1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.94.00 (Кучини йукотган) Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 22-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
343-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 343-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda maktablar deb ataladi) oʻquvchilar uchun ixtiyoriylik asosida tashkil etiladigan pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pullik taʼlim xizmatlari zarur moddiy-texnika bazasi hamda tegishli pedagog xodimlarga ega boʻlgan yoki tegishli mutaxassis jalb qilingan holda maktablarda tashkil qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish oʻquvchining maktablarda oʻquv dasturi boʻyicha olib boriladigan taʼlim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktablarida oʻquvchilar uchun tashkil etiladigan pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maktablarda tashkil etiladigan qoʻshimcha taʼlim berishga qaratilgan pullik taʼlim xizmatlari maktablarning oʻquv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat taʼlim standartlaridan tashqari) mashgʻulotlar boʻyicha maktab direktori va oʻquvchilarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda buyurtmachi deb ataladi) oʻrtasida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda tuziladigan shartnoma asosida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maktabning oʻquv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat taʼlim standartlaridan tashqari) mashgʻulotlar boʻyicha pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatishga qaratilgan yoʻnalishlar (aniq, ijtimoiy-gumanitar, tabiiy fanlar, toʻgaraklar va sport seksiyalari) qonun hujjatlariga muvofiq holda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maktablarda tashkil etiladigan pullik taʼlim xizmatlariga direktor va pedagoglar tomonidan oʻquvchilarni majburiy tartibda jalb etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maktablarda pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish maktablarning pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha yillik rejasi (keyingi oʻrinlarda yillik reja deb ataladi) asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yillik reja maktablar tomonidan har kalendar yili boshlangunga qadar ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ishlab chiqiladi va kelishish uchun maktabning Kuzatuv kengashiga (keyingi oʻrinda Kuzatuv kengashi deb ataladi) kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachilarning talablariga koʻra, oʻquvchilarga individual tarzda mashgʻulotlar oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kuzatuv kengashi har kalendar yilning boshida oʻtkaziladigan birinchi yigʻilishda maktab tomonidan taqdim etilgan kelgusi yil uchun yillik rejani koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yillik reja Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-sayti yoki maktablarning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maktabda pullik taʼlim xizmat koʻrsatishga, birinchi navbatda, shu maktabda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar shartnoma asosida jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachilar tomonidan kelib tushadigan mablagʻlar (lekin 50 foizidan kam boʻlmagan miqdori) oʻqituvchilarga haq toʻlashga yoʻnaltirilishi mumkin. Bunda qonunchilikda belgilangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar mazkur summadan chegirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Taʼlim xizmatlari narxlari Kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha toʻlovlar belgilangan tartibda banklar orqali maktabning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli gʻaznachilik boʻlimlarida ochilgan shaxsiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi tomonidan pul mablagʻlarini naqd pul yoki pul oʻtkazish yoʻli orqali toʻlanishidan qatʼiy nazar, maktabda amalga oshirilishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar xarajatlar turi boʻyicha shartnoma asosida pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish maqsadida jalb etilgan oʻqituvchilarga toʻlanadigan toʻlovlar, soliq va boshqa majburiy toʻlovlar, mashgʻulotlarni tashkil etish uchun moddiy-texnik taʼminot xarajatlari qoplangandan soʻng maktabning rahbar va pedagog xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga va boshqa xarajatlarga Kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatishda tomonlarning huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi maktab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish doirasida oʻquv rejasi va dasturlari, maktab ichki qoidalari, tartib va talablari, mashgʻulot jarayonida oʻquv intizomiga rioya etishini, oʻqituvchilarga hurmatda boʻlish hamda maktab mulkini himoya qilishni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachidan shartnomada belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashni talab qilish va ushbu talab bajarilmasa, oʻquvchini pullik taʼlim xizmatlari boʻyicha mashgʻulotlardan chetlashtirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi maktab qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi maktab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashgʻulotlarni maktabdan tashqari davlat taʼlim standarti, pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish doirasida oʻquv rejasi va dasturlariga muvofiq tashkil etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashgʻulotlar jarayonlariga malakali oʻqituvchilarni jalb etish, ilgʻor taʼlim texnologiyalarini, zamonaviy kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalarini joriy etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchida bilim olish salohiyatini shakllantirish maqsadida oʻquv rejasiga qoʻshimcha ravishda turli interaktiv darslar tashkil etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashgʻulotlarda oʻquvchiga maktabning mavjud oʻquv-uslubiy, axborot-resurs va moddiy-texnika bazasiga muvofiq oʻqish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashgʻulotlar uchun belgilangan toʻlov miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz vaqtida (oʻquv jarayoni boshlanishidan 10 kun oldin) buyurtmachilarga yetkazish va ularni belgilangan tartibda koʻrsatiladigan pullik taʼlim xizmatlari shartlari bilan tanishtirishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatuvchi maktab qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Buyurtmachi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatiladigan pullik taʼlim xizmatlari, shu jumladan oʻquv rejalari va dasturlari, oʻquvchilarni baholash tartibi va mezonlari bilan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilgan shartnomaga muvofiq maktabdan oʻquvchining tanlagan taʼlim yoʻnalishi boʻyicha pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatishni talab qilish, tegishli oʻqituvchilardan maslahatlar soʻrash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Buyurtmachi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilayotgan pullik taʼlim xizmatlarining bir kalendar oyi uchun belgilangan toʻlov miqdorini shartnoma talablariga muvofiq toʻliq hajmda va oʻz vaqtida toʻlash, toʻlov hujjati nusxasini esa mashgʻulotlar boshlanishidan oldin maktab maʼmuriyatiga taqdim etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma talablariga soʻzsiz amal qilish maqsadida va shartnomada koʻrsatilgan qoʻshimcha taʼlim va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun oʻquvchining darslarga muntazam ravishda qatnashishini taʼminlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchi tomonidan maktabining mulkiga yetkazilgan moddiy zararni qoplashga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kuzatuv kengashi muntazam (bir yilda kamida 2-marta) oʻquvchilar va buyurtmachilar oʻrtasida maktab tomonidan koʻrsatilayotgan pullik taʼlim xizmatlari sifatini aniqlash maqsadida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq soʻrovnoma oʻtkazib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va boshqa vakolatli davlat organlari maktablarda pullik taʼlim xizmatlarining tashkil etilishi va tushgan mablagʻlar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha ___________-son NAMUNAVIY ShARTNOMA
_______________________
20____ y. “____”____________
(shartnoma tuzilgan joy)
Ustav asosida ish koʻruvchi maktab direktori _____________ �umani/shahri (nomi) ______________
(nomi)
(maktab raqami/nomi)
-son _______________________ keyinchalik “Maktab” deb yuritiluvchi, bir tomonidan __________
(direktorning F.I.O.)
_______________________________ nomidan oʻquvchining manfaatlarini ifoda etuvchi
(ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxsning F.I.O.)
_______________________________ keyinchalik “Buyurtmachi” deb yuritiluvchi, ikkinchi
(oʻquvchi F.I.O., sinf)
tomonidan, mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
1. ShARTNOMA PREDMETI
1.1. Ushbu shartnoma oʻquv dasturlarida nazarda tutilmagan mashgʻulotlar boʻyicha qoʻshimcha pullik xizmatlar (aniq, ijtimoiy-gumanitar, tabiiy fanlar), jumladan, toʻgarak hamda sport seksiyalarini tashkil etish munosabatlarni tartibga soladi.
2. MAKTABNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
2.1. Maktabning huquqlari: Oʻquvchidan oʻquv rejasi va dasturlari, maktab ichki tartib-qoidalariga rioya etishini talab qilish; Dars jarayoni vaqtida oʻquvchidan oʻquv va ijro intizomiga qatʼiyan rioya etishini talab qilish; Oʻquvchidan ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ustoz va murabbiylarni hurmat qilishni, maktab mulki, nufuzini himoya qilishni talab qilish; Buyurtmachidan mazkur shartnomada belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashni talab qilish, aks holda oʻquvchini qoʻshimcha mashgʻulotlardan (darslardan) chetlashtirish. 2.2. Maktab majburiyatlari: Davlat taʼlim standarti, oʻquv rejasi va dasturlariga muvofiq maktabda oʻquvchini oʻqitishni tashkil etish; Maktabda qoʻshimcha mashgʻulotlar jarayonlariga malakali oʻqituvchilarni jalb etish, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni, zamonaviy kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalarini joriy etish; Oʻquvchida bilim olish salohiyatini shakllant�rish maqsadida oʻquv rejasiga qoʻshimcha ravishda turli interaktiv darslarni tashkil etish; Qoʻshimcha mashgʻulotlarda oʻquvchiga maktabning mavjud oʻquv-uslubiy, axborot-resurs va moddiy-texnika bazasiga muvofiq oʻqish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish; Qoʻshimcha mashgʻulotlar uchun belgilangan toʻlov miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz vaqtida (oʻquv jarayoni boshlanishidan 10 kun oldin) buyurtmachilarga yetkazish va ularni belgilangan tartibda koʻrsatiladigan pullik xizmatlari shartlari bilan tanishtirish; Ushbu shartnomaga asosan oʻquvchi pullik xizmatlar asosida quyidagilar bilan taʼminlanadi: a) _____________________________________________________________________
(koʻrsatiladigan xizmatlardan kelib chiqib toʻldiriladi)
3. BUYuRTMAChINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
3.1. Buyurtmachining huquqlari: Maktabdan oʻquvchiga tanlagan zamonaviy taraqqiyot darajasiga mos keluvchi bilim va koʻnikmalarni berishni talab qilish, tegishli oʻqituvchilardan maslahatlar soʻrash; 3.2. Buyurtmachining majburiyatlari: Koʻrsatilayotgan jami qoʻshimcha pullik xizmatlar bir kalendar oyi uchun belgilangan toʻlov miqdorini mazkur shartnoma talablariga muvofiq maktabga toʻliq hajmda va oʻz vaqtida toʻlash; Mazkur shartnoma talablariga soʻzsiz amal qilish maqsadida va shartnomada koʻrsatilgan qoʻshimcha taʼlim va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun oʻquvchining darslarga muntazam ravishda qatnashishi nazoratini taʼminlash; Oʻquvchi tomonidan maktab mulkiga yetkazilgan moddiy zararni qoplash.
4. MOLIYAVIY ShARTLAR
4.1. Koʻrsatilayotgan jami qoʻshimcha pullik xizmatlar bir kalendar oyi uchun ___________________
mablagʻ miqdorini tashkil etadi. 4.1.1. Shu jumladan, ushbu shartnomada koʻrsatilgan qoʻshimcha mashgʻulotlar uchun toʻlanadigan mablagʻ quyidagi miqdorda belgilanadi (xizmatlar turlari boʻyicha):
4.2. Toʻlov har oyning 5 (beshinchi) sanasidan kechikmagan holda, buyurtmachi tomonidan 100 (yuz) foiz oldindan amalga oshiriladi. Toʻlov banklar orqali maktabning tegishli gʻaznachilik boʻlimlarida ochilgan shaxsiy gʻaznachilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. 4.3. Ushbu shartnoma boʻyicha toʻlov turi buyurtmachi tomonidan tanlanadi. 4.4. Koʻrsatilayotgan qoʻshimcha pullik xizmatlarning toʻlov miqdori eng kam ish haqi oʻzgarishiga mos ravishda oʻzgaradi. 4.5. Ushbu shartnomaning 4.1 va 4.2-bandlariga muvofiq qoʻshimcha pullik xizmatlar uchun toʻlov buyurtmachi tomonidan oʻz vaqtida amalga oshirilmasa, ushbu shartnoma bekor qilinib, oʻquvchi qoʻshimcha mashgʻulotlardan (darslardan) chetlashtiriladi. 4.6. Oʻquvchining kasalligi yoki boshqa asosli sabab va holatlarda, buyurtmachining yozma arizasiga binoan ushbu shartnoma bekor qilinadi va xizmatlarni koʻrsatilmagan qismi uchun oldindan toʻlangan toʻlov qaytariladi. 4.7. Oʻquvchi mashgʻulotlarni sababsiz qoldirgan holatlarda buyurtmachiga xizmatlar uchun oldindan oʻtkazilgan toʻlovlar qaytarilmaydi.
5. ShARTNOMANING AMAL QILISh MUDDATI
5.1. Shartnoma tomonlar uni imzolab, maktab hisobraqamiga buyurtmachi tomonidan qoʻshimcha taʼlim va boshqa pullik xizmatlar uchun toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng kuchga kiradi va taraflar majburiyatlarni toʻliq bajargunga qadar amal qiladi.
6. ShARTNOMANI BEKOR QILISh HOLATLARI
6.1. Quyidagi hollarda shartnoma bekor qilinadi: taraflarning kelishuviga muvofiq; oʻquvchi maktabda oʻrnatilgan tartibga muvofiq maktab direktorining buyrugʻiga asosan qoʻshimcha mashgʻulotlardan (darslardan) chetlashtirilganda; tomonlardan biri shartnoma shartlarini bajarmaganda; uzrli sabablar bilan buyurtmachining yozma arizasiga koʻra; qonun hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa hollarda.
7. BOShQA ShARTLAR
7.1. Ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Agar nizolarni tinch yoʻl bilan hal etishning iloji boʻlmasa, nizo qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudda koʻrib chiqiladi. 7.2. Ushbu Shartnomada yozma ravishda bajarilgan va ikki tomonlama imzolangan barcha ilovalar, qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar shartnomaning ajralmas qismi boʻladi va yuridik kuchga ega deb hisoblanadi. 7.3. Shartnoma teng yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuziladi. Shartnomaning bir nusxasi maktabda, ikkinchi nusxasi buyurtmachida saqlanadi.
8. Tomonlarning manzili, bank rekvizitlari va boshqa maʼlumotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY YILLIK REJA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari turi (qoʻshimcha taʼlim berish yoʻnalishlari)
Haftalik soatlar fondi (dars soatlari miqdori)
Har bir soat uchun toʻlanadigan narx miqdori
Shundan,kam taʼminlangan oilalarning farzandlari uchun toʻlanadigan narx
Bitta guruhda mashgʻulotlarda qatnashuvchilarning soni
Yoʻnalishlar boʻyicha oʻqituvchi mutaxassislar
Sinf xonalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pullik taʼlim xizmatlarni sifati boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOʻROVNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Oʻquvchilar uchun savollar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) qoʻshimcha taʼlim mashgʻulotlari qiziqarli oʻtiladimi? (ha/yoʻq)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) mashgʻulot olib borayotgan oʻqituvchi Sizni qanoatlantiradimi? (ha/yoʻq)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) qoʻshimcha taʼlim olishingiz asosiy fanlarni oʻzlashtirishingizga qanday taʼsir koʻrsatmoqda? (qoniqarsiz, yaxshi, aʼlo);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) qoʻshimcha taʼlim berayotgan oʻqituvchining dars oʻtishini qanday baholaysiz? (qoniqarsiz, yaxshi, aʼlo);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ota-onalar uchun savollar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) farzandingizni qoʻshimcha mashgʻulotlarga boʻlgan qiziqishini qanday baholaysiz? (qoniqarsiz/yaxshi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) farzandingizni qoʻshimcha mashgʻulotlardan olayotgan bilimlari asosiy fanlarni oʻzlashtirishda qanday taʼsir koʻrsatmoqda? (qoniqarsiz, yaxshi, aʼlo);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) qoʻshimcha taʼlim berayotgan oʻqituvchining faoliyatini qanday baholaysiz? (qoniqarsiz, yaxshi, aʼlo);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) qoʻshimcha pullik taʼlim xizmatlari uchun belgilangan narx Sizni qanoatlantiradimi? (ha/yoʻq).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/343/3004-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)