03.06.2019 yildagi 453-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qoidalarga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3982-son qarori)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3982-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-fevraldagi 33-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 16-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari muxbirlarining kasb faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qoidalarning 6-bandiga quyidagi mazmundagi yangi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizga tegishli ommaviy axborot vositalarining doimiy xorijiy muxbirini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining tavsiyanomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat kelib tushgan kundan boshlab besh ish kunigacha boʻlgan muddatda qabul qilinadi. Akkreditatsiya olish uchun ushbu Asosiy qoidalarning 5-bandida talab etilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda xorijiy ommaviy axborot vositasi taʼsischisi (taʼsischilari) va uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumot ham taqdim etilishi zarur”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 3-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
453-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2019-y., 09/19/453/3232-son)