13.05.2019 yildagi 395-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, chet tilini bilish darajasi boʻyicha tegishli sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda Davlat test markazi deb ataladi), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining taklifiga muvofiq 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish sinovlarida quyidagi imtiyozlar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz, ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, italyan, yapon tillari) (keyingi oʻrinlarda chet tili deb ataladi) birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan va Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat (keyingi oʻrinlarda milliy sertifikat deb ataladi) yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili birinchi (asosiy) boʻlmagan fan sifatida kiritilgan boshqa bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga (Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bundan mustasno) hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 4,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 42), Cambridge Assessment English PET xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 3) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5 (bunda writing modulidan 5,5 ball)), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE va CAE xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD II) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme dʼEtudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.

g) kirish sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan magistratura mutaxassisliklariga (Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura mutaxassisliklari bundan mustasno) hujjat topshirgan milliy sertifikat yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan talabgorlarga mazkur fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatlarning tegishli darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibiga muvofiq chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball berilishi nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5 (bunda Toshkent davlat yuridik universiteti uchun writing modulidan 5,5 ball)), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme dʼEtudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2019-yilga qadar Davlat test markazi tomonidan berilgan milliy sertifikatning imtiyozi ushbu sertifikatlarning amal qilish muddati davrida saqlanib qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat test markazi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 13-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
395-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 395-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarorining 3-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) birinchi xatboshidagi “3” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) beshinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 31-dekabrdagi 352-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 97-modda) 1-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son qaroriga muvofiq chet tillarni bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi malaka sertifikatini berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Chet tilini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi malaka sertifikatini (keyingi oʻrinlarda sertifikat deb ataladi) berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda Davlat test markazi deb ataladi) tomonidan toʻlov asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish uchun talabgor tomonidan ariza berilgan kundagi eng kam ish haqining 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sertifikat test sinovlari yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini toʻplagan shaxslarga 2 yil muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Chet tilini bilish darajasini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Chet tilini bilish darajasi test sinovi, yozma ish va ogʻzaki suhbat oʻtkazish yoʻli bilan aniqlanadi, u quyidagi boʻlimlardan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “tinglab tushunish” boʻlimi — ogʻzaki nutqni qabul qilish koʻnikmalarini, eshitilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “oʻqish” boʻlimi — oʻqilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “leksik va grammatik kompetensiyalar” boʻlimi — grammatik tuzilishni va lugʻat zaxirasini farqlash hamda ulardan toʻgʻri foydalanish mahoratini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “yozma ish” boʻlimi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va talabgorning lugʻat zaxirasidan foydalangan holda berilgan mavzular boʻyicha bir-biri bilan bogʻlangan matnlar tuzish mahoratini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “gapirish” boʻlimi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va lugʻat zaxirasidan foydalangan holda, berilgan savollarga mos javob berish va oʻz nuqtai nazarini asoslash mahoratini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Test sinovini oʻtkazish uchun topshiriqlar Oʻzbekiston Respublikasi uzluksiz taʼlim tizimining davlat taʼlim standartiga muvofiq har bir daraja (A2, A2+, V1, V1+, V2, S1) uchun Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Chet tilini bilish darajasini aniqlash yuzasidan talabgorlarni test sinoviga mustaqil tayyorlash uchun zarur materiallar Davlat test markazining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Test sinovini oʻtkazish tartibi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha test sinovini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Talabgor chet tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikatni olish maqsadida test sinovida qatnashishga roʻyxatdan oʻtish uchun Davlat test markazining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayti orqali onlayn yoki bevosita Davlat test markazi va uning viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga (ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha) ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagi maʼlumotlarning aniqligi uchun ariza beruvchi shaxsan javobgar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma) toʻgʻrisida maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3,5 x 4,5 sm oʻlchamli rangli, orqa foni oq rangdagi fotosurat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati olish uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxalari va 3,5 x 4,5 sm oʻlchamli fotosuratni Davlat test markaziga yoki Davlat test markazining hududiy boʻlinmalariga shaxsan olib kelib topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Davlat test markazi xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida talabgorning elektron barmoq izi va fotosurati olinib roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Talabgorning tushgan arizasi Davlat test markazi tomonidan yetti ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi. Toʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida talabgor roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda test sinoviga qoʻyiladigan talabgorlar roʻyxatiga kiritiladi. Roʻyxatdan oʻtkazishda talabgorga test sinovidan oʻtish qoidalari toʻgʻrisidagi eslatma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hujjatlar talab darajasida rasmiylashtirilmaganda, Davlat test markazi bu toʻgʻrisida talabgorning roʻyxatdan oʻtish davrida koʻrsatgan elektron pochtasiga xabar yuboradi yoki telefon orqali talabgorni xabardor qiladi. Talabgor bir hafta mobaynida hujjatlarni toʻgʻri rasmiylashtirish va ularni Davlat test markaziga qayta taqdim etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat test markazi xodimlari tomonidan ariza beruvchilar toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlar maxfiyligi taʼminlanadi. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan rasmiy murojaat boʻlgan taqdirda ariza beruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Test sinoviga qoʻyiladigan talabgorlar roʻyxati, uni oʻtkazish sanasi va joyi toʻgʻrisidagi axborot Davlat test markazining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. Test sinovini oʻtkazish sanasi u oʻtkaziladigan kundan kamida bir hafta oldin eʼlon qilinadi. Test sinovini oʻtkazish joyi va sanasi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Test sinovi guruhlarning shakllantirilishiga qarab, talabgor roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab olti hafta ichida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorning test sinovida belgilangan oʻtirish joyi Davlat test markazi tomonidan qurʼa tashlash yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Test sinovi blankalarda yoki kompyuterda, tegishli dasturiy taʼminotdan foydalangan holda, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali masofadan oʻtkaziladi. Test sinovi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan imtihon komissiyasi aʼzolari va kuzatuvchilar ishtirokida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovi blankalarda oʻtkazilganda ikki bosqichdan iborat boʻladi. Bunda birinchi bosqich “tinglab tushunish”, “oʻqish”, “leksik va grammatik kompetensiyalar”, “yozma ish” boʻlimlaridan, ikkinchi bosqich “gapirish” boʻlimidan tashkil topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test tegishli dasturiy taʼminot asosida kompyuterda oʻtkazilganda barcha boʻlimlar qamrab olingan holda bir bosqichda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovi internet jahon axborot tarmogʻi orqali masofadan oʻtkazilganda, u Internet tarmogʻidan foydalanadigan davlat taʼlim muassasalarining axborot-resurs markazlarida boʻlib oʻtadi. Test sinovi Davlat test markazi xodimining rahbarligida va kuzatuvida oʻtkaziladi. Talabgorlar Davlat test markazining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayti orqali tizimda roʻyxatdan oʻtkaziladi va ular bajarish uchun test sinovi topshiriqlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Talabgorlarning test sinovi topshiriqlariga javoblari avtomatik ravishda, onlayn rejimida Davlat test markazining maʼlumotlar bazasiga tekshirish uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovi vaqtida har bir ish joyida bir nafar talabgor oʻtiradi. Test sinovini oʻtkazish jarayoni videotasvirga tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Test sinovini oʻtkazish uchun kuzatuvchilar jalb etilishi mumkin. Bunday hollarda ular bilan shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Tinglab tushunish”, “oʻqish”, “leksik va grammatik kompetensiyalar”, “yozma ish” boʻlimlari boʻyicha bilimlar maxsus dasturlar yordamida kompyuterda tekshiriladi. “Yozma ish” va “gapirish” boʻlimlari boʻyicha bilimlar imtihon komissiyasi tomonidan tekshiriladi, natijalari rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtihon komissiyasi tarkibi Davlat test markazi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi, unga Davlat test markazi xodimlari va tajribali pedagoglar, malakali mutaxassislar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Talabgor shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma) asosida barmoq izi tekshirilib test sinoviga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Test sinovlarini oʻtkazish vaqti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A2, A2+ darajasi uchun — “tinglab tushunish”, “oʻqish”, “leksik va grammatik kompetensiyalar”, “yozma ish” uchun — 150 daqiqa, “gapirish” uchun — 10 daqiqa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V1, V1+ darajasi uchun — “tinglab tushunish”, “oʻqish”, “leksik va grammatik kompetensiyalar”, “yozma ish” uchun — 185 daqiqa, “gapirish” uchun — 15 daqiqa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V2 darajasi uchun — “tinglab tushunish”, “oʻqish”, “leksik va grammatik kompetensiyalar”, “yozma ish” uchun — 200 daqiqa, “gapirish” uchun — 15 daqiqa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
S1 darajasi uchun — “tinglab tushunish”, “oʻqish”, “leksik va grammatik kompetensiyalar”, “yozma ish” uchun — 210 daqiqa, gapirish uchun 20 — daqiqani tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Test sinovlari formati: “Tinglab tushunish”, “oʻqish”, “leksik va grammatik kompetensiyalar” boʻlimlarining har biri 30 ta savoldan iborat boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yozma ish” boʻlimi A2, A2+, V1, V1+, V2 darajalari uchun ikkita yozma topshiriqdan, S1 darajasi uchun uchta yozma topshiriqdan (darajaga bogʻliq holda birinchi topshiriq — 30 — 150 ta soʻzdan, ikkinchi topshiriq — 50 — 250 ta soʻzdan, uchinchi topshiriq — 80 — 100 ta soʻzdan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ogʻzaki suhbat” boʻlimi topshiriqlarning uchta turidan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Test sinovi har bir boʻlimining eng yuqori bahosi 30 ballni va barcha boʻlimlar uchun maksimal baho 150 ballni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Test sinovi oʻtkazilayotgan auditoriyaga har qanday adabiyotni, telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirish qatʼiyan man etiladi. Test sinovi oʻtkazilayotgan vaqtda boshqa talabgorlar bilan muloqot qilishga, savollar kitobi varaqlarini yirtib olishga, savollar kitobini boshqa talabgorlarga berishga, test sinovini oʻtkazish jarayoniga xalaqit qilishga, test sinovlari tugagandan soʻng yozishda davom etishga, boshqa talabgorga hech qanday buyum uzatishga ruxsat etilmaydi. Ushbu talablarni buzgan talabgor auditoriyadan chiqarib yuboriladi va test sinovidan oʻtmagan deb hisoblanadi. Test sinovidan chiqarib yuborilgan talabgorlar toʻgʻrisida ushbu Nizomning 2-ilovasidagi shakl boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Test sinovlari natijalari ular yakunlangan kundan boshlab uch haftadan kechikmay Davlat test markazining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Test sinovi yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning 60 foizidan kam (90 balldan kam) ball olgan talabgor daraja shartlarini bajarmagan deb hisoblanadi va qayta qatnashish uchun, test sinovlari oʻtkazilgan kundan boshlab kamida bir oydan keyin, chet tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikatni olish uchun belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qilib toʻlov toʻlagan taqdirda test sinovlariga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Toʻlov shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Talabgor Davlat test markazining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida onlayn ariza toʻldirgandan soʻng, uning elektron manziliga Davlat test markazi tomonidan elektron ariza va toʻlovni amalga oshirish uchun kvitansiya yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov istalgan bank yoki amaldagi elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Talabgor mazkur Nizomning 9-bandida nomlari keltirilgan hujjatlarni Davlat test markazi yoki Davlat test markazining hududiy boʻlinmalariga topshirganidan soʻng Davlat test markazi va talabgor oʻrtasida shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Agar ariza beruvchi turli sabablarga koʻra test sinovlarida ishtirok eta olmaydigan boʻlsa, Davlat test markaziga test sinovlari oʻtkaziladigan kundan 7 kun avval yozma murojaat etishi lozim. Bunda, talabgorning xohishiga koʻra navbatdagi test sinovlariga kiritiladi yoki toʻlangan yigʻim 100 foiz miqdorda talabgorga qaytariladi (toʻlov amaldagi elektron tizim orqali amalga oshirilganda, koʻrsatilgan xizmat uchun undirilgan yigʻimdan tashqari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor test sinoviga kechikkan yoki uzrsiz sababga koʻra kelmagan hollarda, uning arizasiga binoan toʻlangan yigʻimning 50 foiz miqdori qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Test sinovi qoidalarini buzganlik uchun auditoriyadan chiqarib yuborilgan taqdirda amalga oshirilgan toʻlov talabgorga qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Uzrli sababga koʻra test sinovlarida qatnasha olmagan talabgor test sinovlari tugagan kundan boshlab besh ish kunida ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni Davlat test markaziga bevosita yoki elektron tarzda taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor kechikkan taqdirda test sinoviga qoʻyilmaydi. Agar talabgor test sinoviga uzrli sababga koʻra (tegishli hujjat bilan tasdiqlanganda) kelmaganda, uning arizasi asosida unga navbatdagi test sinovidan (gapirish koʻnikmasi uchun boshqa vaqtda) oʻtishga ruxsat etiladi. Test sinovini boshqa vaqtga koʻchirish toʻgʻrisidagi qaror Davlat test markazi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Test sinovi oʻtkazilishi jarayonida talabgorning faqat bitta chet tilidan test topshirishiga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Test natijalaridan norozi boʻlgan talabgor Davlat test markaziga apellyatsiya taqdim etish huquqiga ega. Apellyatsiya test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida, ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun Davlat test markazi direktorining buyrugʻi bilan 5 — 7 nafar Davlat test markazi xodimlari va taʼlim tizimi pedagoglaridan iborat boʻlgan Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya ikki hafta mobaynida koʻrib chiqiladi. Talabgor Apellyatsiya komissiyasi qarori toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor Apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlganda, sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovi natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyaning qondirilishini rad etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test sinovlari natijalarini oʻzgartirish va apellyatsiyani qondirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
test natijalarini bekor qilish va takroriy test sinovi oʻtkazilishini tayinlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar talabgor tomonidan koʻrsatilgan dalillar tasdiqlanmasa, apellyatsiyaning qondirilishini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Test sinovi natijalarini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Nizom talablari buzilgan holda oʻtkazilgan taqdirda qabul qilinadi. Apellyatsiya komissiyasining qarorlari ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorni takroriy test sinovidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Davlat test markazi test sinovini oʻtkazish sanasini belgilaydi va test sinovini takroran oʻtkazishda toʻlov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Takroriy apellyatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi malaka sertifikatini berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorga test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida, Davlat test markazi buyrugʻi asosida sertifikat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Sertifikat qatʼiy hisobot yuritiladigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Blankalar Davlat test markazi buyurtmasiga binoan, bosmaxona usulida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi. Davlat test markazi direktori sertifikatlar blankalarining hisobga olinishi, ularning saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan belgilangan tartibda shaxsan javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Davlat test markazi sertifikatlar reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatlar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport maʼlumotlari (seriyasi va tartib raqami, pasportning kim tomonidan va qachon berilganligi) yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi maʼlumotlari (tartib raqami, guvohnomaning kim tomonidan va qachon berilganligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat test markazining sertifikat berish toʻgʻrisidagi buyrugʻining sanasi va tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatning hisobga olish seriyasi va tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatning berilgan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatning amal qilish muddati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Sertifikat pasport koʻrsatilgan taqdirda, shaxsan talabgorga yoki talabgorning notarial tasdiqlangan ishonchnomasi asosida boshqa shaxsga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Yoʻqolgan, talabgorning aybi bilan maʼlumotlar notoʻgʻri kiritilgan yoki yaroqsiz holga kelgan sertifikat oʻrniga talabgorning arizasiga koʻra dublikat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatni egasi malaka sertifikati yoʻqolganligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi hamda Davlat test markaziga dublikat berish toʻgʻrisidagi ariza va dublikat berilganligi uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat bilan birga ommaviy axborot vositalaridagi eʼlonning tasdigʻini taqdim etadi (talabgorning aybi bilan notoʻgʻri kiritilgan maʼlumotlar uchun ariza berganlar bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatni dublikati malaka sertifikatining yangi blankasida “Dublikat” yozuvi majburiy koʻrsatilgan holda, aynan oldingi tartib raqami hamda ilgari belgilangan amal qilish muddati bilan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaroqsiz holga kelgan sertifikat Davlat test markaziga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka sertifikatining dublikati berilganligi uchun eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2019-y., 09/19/395/3115-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2022-y., 09/22/73/0141-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son; 30.07.2026-y., 09/26/411/0797-son)