Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
“Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 1-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2452-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2015-yil 23-iyuldagi 14-son “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomning 3-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2452-1-son, 2015-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 30-son, 402-modda).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-aprel,
61-son
Kelishilgan:
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi v.b. A. XAITOV
2019-yil 2-aprel
“Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati Bosh direktori v.v.b. R. XAYITOV
2019-yil 3-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2019-y., 10/19/2452-2/3041-son)