13.05.2019 yildagi 396-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan jalb etiladigan bank kreditlari boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan kafolatlar berilishi va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 21-dekabrdagi PQ-4071-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan jalb etiladigan bank kreditlari boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan kafolatlar berilishi va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov va Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 13-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
396-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 396-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan jalb etiladigan bank kreditlari boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan kafolatlar berilishi va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari (keyingi oʻrinlarda shirkatlar deb ataladi) tomonidan jalb etiladigan bank kreditlari boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan kafolatlar berilishi va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan kafolat shirkatlar tomonidan jalb etiladigan kreditlar boʻyicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari kafolatlarni (keyingi oʻrinlarda kafolat deb ataladi) berishda toʻlanishi kerak boʻlgan summa kredit shartnomalarida belgilangan muddatlarda shirkatlar tomonidan toʻlanmagan taqdirda u tomonidan jalb etiladigan kreditlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik qonun hujjatlarida taqiqlanmagan budjetdan tashqari manbalar mablagʻlari (keyingi oʻrinlarda budjetdan tashqari mablagʻlar deb ataladi) hisobiga qarzni qaytarish uchun tijorat banki oldidagi majburiyatni oʻziga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kafolat berilganligi uchun toʻlov (mukofot puli) undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Kafolatlarni rasmiylashtirish va berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kafolat ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarorlariga asosan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafolat shirkatlar tomonidan amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalar (tadbirlar) boʻyicha asoslangan materiallar (hisob-kitoblar) kiritilishi va ular boʻyicha uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi va moliya boʻlimining ijobiy xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kafolatni olish uchun shirkat tegishli tuman (shahar) hokimligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha kafolat berishga buyurtmanomani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank krediti hisobiga amalga oshirish rejalashtirilayotgan loyiha (tadbir) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit shartnomasi va jalb etilayotgan kreditlarni qaytarish jadvali loyihalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani (tadbirni) moliyalashtirishning barcha manbalari boʻyicha tasdiqlovchi hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalar doirasida bajarilayotgan ishlar hajmi boʻyicha ish hujjatlarini (loyiha-smeta hujjatlari va davlat ekspertizasi xulosasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyingi 2 yildagi faoliyatning moliyaviy natijalari, shu jumladan, moliyaviy oqimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat tomonidan oldin jalb etilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank kreditini jalb etish, shuningdek, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan jalb etilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni shirkatning mol-mulki hisobiga qoplash toʻgʻrisidagi shartga rozilik berish haqida shirkat aʼzolari umumiy yigʻilishining qarorini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni belgilovchi hujjatlarning nusxalari bilan birgalikda shirkatning mol-mulki tarkibi roʻyxatini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari bir ish kuni mobaynida ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimiga va moliya boʻlimiga yuboradi. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi va moliya boʻlimi hujjatlar tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanqidiy mulohazalar va takliflar boʻlganda — ularni rad etishning aniq sabablarini va shirkat koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddatni koʻrsatib tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yozma shaklda yuboradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanqidiy mulohazalar boʻlmaganda — tumanlar (shaharlar) hokimliklariga loyihalarni (tadbirlarni) amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi tavsiyalar bilan birga xulosani beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shirkatlar tomonidan tanqidiy mulohazalar bartaraf etilgandan va takliflar hisobga olingandan keyin uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi va moliya boʻlimi tomonidan hujjatlarni takroran koʻrib chiqish barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda shirkatning arizasi olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari besh ish kuni mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilgan kredit shartnomalarini va qarzni qaytarish jadvallarini, budjetdan tashqari mablagʻlarning arizada koʻrsatilgan manbalari boʻyicha tushumlar mavjudligi va prognozini hisobga olgan holda shirkat tomonidan jalb etilayotgan bank kreditlari boʻyicha unga kafolat berish toʻgʻrisidagi tegishli qarorni qabul qiladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkat bilan shartnoma tuzadilar, unda ajratiladigan kreditlar boʻyicha undirilgan muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni shirkatning mol-mulki hisobiga qoplash toʻgʻrisidagi shartlarni nazarda tutadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafolat hokim tomonidan imzolanadi, u boʻlmaganda — hokimning vazifalarini ijro etuvchi vakolatli mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafolatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafilning — tuman (shahar) hokimligining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafolat berilgan sana, hisobga olish raqami, kafolatning amal qilish muddati va summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatning nomi (prinsipal);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning — kafillikni oluvchining nomi (benefitsiar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit shartnomasining sanasi, raqami va summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafolat boʻyicha majburiyatlarni toʻlash shartlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafolat tuman (shahar) hokimligining firma blankasida rasmiylashtiriladi. Kafolatlarni hisobga olish alohida hisobga olish jurnalida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafolatlarni hisobga olish jurnali raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan vakolatli mansabdor shaxsning imzosi va tuman (shahar) hokimligining gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kafolat imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kafolat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldin shirkat tomonidan jalb etilgan bank kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi tegishli darajalari budjetlariga toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorligi bor boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyati salbiy moliyaviy natijali shirkatlarga berilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Shirkatlarga kafillik ostida ajratilgan kreditlar boʻyicha kafolatlarga oid majburiyatlarni ijro etish va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Shirkatlarga ajratilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganda va kredit shartnomalariga ilova qilinadigan ularni qaytarish jadvaliga rioya qilinmaganda tijorat banki uch ish kuni mobaynida tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklarini muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik hosil boʻlganligi toʻgʻrisida xat bilan xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banki xatiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafolatning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit shartnomasining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat bankining shirkatda muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi ilova qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tegishli tuman (shahar) hokimligi tijorat bankining xatini besh ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi va shirkatning mavjud muddati oʻtkazib yuborilgan qarzini tijorat bankiga qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jalb etilgan kreditlar boʻyicha shirkatning muddati oʻtkazib yuborilgan qarzini qaytarish uchun moʻljallangan mablagʻlar kafil tomonidan faqat kredit beruvchining hisob raqamiga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Shirkatning muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng keyingi ish kunidan kechikmay tuman (shahar) hokimligi tegishli shirkatning qarzdorligi summasini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga har bir shirkat uchun bankda alohida ochiladigan 29801 (mijozlar bilan hisob-kitoblar) hisob raqamiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29801 hisob raqamiga tushgan mablagʻlardan faqat shirkatlarning kreditlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qaytarish uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tumanlar (shaharlar) hokimliklarining shirkat tomonidan jalb etilgan kredit boʻyicha shirkatning muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorligini qaytarishga yoʻnaltirilgan budjetdan tashqari mablagʻlari koʻrsatib oʻtilgan shirkatga tegishli boʻlgan mol-mulk yoki debitor qarzdorlik hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tumanlar (shaharlar) hokimliklarining kafolati ostida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanish va ularni oʻz vaqtida qaytarishning hisobini yuritish va monitoring olib borish uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimlari tomonidan maʼlumotlarni muntazam ravishda solishtirish orqali moliya boʻlimlari va tijorat banklari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kafolat amal qilishining butun muddati mobaynida shirkat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kafolat ostida jalb etilgan bank krediti boʻyicha barcha toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimlariga, moliya boʻlimlariga va tijorat banklariga joriy oyning 5-kunidan kechikmay har oyda tumanlar (shaharlar) hokimliklarining kafolati ostida ajratilgan kreditlardan foydalangan holda amalga oshiriladigan loyihalar (tadbirlar) boʻyicha bajarilgan ishlar hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Shirkatning rahbari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlarning ishonchliligi va kafolat ostida kreditlarni jalb etish uchun taqdim etilgan hujjatlarni rasmiylashtirishning toʻgʻriligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatga ajratilgan bank kreditidan maqsadli va samarali foydalanilishi va oʻz vaqtida qaytarilishi, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq tegishli tuman (shahar) hokimligining shirkat tomonidan kafolat ostida jalb etilgan bank krediti boʻyicha shirkatning muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorligini qaytarishga yoʻnaltirilgan budjetdan tashqari mablagʻlari koʻrsatib oʻtilgan shirkatning mol-mulki hisobiga qoplanishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasining hududiy boshqarmasi har bir yil choragi yakunlari boʻyicha kafolatlar berilishining toʻgʻriligini tekshiradi hamda tumanlar (shaharlar) hokimliklarining kafolati ostida ajratilgan bank kreditlaridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan jalb etiladigan bank kreditlari boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan kafolatlar berilishi va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan bank kreditlari boʻyicha kafolat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati

1. Kafolat olish uchun buyurtmanoma va zarur tegishli hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanomani bevosita yoki pochta aloqasi xizmati orqali tuman (shahar) hokimligiga taqdim etadi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. Kafolat olish uchun taqdim etilgan buyurtmanoma va hujjatlarni qabul qilib oladi.

Hujjatlar qabul qilingan kunda.

2. Hujjatlarni uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimiga va moliya boʻlimiga yuboradi.

Bir ish kuni mobaynida

3-bosqich

Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi, moliya boʻlimi

Olingan hujjatlarni koʻrib chiqadi va tuman (shahar) hokimligiga loyihalarni (tadbirlarni) amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ijobiy xulosa beradi yoki ular boʻyicha tanqidiy mulohazalar va takliflarni ilova qiladi.

Besh ish kuni mobaynida

4-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi va moliya boʻlimining ijobiy xulosalari asosida shirkatga kafolat berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida shirkatni xabardor qiladi.

Uch ish kuni mobaynida

2. Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi va moliya boʻlimining tanqidiy mulohazalarini bartaraf etish va takliflarni hisobga olish hamda takroran kiritish uchun shirkatga yuboradi.

Besh ish kuni mobaynida

5-bosqich

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati

1. Kafolat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda tuman (shahar) hokimligi bilan shartnoma tuzadi.

Ikki ish kuni mobaynida

2. Tanqidiy mulohazalar bildirilgan boʻlsa, ularni bartaraf etish va takliflarni hisobga olgan holda hujjatlarni qayta taqdim etadi.

Tanqidiy mulohazalarda koʻrsatilgan muddat mobaynida (zaruratga koʻra)

6-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Kafolatni tijorat bankining tegishli filialiga yuboradi.

Bir ish kuni mobaynida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan jalb etiladigan bank kreditlari boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan kafolatlar berilishi va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

___________________‎‎

Tuman (shahar) hokimligi

‎‎

‎‎Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan jalb etiladigan bank kreditlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash uchun tumanlar (shaharlar) hokimliklarining kafolatini olish uchun

ARIZA‎‎

1. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining nomi _____________________________________________
2. Joylashgan joyi (pochta manzili) _________________________________________________________
Telefon raqami (kod bilan) ____________________
STIR__________________
bank rekvizitlari ___________________
Elektron manzil ____________________
3. Kafolat olishdan maqsad _____________________
‎‎4. Kafolat ostida jalb etilgan bank krediti summasi: _____________ ming soʻm
5. Kafolat olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar turkumi ushbu Buyurtmanomaga ilova qilinadi, ___ varaqda.

‎‎Sizdan ushbu Buyurtmanomani unga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birgalikda koʻrib chiqishingizni va ________________ xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan jalb qilinadigan bank krediti boʻyicha tuman (shahar) hokimligining kafolati berilishini iltimos qilamiz.

‎‎Rahbarning F.I.O.

imzo __________‎‎

sana ___________‎‎

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/396/3140-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)