Business city” markazi hududidan qurilish uchun investorga yer uchastkasi berish toʻgʻrisida tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga iltimosnomalar kiritiladi.

bitim kuchga kirgandan soʻng besh kun muddatda

14-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklar

Direksiyaning tegishli iltimosnomalari kelib tushgandan soʻng investorga rejalashtirilgan loyiha doirasida qurilishni amalga oshirish uchun belgilangan shartlar asosida iltimosnomada koʻrsatilgan muddatdan kam boʻlmagan muddatga yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi asosida berish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinadi.

bir hafta muddatda

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida joylashtirish uchun investorlarning eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash va ularga yer uchastkalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“____________ Business city”
markazi Direksiyasiga

“____________ Business city” markazi hududida
investitsiya loyihasini joylashtirish uchun

BUYURTMANOMA

1. Investor toʻgʻrisida maʼlumot:

Investor — korxona nomi

Yuridik manzili

2. Investitsiya loyihasi toʻgʻrisida maʼlumot:

Loyihaning nomi

Obyekt qurilishning tavsifi va yoʻnalishi

Talab etiladigan yer maydoni (ga)

Elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj (yiliga, kVt/soat)

Tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoj (kub.m., yiliga)

Ichimlik suv va texnik suvga boʻlgan ehtiyoj (yiliga, kub.m.)

Ishga tushirish muddati

3. Loyihaning moliyaviy — iqtisodiy koʻrsatkichlari:

Loyihaning qiymati (AQSH.doll. ekvivalentida)

Moliyalashtirish manbalari (toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, mahalliy taʼsischilar mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari)

Investitsiyalarni oʻzlashtirish (kiritish) shakli va jadvali

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyundagi 461-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida investorlarni tanlash va joylashtirish boʻyicha tanlov komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

(lavozimiga koʻra)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Komissiya raisi

2.

(lavozimiga koʻra)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

(lavozimiga koʻra)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari

4.

(lavozimiga koʻra)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi

5.

(lavozimiga koʻra)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi, Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi

6.

(lavozimiga koʻra)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi

7.

(lavozimiga koʻra)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshligʻi

8.

(lavozimiga koʻra)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi

9.

(lavozimiga koʻra)

“Hududiy elektr tarmoqlari” va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyatlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari

10.

(lavozimiga koʻra)

“Business city” markazini qurish va undan foydalanish Direksiyasi rahbari, Komissiya ishchi organi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tanlov komissiyasi aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 09/19/461/3239-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 19.05.2022-y., 07/22/247/0428-son; 30.11.2023-y., 07/23/376/0909-son; 08.04.2024-y., 09/24/192/0271-son; 16.12.2024-y., 07/24/439/1029-son; 16.02.2026-y., 07/26/58/0143-son, 02.04.2026-y., 09/26/134/0301-son)