15.05.2019 yildagi 405-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda uglevodorod xomashyosini qazib chiqarishni koʻpaytirish dasturining birinchi bosqichini amalga oshirish doirasida “Bank GPB International S.A.” kredit mablagʻlarini jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda uglevodorod xomashyosi qazib chiqarishni koʻpaytirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 9-martdagi PQ-2822-son va “2017 — 2021-yillarda uglevodorod xomashyosi qazib chiqarishni koʻpaytirish dasturining birinchi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3373-son qarorlarning ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2017 — 2021-yillarda uglevodorod xomashyosi qazib chiqarishni koʻpaytirish dasturini (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) amalga oshirish doirasida quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2019-yil 1-mart holatiga 222 ta neft va gaz quduqlarini qurish ishlari yakunlandi va 229 ta neft va gaz quduqlari mukammal taʼmirlandi, kapital qoʻyilmalar hajmi 644,1 mln. AQSh dollarini va 701,8 mlrd. soʻmni tashkil etdi, 4 468,5 mln. kub. m tabiiy gaz va 210,2 ming tonna suyuq uglevodorodlar qazib chiqarildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Natural Gas-Stream” MChJ qoʻshma korxonasi (keyingi oʻrinlarda qoʻshma korxona deb ataladi) va “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan “Bank GPB International S.A.” (Lyuksemburg) bankining Dastur doirasidagi chora-tadbirlarning xorijiy valyutadagi xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida 176,5 mln. yevro miqdoridagi krediti kuyidagi shartlar asosida jalb etish masalasi ishlab chiqildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit muddati — 2020-yil yakunigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit foiz stavkasi — bir oylik Euribor + 4,95 yillik foiz yoki “Bank GPB International S.A.” bilan kredit-taʼminot hujjatlarida kelishilgan boshqa bazaviy stavkasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit liniyasini ochish va zaxiralash uchun komissiya — biryoʻla kreditlash summasining 0,3 foizi va hisoblangan foizlar undiriladigan muddatda jalb qilinmagan kreditlash limitining yillik 0,5 foizi miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekneftgaz” AJ va qoʻshma korxonaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3373-son qarori bilan tasdiqlangan Dastur doirasida birgalikdagi faoliyatni olib borish va masʼuliyatni cheklash mexanizmlari asosida tayyorlangan quyidagi takliflariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi majburiyatlarini bajarish uchun 2019-2020-yillarda qoʻshma korxonaga sotiladigan tabiiy gazning umumiy hajmini gazni yetkazib berish shartnomasiga muvofiq 1 413 mln. kub.m miqdorida (tabiiy gazning 185 AQSh dollari/ming kub.m hisoblangan eksport narxi boʻyicha) keyinchalik komissiya shartnomasi asosida eksporta yoʻnaltirish toʻgʻrisida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzneftgazqazibchiqarish” AJning — qoʻshma korxonaning quduqlarni burgʻulash, jihozlash va kapital taʼmirlash, shuningdek texnologik obyektlarni “Oʻzneftgazqazibchiqarish” AJ konlarida qurish yuzasidan uch tomonlama shartnomalar asosida sarf-xarajatlarini qoplash boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma korxonaning — “Bank GPB International S.A.” (Lyuksemburg) krediti boʻyicha asosiy qarzni toʻlash, foizlar, komissiyalar, boshqa xarajatlar va toʻlovlarni toʻlash boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 2019-2020-yillarda qoʻshma korxonaga sotiladigan tabiiy gaz hajmiga gazni eksport qilish komissiyasi shartnomasiga va ushbu shartnomalar taraflari tomonidan gazni xarid qilish shartnomalariga muvofiq oʻzgartirishlar kiritish hamda “Bank GPB International S.A.” oldidagi taqdim etilgan kreditlar boʻyicha barcha majburiyatlar bajarilganidan keyin ushbu shartnomalarni muddatidan oldin bekor qilish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Dasturning birinchi bosqichini 2019-yilning oxirigacha amalga oshirishga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultonov va “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi B.B. Sidiqov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 15-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
405-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2019-y., 09/19/405/3137-son)