Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻmondonining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida xarbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 13-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3019-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2020-yil 23-yanvardagi 23-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3019-2, 28.02.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2018-yil 14-maydagi 122-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3019, 2018-yil 1-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 22-son, 466-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qoʻmondon B. TASHMATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-aprel,
80-son
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2019-yil 19-apreldagi 80-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlash tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrik oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 15-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-fevraldagi 95-son qarori bilan tasdiqlangan Tinch va harbiy davrda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy koʻrikdan oʻtish toʻgʻrisidagi nizomga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/3019-1/3117-son)