23.12.2000 yildagi 496-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.12.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YER MONITORINGI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer fondidagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash uchun uning holatini kuzatib borish, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish, davlat yer kadastri yuritilishini, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati amalga oshirilishini axborot bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasida Yer monitoringi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi 2001-yilda va undan keyingi yillarda davlat budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi tomonidan yer monitoringini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 23-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
496-son

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 496-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida Yer monitoringi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. Yer monitoringi yer fondidagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish maqsadida uning holatini kuzatib borish tizimidan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining barcha yerlari, ularning huquqiy rejimi, foydalanilish maqsadi va xarakteridan qatʼi nazar, monitoring obyekti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Monitoring yerlardan foydalanish maqsadini hisobga olgan holda olib boriladi va yer fondi toifalariga muvofiq boʻlgan quyidagi kichik tizimlarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi maqsadidagi yerlar monitoringi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlari yerlari monitoringi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar monitoringi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsion maqsadlardagi yerlar monitoringi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarixiy-madaniy maqsadlardagi yerlar monitoringi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon fondi yerlari monitoringi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv fondi yerlari monitoringi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxira yerlar monitoringi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi yer monitoringining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer fondi holati oʻzgarishlarini oʻz vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini tashkil etish va amalga oshirish, ularni baholash, salbiy jarayonlarni prognozlash hamda ularning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat yer kadastri yuritilishini, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan maqsadli va oqilona foydalanish, yerlarni muhofaza qilish va yer resurslarini davlat tomonidan boshqarishga doir boshqa funksiyalar ustidan davlat nazoratini axborot bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hududiy qamrab olinishiga koʻra yerlarning respublika, mintaqaviy va mahalliy monitoringi amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika monitoringi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududini qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mintaqaviy monitoring fizik-geografik, maʼmuriy va boshqa chegaralar bilan chegaralangan hududlarni qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy monitoring alohida yer uchastkalari va manzara-ekologiya komplekslarini qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yer monitoringi mazmuni yer fondi holatini maxsus tashkil etilgan muntazam kuzatishlar (suratga olish, tekshirish va qidiruv)dan, quyidagilar oʻzgarishlarini aniqlash, baholash va prognozlashdan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerga egalik qilish, yerdan foydalanish, ekinzorlar, dalalar, uchastkalar, manzara-ekologiya komplekslarining holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerlar unumdorligining oʻzgarishiga, ularning tanazzuli va destruksiyasi (aridizatsiya va choʻllanishi, suv, irrigatsiya va shamol eroziyasi, chirindi miqdori oʻzgarishi, tuproq tarkibining oʻzgarishi, ohakliligi, begona oʻt bosganligi, shoʻrlanganligi, qishloq xoʻjaligi yerlarining oʻt bosganligi, yerlarning pestitsidlar, ogʻir metallar, radionuklidlar va boshqa toksik moddalar, sanoat, maishiy va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi)ga taʼsir qiluvchi jarayonlar (omillar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy ozuqabop oʻtlar qoplami holatining oʻzgarishi (oʻsimliklar tarkibi, tuzilishi, hosildorligi, sifati va toʻyimliligining oʻzgarishi) bilan bogʻliq jarayonlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daryolar qirgʻoqlarining, Orol dengizi, koʻllar, suv omborlari, irrigatsiya va gidrotexnika inshootlarining holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarliklar va oʻpqonlar, oʻpirilishlar, sel oqimlari, zilzilalar, suv toshqinlari, “degishlar”, karst, yer choʻkishi, boshqa ekzogen va endogen jarayonlar va antropotexnogen hodisalar tufayli paydo boʻlgan jarayonlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi yashash joylari, neft va gaz qazib olish, tozalash inshootlari, goʻngxonalar, axlatxonalar, yonilgʻi-moylash materiallari, oʻgʻitlar, zaharli ximikatlar omborlari, toksik sanoat chiqindilari va radioaktiv materiallar koʻmilgan joylar, shuningdek boshqa sanoat obyektlari yerlarining holati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yerlarning holati oʻzgarishlarning yoʻnalishi va jadalligiga oid bir qancha izchil kuzatishlarni (davriy, mavsumiy, sutkalik) tahlil qilish, olingan koʻrsatkichlarni yerlarning sifat holati normativlari bilan taqqoslash orqali baholanadi. Yer holatini baholash koʻrsatkichlari muayyan davr yoki sana uchun ham absolyut, ham nisbiy koʻrsatkichlarda (oʻlchov birligida) ifodalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yerlar holatini baholash natijalariga koʻra tezkor maʼlumotlar, axborotlar, prognozlar va tavsiyanomalar tuziladi, ularga oʻzgarishlar, ayniqsa salbiy oʻzgarishlarning dinamikasini, ularning yoʻnalishini va jadalligini tavsiflovchi mavzuli xaritalar, kartogrammalar, jadvallar va diagrammalar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yer monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manfaatdor vazirliklari va idoralari ishtirokida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish, yer monitoringi maʼlumotlarini umumlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yer monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi tomonidan manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar ishtirokida ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan yagona uslub boʻyicha olib boriladi, bu uslub yerlarning holatini, tezkor va muntazam kuzatish ishlarini amalga oshiruvchi, tadqiqotlar, tekshirishlar oʻtkazuvchi yoki xaritalovchi barcha korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yerlarni mavzuli xaritalovchi va ularning holatini kuzatuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yer resurslari boʻyicha tegishli xizmatlarga ularning vakolatlari doirasida yerlarning miqdori va sifati boʻyicha holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yer monitoringi va davlat yer kadastri boʻyicha axborotlar (hisobotlar)ga kiritish uchun koʻrsatilgan ishlar boʻyicha materiallarning nusxalarini tekin beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz navbatida yer resurslari boʻyicha xizmatlar ham yerlarni mavzuli xaritalovchi va ularning holatini kuzatuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ularning soʻroviga binoan zarur materiallarni tekin beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yer monitoringi yagona klassifikatorlar, kodlar, metrik birlik tizimi, maʼlumotlarning standart formatlari va meyoʼriy-texnik baza, koordinatlar va balandliklar davlat tizimiga asoslangan turli xil maʼlumotlarning bir-biriga mosligi prinsipiga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yer monitoringini oʻtkazishda zarur axborotlarni olish uchun quyidagilar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofadan turib zondlash (aerokosmik suratga olish va kuzatishlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerda suratga olish va kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fond materiallari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Muddatlari va davriyligiga koʻra yerlarning holatini uchta guruhda kuzatishlar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy (yer monitoringini yuritishning dastlabki bosqichida kuzatish obyektlarining haqiqiy holatini qayd etuvchi boshlangʻich) kuzatishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy (yillik va tabiiy tusdagi davrlar boʻyicha) kuzatishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor (joriy oʻzgarishlarni qayd qiluvchi), bir yildan kam oraliq davrda muntazam yoki bir yoʻla bajariladigan kuzatishlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ekin maydonlari, dalalar, uchastkalar, manzara-ekologiya komplekslari holatini bevosita kuzatishda olingan bazaviy (boshlangʻich) maʼlumotlar tumanlar, shaharlar, qoʻrgʻonlar, viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va umuman Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha, shuningdek alohida tabiiy komplekslar boʻyicha umumlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yerlarning bazaviy va davriy monitoringi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar yer resurslari boshqarmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida — “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasining koʻchmas mulk davlat kadastri boshqarmasi tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yerlarning tezkor (navbatchi) monitoringi bazaviy va davriy monitoring maʼlumotlaridan foydalangan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va qoʻrgʻonlarda — “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasining tuman va shahar koʻchmas mulk davlat kadastri xizmatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning qolgan hududlarida — Yer resurslari davlat qoʻmitasining tuman xizmatlari tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar yer resurslari boshqarmalari, Toshkent shahar koʻchmas mulk davlat kadastri boshqarmasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining hududiy organlari bilan birgalikda har yili 1-fevraldan kechiktirmay davlat hokimiyati mahalliy organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasiga, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga mintaqadagi yerlarning holati toʻgʻrisida axborotlar (hisobotlar) taqdim etadilar, oʻta xavfli va yoʻl qoʻyilishi cheklangan jarayonlar aniqlangan taqdirda tezkor maʼlumotlar yuboradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va jismoniy shaxslar yer monitoringi maʼlumotlaridan belgilangan tartibda haq toʻlagan holda foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yer monitoringini yuritish boʻyicha ishlar davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer monitoringi boʻyicha davlatlararo va xalqaro dasturlarni mablagʻ bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tuzadigan bitimlari va shartnomalarida belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.