Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING 1994 YIL 3 NOYABRDAGI 533-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN DAVLAT BOJI STAVKALARIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
2-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
|
“v) |
bankrotlik haqida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi arizalardan | eng kam ish haqining 20 baravari miqdorida”; | ||
“v, g, d” kichik bandlar tegishli ravishda “g, d, e” kichik bandlar deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 25-sentabr,
371-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 9-son, 36-modda)