Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 22.05.2019 yildagi 425-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan yo‘l qurilishini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilg‘or xorijiy uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-noyabrdagi PQ-4035-son va “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4143-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan yo‘l qurilishini rivojlantirish strategiyasini (keyingi o‘rinlarda Rivojlantirish strategiyasi deb ataladi) ishlab chiqishda Germaniya Federativ Respublikasining ilg‘or tajribasini qo‘llash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalar va agentliklarning amaliy tajribasini o‘rganish asosida xorijiy konsultantni jalb qilish masalasi ishlab chiqilib, Rivojlantirish strategiyasini moliyalashtirish manbalari belgilangani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Germaniyaning “Roland Berger GmbN” kompaniyasi o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari asosida Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolanib, uning asosida Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha konsalting kompaniyasining xizmatlari qiymati 2,6 mln yevroni tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining texnik topshiriqlar taqdim etilgan kundan boshlab, ishlab chiqilishi 120 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatni tashkil qiladigan Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha konsalting xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida Germaniyaning “Roland Berger GmbN” kompaniyasi bilan shartnoma tuzish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan kelishilgan Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha texnik topshiriqni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Rivojlantirish strategiyasining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun mas’ul ijro etuvchi agentlik hamda organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish markazi” davlat unitar korxonasi Germaniyaning “Roland Berger GmbN” kompaniyasi bilan konsalting xizmatlar ko‘rsatish shartnomasini belgilangan tartibda kompleks ekspertizadan o‘tkazsin va tegishli xulosa bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilgan shartnomaga muvofiq Germaniyaning “Roland Berger GmbN” kompaniyasi xizmatlariga haqiqatdan bajarilgan ishlar bo‘yicha haq to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2019-yilga mablag‘ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining buyurtmanomalariga binoan Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarining konsullik hamda boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining buyurtmanomalariga binoan Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmagan holda, ko‘p martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi hamda muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining buyurtmanomalariga binoan chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 22-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
425-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 09/19/425/3169-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)