1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Vakolatli iqtisodiy operator institutini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, bojxona tartib-taomillarini yanada soddalashtirish va xalqaro standartlarga muvofiq xalqaro savdo xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga asosan 2019-yil 1-fevraldan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan talablarga javob beradigan, tashqi iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq vakolatli iqtisodiy operatorlar instituti joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-iyungacha vakolatli iqtisodiy operatorlar institutini jadal rivojlantirish maqsadida Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish mezonlariga mos keladigan yuridik shaxslarni tajriba sifatida tanlab olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba doirasida tanlab olingan yuridik shaxslarni ularning roziligi bilan Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritishni va bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqi boʻyicha tushuntirishlar berilishini taʼminlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda maxsus soddalashtirishlar roʻyxatini, shuningdek, Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish uchun tanlash mezonlarini yanada takomillashtirish yoki kengaytirish boʻyicha takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari orasida keng yoritilishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining axborot tizimlari hamda maʼlumotlar bazalarini integratsiyalashtirish va mavjud maʼlumotlardan noqonuniy foydalanish imkonini bermaydigan himoyalangan aloqa kanallarini taʼminlash orqali davlat bojxona xizmati, ichki ishlar, prokuratura va soliq organlari oʻrtasida aniqlangan va fosh qilingan jinoyatlar yoki boshqa tergov natijalari, jinoyatlarni sodir etgan shaxslar, shuningdek, soliqlar boʻyicha qarzdorlik (jarimalar, penyalar va soliq qonunchilik sohasidagi boshqa huquqbuzarliklar) boʻyicha axborot almashishning elektron shaklini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 29-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
363-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 363-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom vakolatli iqtisodiy operator maqomini olish masalalarini tartibga solish tartibini, shuningdek, bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda beriladigan maxsus soddalashtirishlar toifalari va turlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli iqtisodiy operator (keyingi oʻrinlarda operator deb ataladi) — bojxona operatsiyalarni amalga oshirishda soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish uchun ushbu Nizom talablariga javob beruvchi yuridik shaxslarga beriladigan maqom;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus soddalashtirishlar — vakolatli iqtisodiy operatorning toifasiga qarab qoʻllaniladigan alohida bojxona operatsiyalari va bojxona nazoratini amalga oshirish xususiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestri (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) — bojxona operatsiyalarni amalga oshirishda soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqi berilgan yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) tomonidan shakllanitiriladigan va Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning (operatorning) vakolatli shaxsi — tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida yuridik shaxs nomidan harakat qiluvchi shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlar — sud, prokuratura organlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi, shuningdek, soliq organlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Operator va maxsus soddalashtirishlar quyidagi toifalarga kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“A” toifasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“B” toifasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Operator Reyestrga kiritilgan vaqtdan boshlab, xavf darajasi past boʻlgan toifaga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari operatorlar boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Maxsus soddalashtirish toifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “A” toifasini va ushbu toifadagi maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini olish uchun yuridik shaxs mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan mezonlarga mos kelishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “B” toifasini va ushbu toifadagi maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini olish uchun operator kamida bir yil “A” toifasidagi operator sifatida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishi va “B” toifasini olish uchun ariza taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Operatorning toifasi va ushbu toifadagi maxsus soddalashtirishlar yuridik shaxs (operator) Reyestrga kiritilgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Reyestrni shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Reyestr Qoʻmitaning yuridik shaxsni Reyestrga kiritish haqidagi qaroriga asosan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsni Reyestrga kiritish, shuningdek, maqomni toʻxtatib turish, qayta tiklash yoki operatorni Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror Qoʻmitaning farmoyishi koʻrinishida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoʻmita yuridik shaxsni Reyestrga kiritish, shuningdek, uning maqomini toʻxtatib turish, qayta tiklash yoki operatorni Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng ushbu maʼlumotni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vakolatli iqtisodiy operator maqomi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Reyestrga kiritish uchun tanlash mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Reyestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaxs quyidagi mezonlarga mos kelishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlariga murojaat qilingunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 174, 175, 176, 177 va 227-22727-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun yuridik shaxsning rahbari va bosh buxgalteri, shuningdek, vakolatli shaxsining maʼmuriy javobgarlikka jalb qilinganlik holatlari mavjud boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlariga murojaat qilingunga qadar soʻnggi besh yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari va bosh buxgalteri, shuningdek, vakolatli shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 182, 184, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan holatlari mavjud boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shu jumladan ular boʻyicha jarima va penyalar toʻlash yuzasidan qarzdorlik mavjud boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlariga murojaat qilgunga qadar kamida uch yil tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import va (yoki) eksport qilingan tovarlarning faktura qiymati yilda kamida 2 mln AQSh dollari ekvivalentini tashkil qilishi va soʻnggi oʻn ikki oy mobaynida kamida 100 ta import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirgan boʻlishi yoki toʻlangan bojxona toʻlovlarining summasi eng kam oylik ish haqining kamida 20 000 barobarini tashkil qilishi va kamida 50 ta import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoʻmita har yili amalga oshirilgan oʻrganishlar yakunlari boʻyicha operator faoliyatining ushbu Nizom 12-bandida keltirilgan mezonlarga mosligi toʻgʻrisidagi xulosa tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Reyestrga kiritish toʻgʻrisida ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yuridik shaxs Reyestrga kiritish uchun Qoʻmitaga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yozma ariza taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani davlat xizmatlari markazlari orqali ham taqdim etish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Arizaga alohida hujjatlar ilova qilinmaydi, agarda Qoʻmita bunday hujjatlar haqidagi maʼlumotlarni va (yoki) ulardagi maʼlumotlarni davlat bojxona organlari foydalanadigan axborot tizimlari, shuningdek, idoralararo axborot hamkorligi doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari orqali olishi mumkin boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qoʻmita arizani roʻyxatga olingan kundan boshlab 30 ish kuni ichida koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qoʻmita ushbu Nizomning 16-bandida belgilangan muddatdan kechiktirmay, yuridik shaxsni Reyestrga kiritish yoki kiritishni rad etish toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsning ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq emasligi uni Reyestrga kiritishni rad etishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Operator Reyestrga kiritilgan kundan eʼtiboran maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Bojxona operatsiyalarni amalga oshirish uchun maxsus soddalashtirishlar turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “A” toifasidagi operatorga qoʻyidagi maxsus soddalashtirishlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar va transport vositalarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, operatorning tovarlari va transport vositalariga bojxona nazorati shakllarini qoʻllamaslik, tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi tomonidan belgilanadigan choralar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni deklaratsiyalash va chiqarish bilan bogʻliq bojxona operatsiyalarni birinchi navbatda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator tomonidan tashiladigan tovarlarga nisbatan tovarni tashish yoʻnalishini belgilamaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorning tovarlarini bojxona joʻnatish organidan belgilangan joyga bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlamasdan yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni operatorning ochiq maydonlari, binolari va boshqa hududlariga bojxona nazoratida joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlari bilan kelishilgan holda, operatorning ochiq maydonlari va boshqa hududlarida tovarlarni chiqarish bilan bogʻliq bojxona operatsiyalarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorning transport vositasida bojxona tranziti amalga oshirilayotganda bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanishini talab qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlamasdan, bojxona toʻlovlarini boʻlib toʻlash va (yoki) muddatini yigirma ish kunigacha kechiktirgan holda, tovarlarni erkin muomalaga chiqarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. “B” toifasidagi operatorga “A” toifasiga qoʻshimcha ravishda qoʻyidagi maxsus soddalashtirishlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni chiqarishda ularning bojxona qiymatini shartli ravishda aniqlashda bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanishini talab qilmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida hujjatlar (muvofiqlik sertifikati) mavjud boʻlmaganda, tovarlarni (oziq-ovqat tovarlari va farmatsevtika mahsulotlari bundan mustasno) shartli ravishda chiqarish va hujjatlarni keyinchalik oltmish kalendar kuni davomida taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksportga joʻnatiladigan tovarlar yuklangan transport vositalarining yuk xonalari (otseklari) yoki ularning bir qismiga operator tomonidan qoʻyilgan plombalarni davlat bojxona xizmati organlari tomonidan identifikatsiya vositalari sifatida tan olinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlamasdan, bojxona toʻlovlarini boʻlib toʻlash va (yoki) muddatini oltmish ish kunigacha kechiktirgan holda, tovarlarni erkin muomalaga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat bojxona xizmati organlari tomonidan bojxona operatsiyalarini amalga oshirish vaqtini qisqartirish va tartibini takomillashtirish boʻyicha amalga oshiriladigan tajriba loyihalari sinovlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona masalalarini muvofiqlashtirish va hal qilishda operatorga koʻmaklashish uchun davlat bojxona xizmati organlarining masʼul xodimini (keyingi oʻrinlarda koordinator deb ataladi) tayinlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Operatorlarni oʻzaro tan olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasining “B” toifasidagi operatorlariga ushbu Nizomda nazarda tutilmagan va Oʻzbekiston Respublikasi oʻzaro tegishli shartnomalar tuzgan xorijiy davlatlar hududida qoʻllaniladigan boshqa imtiyozlar va maxsus soddalashtirishlar taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ushbu Nizomda nazarda tutilgan imtiyozlar va maxsus soddalashtirishlar xorijiy davlatlarning vakolatli xoʻjalik yurituvchi subyektlariga ham oʻzaro asosda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Operator maqomini toʻxtatib turish va qayta tiklash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Operator maqomi quyidagi holatlarda toʻxtatib turiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 174, 175, 176, 177, 227-22727-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun operatorning rahbari yoki bosh buxgalteri, shuningdek, vakolatli shaxsini maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida sud qarori kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182, 184, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun operatorning rahbari yoki bosh buxgalteri yoxud vakolatli shaxsiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xabarnomada belgilangan muddatda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda yoki toʻliq bajarilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 12-bandi yettinchi xatboshiga muvofiq belgilangan import va eksport koʻrsatkichlari kamayganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, Qoʻmita operatorning maqomini toʻxtatadi va tegishli qaror qabul qilinganidan soʻng bir ish kunidan kechiktirmagan holda uni bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Quyidagilar yuzaga kelganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati bir yilni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati sudning oqlash haqidagi qarori chiqquniga qadar boʻlgan davrni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-bandning toʻrtinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati oʻttiz ish kunini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-bandning beshinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati 12-bandning yettinchi xatboshida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq holga keltirilgunga qadar boʻlgan, lekin bir yildan ortiq boʻlmagan davrni tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Maqomni toʻxtatib turish bilan bogʻliq holatlarni bartaraf etilganda yoki sudning oqlash haqidagi hukmi chiqarilganda, operator besh ish kuni ichida Qoʻmitaga tegishli xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Qoʻmita xabarnomani olgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida operatorning maqomini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida uni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning 23-bandida keltirilgan holatlarning bartaraf etilmasligi maqomni qayta tiklashni rad etishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Operatorlarni Reyestrdan chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Operator quyidagi hollarda Reyestrdan chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorning oʻz xohishi bilan Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi yozma murojaati boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator maqomiga ega boʻlgan yuridik shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182, 184, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun operatorning rahbari yoki bosh buxgalteri yoxud vakolatli shaxsiga nisbatan sud hukmi kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator maqomini toʻxtatib qoʻyishga olib kelgan va ushbu Nizomning 23-bandi toʻrtinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar oʻttiz ish kuni ichida bartaraf etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator maqomini toʻxtatib qoʻyishga olib kelgan va ushbu Nizomning 23-bandi beshinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bir yil ichida bartaraf etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator qayta tashkil etilganda, oʻzgartirish orqali qayta tashkil etish bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator maqomi vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan va bunday maqomni berish uchun asos boʻlib xizmat qilgan ishonchsiz maʼlumotlar asosida berilgani aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator tomonidan ushbu Nizomning 32-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bir yil mobaynida ikki martadan ortiq bajarilmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Qoʻmita ushbu Nizomning 28-bandida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelishi toʻgʻrisida xabar olingan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmasdan, operatorni Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita operatorni Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida chiqarish uchun asoslarni koʻrsatgan holda, operatorni bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Operator Reyestrdan chiqarilgan taqdirda, yuridik shaxs uch yildan soʻng, ushbu Nizomning 28-bandi toʻrtinchi xatboshida keltirilgan holatda — besh yildan soʻng Reyestrga kiritish toʻgʻrisida takroran ariza berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Operatorning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Operator qoʻyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrga kiritilgan kundan boshlab, ushbu Nizomning 6-bobida nazarda tutilgan maxsus soddalashtirishlardan foydalanish, operator maqomini toʻxtatib turish holati bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koordinator yordamida bojxona masalalari yuzasidan belgilangan tartibda maʼlumot va maslahatlar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona operatsiyalarini maxsus soddalashtirishlarni qoʻllagan holda amalga oshirishga masʼul rahbarlar va oʻz shtatidagi shaxslar orasidan koordinator bilan oʻzaro hamkorlik qilish uchun masʼul shaxsni belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Operator quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestrga kiritilganidan soʻng ushbu Nizomning 12-bandida keltirilgan mezonlarga muvofiq boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlariga Reyestrga kiritishda taqdim etilgan maʼlumotlar oʻzgarishi haqida xabar berish va bunday oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ushbu maʼlumotlar oʻzgargan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻlib toʻlashga ruxsat berilgan yoki muddati kechiktirilgan bojxona toʻlovlarining bojxona organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq yuborilgan xabarnomada koʻrsatilgan muddatning oxirgi kunidan kechiktirmasdan toʻlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat bojxona xizmati organlari mansabdor shaxslari operatorlarning bojxona nazoratida turgan tovarlar saqlanayotgan inshootlari, binolari (binolarning qismlari) va (yoki) ochiq maydonlariga (ochiq maydonlar qismlariga) toʻsiqsiz kirishi toʻgʻrisida davlat bojxona xizmati organlarining talablarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat bojxona xizmati organlari talablariga muvofiq bojxona nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat bojxona xizmati organi bojxona nazorati shakllari va bojxona nazoratining amalga oshirilishini taʼminlash choralarini qoʻllash zarurligi toʻgʻrisida xabar bermagan taqdirda, tovarlar chiqarilguniga qadar qonunbuzarliklarni mustaqil ravishda aniqlash va bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni deklaratsiyalash va hisobga olish boʻyicha bojxona operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan avtomatlashtirilgan tizimga ega boʻlish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Operator faoliyatini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Agar nazorat chorasi tavakkalchiliklarni boshqarish tizimida mavjud boʻlsa, davlat bojxona xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda operatorlarning tovarlariga nisbatan bojxona nazorati shakllari qoʻllanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Bojxona nazoratida boʻlgan operatorning tovarlariga huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash (cheklash) boʻyicha vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan asoslar mavjud boʻlsa, davlat bojxona xizmati organi ushbu tovarlarga nisbatan bojxona tartib-taomillarini vakolatli organning alohida qarori qabul qilinguniga qadar toʻxtatib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organlar aniqlangan va fosh etilgan jinoyatlar yoki boshqa tergov natijalari, jinoyatlarni sodir etgan shaxslar, shuningdek, operatorlarning soliqlar boʻyicha qarzdorligi (jarimalar, penyalar va boshqa huquqbuzarliklar) toʻgʻrisida uch ish kunidan kechiktirmasdan, davlat bojxona xizmati organlarini axborot tizimlari orqali (mavjud axborotdan noqonuniy foydalanish imkonini bermaydigan himoyalangan aloqa kanallari orqali) xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. Davlat bojxona xizmati organlarining operatorlar bilan oʻzaro hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Qoʻmita operatorning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligi va ushbu Nizom talablariga rioya etishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Davlat bojxona xizmati organlari ushbu Nizomda belgilangan tartibda operator deklarant boʻlgan tovarlarga nisbatan bojxona operatsiyalarini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Bojxona organlari maxsus soddalashtirishlarni qoʻllashda, shu jumladan bojxona qonunchiligini qoʻllash masalalari yuzaga kelganda, operatorlar bilan oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish maqsadida bunday oʻzaro hamkorlikni tashkil etish uchun masʼul xodimlarni (koordinatorlarni) belgilashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Davlat bojxona xizmati organlari mansabdor shaxslarining qarorlari, shuningdek, harakatlari (harakatsizliklari) yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Davlat bojxona xizmati organlari ayrim operatorlarga qayd etilgan faoliyatni amalga oshirish uchun boshqa imtiyozli sharoitlar yaratishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsni Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Yuridik shaxs
Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻgʻrisida Davlat bojxona qoʻmitasiga ariza taqdim etadi:
a) yozma shaklda bevosita;
b) davlat xizmatlari markazlari orqali.
Yuridik shaxsning xohishiga koʻra
2-bosqich
Davlat bojxona qoʻmitasi
1. Arizani koʻrib chiqadi.
2. Arizani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha yuridik shaxsga quyidagilar haqida xabarnoma yuboradi:
a) Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻgʻrisida;
b) Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritishni rad etish toʻgʻrisida.
30 kundan oshmagan muddatda
3-bosqich
Davlat bojxona qoʻmitasi
1. Yuridik shaxsni Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
2. Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilgan yuridik shaxslar haqidagi axborotni Davlat bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Qaror qabul qilingan kunda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish haqida ARIZA
Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritishni va quyidagi maxsus soddalashtirishlar toifasini berishni soʻraydi:
“A”
“B”
va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 363-son qarori bilan tasdiqlangan Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomning 4-bobida belgilangan mezonlarga muvofiqligini maʼlum qiladi.
____________________________ (ariza beruvchi rahbarining lavozimi)