17.04.2019 yildagi PQ-4292-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-son Farmonini ijro etish va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziriga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Vazirlik markaziy apparati, Vazirlik huzuridagi tashkilotlar va muassasalar tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari tuzilmalarini va boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida ularning boshqaruv xodimlari cheklangan sonini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish asosida milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga o‘tkazgan holda chet el valyutasida to‘lash huquqi berilsin.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bilim tarqatuvchi mutaxassis va trenerlarni tayyorlash uchun Toshkent davlat agrar universiteti hamda uning filiallari, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti huzurida o‘zini o‘zi moliyalashtirish asosida faoliyat ko‘rsatadigan agrotexnologiyalar bo‘yicha axborot-maslahat markazlari (extension center) tashkil etilishini ta’minlasin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari agrotexnologiyalar bo‘yicha axborot-maslahat markazlari (extension center) tashkil etilishini, joylashtirilishini va samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda integratsiyalashgan elektron axborot ayirboshlash tizimi va portali, shuningdek, agrotexnologiyalar bo‘yicha axborot-maslahat markazlari (extension center) tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining texnik ko‘magi va grant mablag‘larini jalb etish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvarga qadar respublika hududlarining ishlab chiqarish va investitsiya salohiyati, zaxira yerlari to‘g‘risidagi axborotlar, statistik va gidrometeorologik ma’lumotlar, infratuzilma obyektlari va kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanganligi hamda sohaga doir boshqa ma’lumotlardan iborat “invest.gov.uz/agro” O‘zbekiston investitsiya portalida tegishli axborot bloki va uning mobil ilovasi yaratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, 2019-yil 1-maydan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,4 baravarga oshirgan holda qo‘llaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy bo‘linmalar xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,2 baravarga oshirgan holda qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlik bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Vazirlikning yangi tashkil etilgan tarkibiy va idoraviy bo‘ysunuvidagi bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek, Vazirlik markaziy apparati xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalarini zarur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga, Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xalqaro tashkilotlarning va xorijiy mamlakatlar moliyaviy muassasalarining texnik ko‘magi hamda grant mablag‘larini jalb qilgan holda hududlarda agrotexnologiyalar bo‘yicha axborot-maslahat markazlari (extension center) tarmoqlarini bosqichma-bosqich tashkil etishga doir “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) aniq ko‘rsatkichlar va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan Vazirlik, uning bo‘linmalari va ular rahbarlarining faoliyatini baholashning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligini strategik rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash dasturlarini amalga oshirish sifati hamda samaradorligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlarni ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 17-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4292-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2019-y., 07/19/4292/2963-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son, 07.09.2020-y., 07/20/4819/1263-son, 10.09.2020-y., 07/20/4821/1271-son; 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son, 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)